Mavzu: Markaziy Osiyoda dastlabki odob-ahloq qoidalarining shakllanishi Reja
IX—XII asr SHarq allomalarining axloqiy va
Download 26.6 Kb.
|
Markaziy Osiyoda dastlabki odob ahloq qoidalarining shakllanishi
2.IX—XII asr SHarq allomalarining axloqiy va
estetik qarashlari Markaziy Osiyo xalqlari axloqiy ta’limotlar taraqqiyoti tarixini o‘rganishda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz asarlari muhim o‘rin egallaydi. Xususan, YUsuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim»), Axmad YUgnakiyning «Xibbat ulxayqiriq» («Xaqiqatlar armug‘oni»), shular jumlasidandir. Buyuk mutafakkir bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning «Maxbub ul qulub» («Kungillarning kaliti»), «Lison o‘tayr» («Kush tili») kabi asarlari axloqiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda olamshumul manba sifatida xizmat qildi. O‘rta asrlarda boshqa SHarq mamlakatlarida xam shpor axloqiy g‘oyalarni ilgari surgan donishmand mutafakkirlar etishib chiqdi. Ayniqsa, IX—XII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniyat, ilmfan va falsafaning yuksak darajada rivojlanishi uchun qulay tarixiy, ijtimoiy va siyosiy shartsharoit vujudga keldi. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafa, axloq soxasidagi nazariy merosi umuminsoniy madaniyatga muxim hissa bo‘lib qo‘shildi. Ularning falsafiy qarashlari taraqqiyoti, shuningdek davlat, ijtimoiy xayotga bo‘lgan munosabatlari, axloqiyestetik qarashlarning rivojlanishiga islom dini o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Allomalarning axloqiy ta’limotlarida inson eng buyuk oliy zot, deb bahrlanadi. Bu mutafakkirlar xamma narsaning qadrqimmatini insoniylik bilan belgiladilar va insonparvarlik g‘oyalari axloqiy tizimda yuqori bosqichga ko‘tarildi. SHarqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Muxammed Tarxon Forobiy (873-950 y.y.) o‘z davrining g‘oyalarining ifodalab, ijtimoiyfalsafiy fikrning rivojlanishida muxim rol o‘ynagan 160 dan ortiq asar muallifi Forobiyning 40 asari saqlanib qolgan. Forobiy Arastuning falsafiy qarashlarini chuqur o‘zlashtirib, uni targ‘ib qiladi. Masalan, Arastuning axloqiy ta’limotini sharxlab, shunday yozadi: «Oliy farog‘at fakat bu dunyoda bo‘lib, baxtni bu dunyodan tashqarida bor, deb hisoblanadigan barcha narsa aqlsizlikdir». Forobiy «Baxtsaodatga erishuv haqida», «Fozil odamlar shahri» va boshqa asarlarida ijtimoiy hayot masalalari bilan birga, fozil shaharda yashovchi xalqning axloqiy normalari, munosabatlari va xulq qoidalarini batafsil bayon etadi. Forobiy inson va jamiyatni ta’riflashda evdemonizm nuqtai nazaridan to‘rib, fikr yuritadi. Aql va axloqning o‘zaro aloqadorligi tamoyiliga amal qiladi. Faylasuf axloq nomalarini, aqillik bilan bog‘laydi. Uningcha, aqilli inson xar tomonlama, jumladan, axloqan mukammal bo‘ladi. Inson kamolotga erishuv yo‘lida xarakat qilganda aqliy bo‘lishga xam xarakat qilmog‘i lozim. SHundagina u ezgu niyatiga, ya’ni baxtsaodatga erishadi. YAxshi fazilatga ega bo‘lmoq uchun barcha ijobiy sifatlarni inson o‘zida mujassamlashtirmog‘i lozim. Xususan, inson jismoniy, axloqiy va aqliy jixatdan mukammal bulmog‘i, ya’ni idrokli, ziyrak bilimdon, yaxshi muomalali, pok adolatli, insonparvar, kuli ochiq, o‘z harakati va fikrida qat’iy, jasur, qo‘rqish va ojizlikni bilmaydigan bo‘lishi kerak Bularning barchasiga bil im orqali erishiladi. Forobiy insoniy fazilatlarni ikkiga bo‘ladi, ya’ni nazariy fazilatlar va amaliy san’at (kasbhunar) fazilatlari. Inson bu fazilatlar yordamida baxtsaodatga erishadi. Forobiyning fikricha, donolik bu baxt xaqida bilim beradigan fazilat, muloxazalilik va baxtsaodatga erishish xaqida bilim fazilatidir. Forobiy fazilat xaqida ham fikr yuritib, u ezgulikka daxldor bo‘lishdan vujudga keladigan mexroqibat tufayli hosil bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. Ushbu fikrlar o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, kelajak sari dadil qadamlar bilan rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun katta ahamiyatga ega. Respublikamiz Prezidenta Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek «Mamlakatimiz taraqiyoti xalqimizning jipslashib, birbirimizga mexroqibatli bo‘lishimizga bog‘gliq. SHu narsa bizga umid, ishonch va kuch bag‘ishlamoqda, tinchtotuv xayotga asos bulmoqda». Xar bir kishi o‘zining kelajagini buyuk bir maqsad shaklida bashorat va tasavvur qila olmasa uning bunyodkorlik faoliyati susayadi xamda astasekin o‘z qiyofasini yo‘qota boshlaydi. Forobiyning fikricha, insoniy vujuddan maqsad — eng oliy baxtsaodatga erishuvdir, avvalo bu baxtsaodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni uziga g‘oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo‘lishi kerak keyin bu baxtsaodatga erishtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim bo‘ladi. Demak baxtni qo‘lga kiritish uchun inson faol, tashabbuskor bo‘lishi kerak Forobiy baxtsaodatga ilmma’rifat orqali erishiladi, chunki u olamning moxiyati, mazmuni xaqida to‘liq mukammal bilim, kasbhunar egallash uchun muximdir, deb ta’kidlaydi. Forobiy insonning kamolotga erishuvida ta’limtarbiya nihoyatda zarurligini ko‘rsatib o‘tadi. U insonning ma’naviy xayotida onglilik va axloqiylikka e’tibor beradi. Forobiy inson axloqi uning faoliyatini belgilashda mezondir, ya’ni insonning ma’naviy boyligi, mazmuni uning axloqiy xarakatlarida namoyon bo‘ladi, deb xisoblaydi. Forobiy «Baxtsaodatga erishuv haqida»gi risolasida inson guzallikni samarali idrok etishi uchun unda nozik tabiat va aqliy mukammallik zamini bo‘lishi keraq hissiy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lgan insongina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Inson aqlidroki tufayli hakikiy insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida guzallik va mukammallikni kashf etadi, deb o‘qtiradi. Forobiy odamlarni ilm bilan, san’at bilan shug‘ullanishga da’vat etadi va shu tufayli go‘zal narsalar tushunarli narsaga aylanadi, deb ko‘rsatadi. Forobiy insonning o‘zo‘zini tarbiyalashida, uni estetik rivojlanishida nazm va musiqa san’atining o‘rnini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, san’atning barcha turlari birbiridan farq qiladi: nazm san’ati so‘z bilan, tasviriy san’at esa buyoqlar bilan ish ko‘radi, lekin ular insonga bir xil ta’sir ko‘rsatadi. U Arastu izidan borib bu san’atlarning har ikkalasi taqlid qilish yordamida kishilarning tasavvuriga va xissiyotiga ta’sir ko‘rsatishini maqsad qilib qo‘yadi, deb ta’kidlaydi. Forobiyning fikricha, san’at insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. SHu bois mutafakkir inson oldiga aloxida talablar qo‘yadi. U mazkur risolasida ta’limtarbiya masalalariga aloxida tuxtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini xamda ularning san’atni egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalash — tarbiyachilarning muqaddas vazifasi ekanligini ko‘rsatib beradi. Forobiy insoniy sifatlarning barchasini odamlar va narsalar go‘zalligi tarzida baholab, ularni maksadga muvofiqlik va foydalilik tomonlari bilan uzviy bog‘laydi. U «SHe’r san’ati haqida» degan risolasida badiiy faoliyatni o‘ziga xos tarzda voeqelikka taqlid qilishga qiyos etib, musavvirlik va she’riyat birbiridan so‘z va bo‘yoq vositalarida ifodalanishi bilan farqlangan xolda, odamlar tasavvurlariga takdid orkali ta’sir utkazishni maksad qilib qo‘yadi, deydi. Bu ta’sir kuchi tasavvur deyiladi amda u tuyg‘u va aqdidrok oraligida turadi. Download 26.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling