Mavzu: Markaziy Osiyoda dastlabki odob-ahloq qoidalarining shakllanishi Reja
Download 26.6 Kb.
|
Markaziy Osiyoda dastlabki odob ahloq qoidalarining shakllanishi
3.Beruniy ta’limoti
Ulug‘ uzbek mutafakkir olimi, o‘rta asr ilmfani va madaniyatining buyuk vakillaridan biri Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al Beruniy (973—1048 y.y.) ilmiy merosida il yurt axloqiy fikrlar yanada rivojlantirildi. Beruniy ta’limotida axloqning moxiyati kishilarning turmush tarzi bilan bog‘lab qaraladi. Boshqacha aytganda, Beruniy axloqning mazmunini ijtimoiy xodisalar, kishilarning moddiy extiyoji va manfaatlari bilan bog‘lagan xolda tushuntirishga xarakat qiladi. Uning fikricha, inson ongga ega bo‘lganligi, tafakkur qudrati soxibi sifatida unga mamlakatni obod qilishga va tartibot o‘rnatish buyurilgan. SHuning uchun u o‘z asarlarida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ab qiladi. Beruniyning axloqiy ta’limotida rostguylik bilan adolat bir xil qiymatga ega bo‘lgan tushunchalar sifatida qaraladi. YOlgonchilik yovuzlik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi, zulm, omonatga xiyonat qilish xalqning buzilishiga sabab bo‘lib, yomon xulqlar sanaladi. Inson o‘zining dunyosini tarbiyalab borib, nafsini yomon xulqlardan tozalab, axloqiy davolash bilan kamolotga erishadi va salbiy xulqlardan xoli bo‘ladi. Xulqni yangilash insonning o‘ziga boshiq bulsada, sharoit bilan xam belgilanadi. Beruniy insonning baxti bilim va ma’rifatda, deb biladi. U insonning ezguligi va uning olijanob axloqiy fazilatlarini mad etish bilan birga insondagi salbiy illatlarni qoralaydi. U xayotning ma’nosi masalasida ijodiy mehnat va yaxshilikni asos, deb hisoblaydi. Mehnat xayotda iz qoldiradi, uning mevasidan avlodlar foydalanadi. SHu bilan birga u zo‘ravonlik majburiy mehnatni qoralaydi, erkin mehnatni sharaflaydi. Abu Rayon Beruniy nafosat haqidagi qarashlarida voqia-hodisalarning o‘zaro bog‘likligi va aloqadorlik manbai hamoanglik va uytunlikdir, deb ko‘rsatadi. Beruniy har qanday harakat va undan hosil bo‘ladigan natijalar moddaga taalluqdidir, uning o‘zi narsalar, voqea hodisalarni birbiriga bog‘laydi va ular shakllarini o‘zgartirib turadi, demak birlamchi moddaning o‘zi esa yaratuvchiga muhtojdir, degan fikrni ilgari suradi. Beruniy estetik qarashlarda nafosatning tabiiy asosi sifatida amal qiladigan amoanglik ayrim hodisalarga amal qiladigan etilgan bo‘lib, guzalik tabiat va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholangan. Uning fikricha, hech nimaga muhtoj bo‘lmagan narsalarni etuq mukammal deyish mumkin. Axloqiy ta’limotlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.y.) edi. Ibn Sinoning axloqiy ta’limoti Beruniyniki singari Forobiy qarashlari ta’sirida shakllandi va rivojlandi. Ibn Sinoning ijodiy faoliyatida axloqiy masalalar katta o‘rin egallaydi. Bu muammolarga muallim o‘zining «Axloq», «Axloq fani», «Oila qurilishi» va boshka asarlarida katta o‘rin beradi. Uning axloqiy ta’limoti ijtimoiysiyosiy va falsafiy g‘oyalardan kelib chiqdi. Ibn Sinoning fikricha, axloqshunoslik yaxshilikni yomonlikdan ajratadigan va kishining baxtli bo‘lishi uchun sharoit ta’minlab beradigan fandir. U axloq kategoriyasiga yaxshilik va yomonlik ajratilgan va kishining baxtli bo‘lishi uchun sharoit ta’minlab beriladigan fandir. Insoniy adolat inson xattixarakatining eng muxim bezagidir. Uningcha, adolat ruxiy lazzatning bosh o‘lchovidir. Adolat odamning ruhiy lazzatining bash o‘lchovidir. Adolat odamning uch istagi sabr, sabr, jasurlik donolik bilan paydo bo‘ladi. Agar inson bu fazilatga ega bo‘lsa, u o‘zini saklay oladi, yaxshilikni o‘zida mustaxkamlab, xaqiqiy ruxiy lazzatga erishadi. Demak adolat yaxshilik bilan yomonlikning mezoni. Ibn Sino insonning yaxshi axloqiy fazilatlariga kishilarning yomon xulq va xatti-xarakatlarini qarshi qo‘yadi. U insonning salbiy nuqsonlariga aldash, nafrat, zaiflik, adovat, o‘ch olish, bo‘xton, irodasizlik kabi yomon xislatlarni kiritadi. Mutafakkir insonning nuqsonlaridan biri ishiga qarama-qarshi bo‘lgan joxillikdir, deb ta’kidlaydi. Bu bilan xudbinlik va munofiqlikni qoralaydi, xaqiqiy do‘stlarni soxta do‘stlardan farqlashga chakiradi. «YAxshi do‘st, deydi u, kishining xamma yaxshi va yomon sifatlarini aks ettiruvchi oynadir. YAxshi do‘st o‘z vaqtida butun nuqsonlarni ko‘rsatadi, maslaxat va xatti-xarakati bilan bu kamchiliklarni yuqrtishta yordam beradi. Rostguylik sadoqat, pok muhabbat, iroda makr, yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi, ikkiyuzlamachilik faqat o‘z foydasini ko‘zlab do‘stlashish yomonlikdir». Ibn Sino axloqiy ta’limotining muhim tomonlaridan biri bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasidir. U tarbiya kishilarning axloqiy fazilatlari rivojlanishida muhim rol o‘ynashini alohida ta’kidab, tarbiyaning asosiy maqsadi bolaga yaxshi axloqiy fazilatlarni singdirishdan iboratdir, deb isoblaydi. Uning fikricha, axloqiy tarbiyada jamoaning roli kattadir. Ibn Sino yosh avlodni tarbiyalash oila va davlatning muxim vazifasi, jamiyat taraqqiyoti, jamiyatning xujalik va madaniy yutuqlari bevosita ma’lumotli, madaniyatli kishilarning o‘sishiga bog‘liq deb e’tirof etadi, «barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir» deb ta’lim beradi. «Mukammallik» atamasida u insonning ichki go‘zalligi va ezgulikka intilishini ifodalaydi. Ibn Sino «Musiqa bilimiga oid to‘plam» asari birinchi maqola muqaddimasida tovushning sezgi organlariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish nafratlanish xissining paydo bo‘lishi kabi masalalarga tuxtaydi. Unda musiqaning kishi xayotiga kanchalik zarurligi va uning paydo bo‘lishi sabablari haqida muloxaza yuritiladi. CHunki inson tabiati yoqimli narsalar orqali engil tortadi, orom oladi, aksincha og‘ir tortadi, orom yo‘qrladi, nafrat qo‘zgaladi. XI asrning buyuk mutafakkiri YUsuf Xos Xojibning axloqiy qarashlari uning ijtimoiysiyosiy, diniy va boshqa g‘oyalarining negizini tashkil etadi. Mutafakkir fikricha, odam kimligidan (xokim yoki oddiy kishi bo‘lishidan) katiy nazar inson bo‘lishi lozim, chunki dunyoda faqat insoniylikkina abadulabad krladi. SHu sababli uz nomining xamisha yaxshilik bilan eslanishini istagan kishi faqat yaxshilik qilishi lozim. Mutafakkir insoniylik deganda olijanob fazilatlarga ega axloqiy barkamollikni nazarda tutadi. Zero, axloqiy kamolot insonning butun xayoti va faoliyatining birlamchi asosidir. U jumladan, shunday deb yozgan edi: «Kimning odobi yaxshi va axloqi tug‘ri bo‘lsa, u kishi maqsadiga etadi va baht unga kulib boqddi», chunki «yaxshi axloq jamiki yaxshiliklarning zaminidir». Download 26.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling