Mavzu: Markaziy osiyodagi harbiy siyosiy vaziyat. Reja
Download 47.82 Kb.
|
Shagzod 2003 Harbiy siyosiy vaziyat 2023
Mavzu: Markaziy osiyodagi harbiy siyosiy vaziyat. Reja: Qaynoq Markaziy Osiyo: respublikalar harbiy kuchlarini qanday birlashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi? Oʻzbekiston MDHga aʼzo boʻlishdan qanday afzalliklarga ega boʻldi? Poyoniga yetib borayotgan 2021 yil Markaziy Osiyo uchun oddiy boʻlmadi. Mintaqa qator harbiy, siyosiy, iqtisodiy va tabiat chaqiriqlariga duch keldi. Yuzaga kelgan koʻplab muammolar kelasi yilda ham dolbzarbligicha qoladi, shu bois ular haqida mulohaza yuritish ayni muddao. Afgʻonistonda harbiy vaziyatning birdaniga oʻzgarishi eng asosiy tahdid boʻldi. Yoz davomida NATO qoʻshinlari va afgʻon armiyasi harbiylari soni va texnika jihatdan ustunligiga qaramasdan “Tolibon”* harakatiga magʻlub boʻlib keldi. Urush yoz oyida xorijliklarning Kobuldan pala-partish olib chiqib ketish va butun dunyoga yoyilib ketgan qochoqlarning samolyotlardan qulashi lavhalari bilan yakunlandi. Shundan soʻng Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun uzoq yillar davomida ilk bor bevosita tashqi tahdid paydo boʻldi. Aholi 39 million nafar atrofida boʻlgan chegaradosh davlat taqiqlangan tashkilot jangarilari nazorati ostiga oʻtdi. “Tolibon”*dan tashqari Afgʻoniston hududida oralarida sobiq SSSRda tugʻilganlar boʻlgan “Al-Qoida”**, “OʻIH”**, “Ansarulloh jamoati”** va qator boshqa guruhlarning bir necha ming jangarilari bor. Bu tashkilotlar Afgʻonistonni kengayish uchun makon sifati koʻrib chiqishmoqda va Markaziy Osiyo davlatlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tahdiddir. Ular bir vaqtning oʻzida soʻnggi yillarda toliblar yaqindan hamkorlik qilib kelishgan. Qurolli mojaro yakunlariga koʻra afgʻon jangarilari soni 500 ming kamida boʻlgan va “Black Hawk” jangovar vertolyotlar, bir necha oʻnlab tanklar, artilleriyaga, jumladan, “Grand” zalp bilan otiladigan tizimlarga ega boʻlishgan. Bularning bari ularga eski rejim armiyasidan qolgan. Afgʻon armiyasi GFPning 2020 yildagi harbiy qudrat reytingida Tojikiston va Turkmaniston sezilarli ortta qoldirgan. Bundan kelib chiqadiki, uni yenggan jangarilar qoʻshnilar uchun tahdid tugʻdirishadi. Yangi shart-sharoitlarda mintaqa mamlakatlari xavfsizlik sohasidagi hamkorlarini uzil-kesil aniqlab olmoqlari zarur. Aʼzolar orasida Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston boʻlgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) mintaqada muhim rolga ega boʻlmoqda. Qolaversa, Tashkilotning sentyabrdagi sammitiga, unda aʼzoligini qayta tiklamagan, lekin yangi shart-sharoitlarda sayʼ-harakatlarni birlashtirish zarur deb hisoblagan, Oʻzbekiston qoʻshildi. Suriyada xalqaro terrorimzga qarshi kurashda tajribaga ega Rossiya KXSHTning asosiy kuchi boʻlib qolmoqda. Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiylari qatnashgan avgustdagi jangarilar hujumini qaytarish boʻyicha mashgʻulotlarda Rossiya armiyasi 72 foiz shaxsiy tarkib va 84 foiz harbiy texnikani taqdim etgan. Shuningdek, Rossiya bosh shtabi hozir afgʻon chegarasidagi harbiy infratuzilmalarni mustahkamlashda asosiy rolni oʻynamoqda. Amerikaning Afgʻonistondagi sharmandali magʻlubiyati mintaqada AQSH va NATO bilan harbiy hamkorlikka boʻlgan qiziqishning jadal soʻnishiga olib keldi. KXSHT mamlakatlari “Afgʻonistonda boʻlgan AQSH va boshqa NATO mamlakatlarining harbiy infratuzilmalari obʼyektlarini hamda chet el harbiylari bilan hamkorlik qilgan afgʻon fuqarolarini oʻz hududiga joylashtirishga qarshi chiqish” borasidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qilishdi. Amerikaning oʻz hududida harbiy obʼyektlarini tashkil etish taklifini koʻrib chiqishdan bosh tortgan Oʻzbekiston bu pozitsiyani rasman qoʻllab-quvvatladi. Bundan tashqari, yozda NATO mamlakatlari va Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Qozogʻiston va Oʻzbekiston qatnashgan, har yilgi “Dasht burguti” mashgʻulotlari bekor qilindi. Afgʻon urushi alyans kuchlarining samarasizligini koʻrsatdi. Axir afgʻon armiyasi NATOdan chetdagi ustuvor ittifoqchisi sanalgandi va AQSH koʻmagida 20 yil ichida qurilgandi. Va bu armiya bir necha oy mobaynida toliblar tomonidan tor-mor etildi. Bu nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun mintaqa, muammo tugʻilganda osongina jang maydoni tashlab ketadigan Gʻarb armiyasiga suyanmagan, yangi xavfsizlik tizimiga muhtojligini koʻrsatdi. Koronavirus pandemiyasi davom etgani va kuchli qurgʻoqchilikka qaramasdan, mintaqadagi 2021 yilgi siyosiy hodisalar tinch oʻtdi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda saylovlar boʻlib oʻtdi. Yanvardagi saylovlarda 80 foiz ovoz olgan yangi Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning muvaffaqiyati eng koʻzga koʻrinarli boʻldi. Uning ovozlari oʻtmishdoshi Jeenbekov 2017 yilda olgan ovozlarga qaraganda, 20 foizga va 100 mingga koʻproq boʻldi. Shuningdek, Qirgʻiziston prezidenti uchun u taklif qilgan yangi konstitutsiya referendumi va noyabrdagi parlament saylovlari muvaffaqiyatli boʻlib oʻtdi. Koʻpchilik saylovlardan soʻng mamlakatni 2020 yil oktyabrida boʻlgani kabi tartibsizliklar toʻlqini qamrab olishidan xavotir olishgandi. Biroq qirgʻiz jamiati ayrim muxolifat partiyalarning eʼtirozlariga qaramay saylovlar natijalarini qabul qildi. Qozogʻistondagi 2021 yil yanvaridagi parlament saylovlari murakkabroq oʻtdi. Hukmron partiya “Nur-Otan” aksariyat ovozlarni oldi, lekin 2016 yil bilan taqqoslaganda 10 band va 1 million ovozni yoʻqotdi. Shuningdek, joriy yilda qayta saylangan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning saylov natijasi salbiy dinamikani koʻrsatdi. 2016 yilga qaraganda u 3 millionta kamroq ovoz oldi. Qoʻllab-quvvatlashning yuqori darajasiga qaramasdan (80 foizdan ziyod) Oʻzbekistonda, qoʻshni Qozogʻistonda boʻlgani kabi, ijtimoy tanglikning oʻsishi bor va hukumat jamiyat oldida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish yoʻllarini izlab topishi kerak. Download 47.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling