Mavzu: Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining uziga hos xususiyatlari Reja: Kirish


Download 36.83 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi36.83 Kb.
#1395915
1   2   3   4
Bog'liq
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining uziga hos xususiyatlari

1..
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari
Loyihalash ishlarini tashkil etishning ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan progressiv metodlarini, qurilishning zamonaviy standartlarini joriy etishni yanada chuqurlashtirish hamda qurilish qiymatini aniqlashning bozor usullariga o‘tishni jadallashtirishni ta’minlash, shuningdek markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-martdagi 186-f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining amalga oshirishda xarajatlarni qisqartirish va tarkibini optimallashtirishga doir kompleks tadbirlar 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkablik toifalari klassifikatori 2-ilovaga* muvofiq;
2016 — 2020-yillarda yangi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish, ularni qayta ishlash va yangilash tadbirlari rejasi 3-ilovaga* muvofiq;
Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati to‘g‘risida nizom 5-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmatining namunaviy tuzilmasi 5a-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)
4. 2016-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlashda:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)
ularning boshlang‘ich qiymatini shakllantirish pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari darajasini aniqlashning takomillashtirilgan mexanizmini joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
loyiha-qidiruv ishlarining qiymatini aniqlash, qurilish-montaj ishlarining obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkabligini, loyihalash muddatlari hisobga olingan qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2016-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda “O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan moddiy-texnika resurslarining joriy narxlari katalogi” (keyingi o‘rinlarda Katalog deb ataladi) axborot tizimi joriy etilishini ta’minlasinlar, Katalog O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, uni tarqatish shartnoma asosida amalga oshiriladi;
buyurtmachilar tomonidan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga barpo etiladigan namunaviy obyektlarning boshlang‘ich qiymatini hisoblab chiqish uchun, respublika hududlari bo‘yicha quvvatlar bir birligini (1 kv m., o‘quvchi o‘rni, koyka va faoliyat sohasidan kelib chiqqan holda boshqalar) qurishning preyskurant qiymatlari to‘plamlarini har yili 1-aprelgacha belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasinlar.
6. Belgilab qo‘yilsinki, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlashning boshlang‘ich qiymatini hisoblab chiqishda qo‘llaniladigan materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning narxini aniqlash Katalog va boshqa axborot manbalari asosida amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining, shuningdek loyiha-qidiruv tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda loyihalash tashkilotlari deb ataladi) aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy yig‘ilishlarining:
“O‘zpo‘latqurilmaloyiha” MChJni belgilangan tartibda “O‘zog‘irsanoatloyiha” AKga birlashtirish to‘g‘risida.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
loyihalash tashkilotlarida davlat nomidan aksiyador (qatnashchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi hamda “ToshuyjoyLITI” AJ, “Issiqlikelektrloyiha” AJ va “Energotarmoqloyiha” AJdagi muassislar ulushlarini ularga sotadigan vazirliklar va idoralar ro‘yxatini 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, shuningdek loyihalash tashkilotlarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlari bo‘yicha muassis bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyihalash tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati holatiga, ularning yuqori malakali rahbar va muhandis-texnik kadrlar bilan butlanganligi darajasiga alohida e’tibor bersin.
9. Vazirliklar va idoralar o‘z sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni xatlovdan o‘tkazsinlar va tizimli asosda ularning rejalashtirish talablari, muhandislik ta’minoti va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlanishiga oid qismi ishlab chiqilishini, yangilanishini va qayta ishlanishini izchil amalga oshirsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkabligi toifalari klassifikatori asosida loyihalash tashkilotlarining litsenziya bitimlariga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.



Download 36.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling