Mavzu: Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining uziga hos xususiyatlari Reja: Kirish


Download 36.83 Kb.
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi36.83 Kb.
#1395915
  1   2   3   4
Bog'liq
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining uziga hos xususiyatlari


Mavzu: Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining uziga hos xususiyatlari
Reja:
Kirish

  1. Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari

  2. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta ta’mirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu fanning maqsadi – investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash bo’yicha yo’nalishga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga investitsiyalar, ularning turkumlanishi hamda investitsiyalarni moliyalashtirishda munosib investitsiya loyihalarini tanlab olishga o’rgatishdan iborat.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fani asosiy ixtisoslik fan hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish uchun o’quv rejasida rejalashtirilgan “Iqtisodiy nazariya”, “Pul, kredit va banklar”, “Makroiqtisodiyot”, “Davlat byudjeti”, “Mikroiqtisodiyot”, “Korporativ moliya”, “Moliyaviy tahlil” fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanining ishlab chiqarishdagi o’rni aynan investitsiyalarni amalga oshirish uchun maqbul loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish bilan bog’liq risklarni boshqarishda namoyon bo’ladi.
Shu bilan birgalikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ektning investitsiya resurslariga bo’lgan ehtiyojining ortib borishi mazkur fanning ishlab chiqarishdagi yuqori ahamiyatga ega ekanligini belgilab beradi.
Talabalarning “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega.


Download 36.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling