Mavzu: Marketing nazariyasi amaliyotining rivojlanishi


Download 43.07 Kb.
bet9/9
Sana08.02.2023
Hajmi43.07 Kb.
#1168685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Marketingning xorijiy tajribalari 1

Ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi. Ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi - hozirgi zamon hodisasidir. U shunday talqin etiladi: korxonaning vazifasi maqsadli bozorga kerakli bo’lgan tovarni, ehtiyojni va qiziqishni aniqlash, bu ehtiyojlarni raqobatchilarga nisbatan samaraliroq yo’l bilan qondirish va shu bilan birga iste’molchi, jamiyat, atrof-muhitni o’z holatini saqlash yoki yaxshilashni amalga oshirishdir.
Bu kontseptsiya ba’zi holatda marketing kontseptsiyasining to’g’riligiga gumonsirash, ishonmaslikdan kelib chiqib, hozirgi vaqtda uning sifati yomonlashuvi oqibati, ya’ni atrof-muhit ifloslanishi, tabiiy resurslarning etishmasligi, aholi sonining tez o’sishi butun dunyo inflyatsiyasi va xizmat ko’rsatishning sustlashuvi oqibatida kelib chiqdi. Savol tug’iladi, firma doim ham iste’molchilarga xizmat ko’rsatib, ehtiyojini qondirib turib, uning kelajakda uzoq vaqt davomida yaxshi kayfiyatda bo’lishini e’tiborga oladimi?
Marketing kontseptsiyasi iste’molchi ehtiyojlari va uning uzoq vaqt yaxshi his etishi o’rtasida kelib chiqadigan nizolarni chetlab o’tadi.
Bu ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi bozorda faoliyat yurituvchilardan siyosat doirasida uch omilning bo’lishini talab qiladilar. Oldin firma o’zining iqtisodiy harakatlarini foyda olish bilan bog’lagan bo’lsa, keyinchalik ular xaridorlar ehtiyoji va talablarini qondirish muhim strategik ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Buning natijasida marketing kontseptsiyasi kelib chiqadi. Keyinchalik bu firma jamiyat to’g’risida ham o’ylay boshlaydi, ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi quyidagi uch omilni bir-biri bilan muvozanatda bo’lishini talab qiladi: firma daromadi, xaridor talabi va jamiyat foydasi.
3. Marketingni boshqarish jarayoni
Marketingni boshqarish jarayoni quyidagilardan iborat:
1. Bozor imkoniyatlarini tahlil (analiz) qilish.
2. Maqsadli bozorlarni tanlab olish.
3. Marketig kompleksini ishlab chiqish.
4. Marketing ishlarini hayotga tatbiq etish..
Kompaniya doimo o’z maqsadi va mahsulot assortimentini ma’lum bozorda muhimligini saqlanishiga ishonishi kerak. Har qanday kompaniya qiyin va o’zgaruvchan marketing muhitida faoliyat olib boradi. Yashovchanligini saqlab qolish uchun u biron guruhga kerakli tovarni ishlab chiqarib, taklif qilishi kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, marketing har birimizning hayotimizga chuqur kirib borgan. Marketing o’zida turli xil faoliyatlarni jamladan, bularga marketing tadqiqotlari, tovarga ishlov berish, korxonani shu tovarni tarqatishi, narx quyish, reklama va shaxsiy savdo kiradi. Har bir ishlab chiqaruvchi o’z marketingini boshqarishni rivojlantirishga harakat qiladi. Marketingni boshqarishni yuqorida ta’riflab o’tildi. Uni rivojlantirish darajasini oshirishda, ya’ni unga yo’naltirish beruvchilik vazifasini ko’rib o’tilgan 5 kontseptsiya bajaradi. Bu kontseptsiyalar bir-biridan farq qilinib ular yordamida ishlab chiqaruvchilarning mavqeining oshishi yoki pasayishi yaqqol misollarda ko’rib chiqildi. Bu bilan marketing boshqarishni rivojlantirishga ushbu kontseptsiyalardan o’z vaqtida foydalanganda erishish mumkin deb atalsa bo’ladi. Masalan, bozorda har xil holat yuz berishi mumkin. Tovar bozorda yaxshi ketmasa sababini aniqlab, sifatini yaxshilash, narxi, ishlab chiqarishni mukammallashtirish, zamonaviy texnologiya bilan jihozlash hisobiga pasaytirish, shu tovar iste’molchiga zarur ekanligiga ishontirish, iste’molchining ehtiyoji va talabini o’rganib, ularni qondirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bu sanab o’tilgan ishlar yuqoridagi 5 kontseptsiyada o’z aksini topgan. Demak, ushbu kontseptsiyalardan unumli foydalanish marketingni boshqarishni rivojlanishiga ta’sir etadi. Marketingni boshqarishni rivojlantirish malakali mutaxassislarga ham bog’liq. Chunki ular marketing holatlarini tahlil qilish, rejalashtirish, hayotga tatbiq etish bilan, ya’ni marketingni boshqarish bilan shug’ullanadilar. Bu esa ular zimmasiga ulkan mas’uliyatni yuklaydi. Bu xodimlarning malakasi yuqori darajada bo’lishi lozim, shundagina rivojlanish bo’ladi.
Shunday qilib, xodimlar marketing kontseptsiyalaridan samarali foydalanish va albatta kommunikatsiya aloqalarini yaxshi yo’lga qo’yilganligi marketingni boshqarishni rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Xulosa.
Korxona rahbarlari o’zlarining kundalik ish faoliyatida tovar iste’molchiga turli yo’llar bilan etkazib berilishi mumkinligi haqida bosh qotirishadi. Ko’pgina hollarda, pirovard iste’molchi ishlab chiqaruvchining diqqat markazida turmaydi, aksincha, uning o’rnini mahsulotni sotib oladigan firma egallaydi. O’quv qo’llanmada shu holatning sabablari va zaruriyati ochib berishga harakat qilingan.
Savdo marketingi siyosati iste’mol tovarlarini etkazib berishning ehtimol tutilgan variantlari tahlili va uning mahsulot taqsimotining hamma shahobchalarida eng yuksak xo’jalik samarasiga erishishni ta’minlaydigan maqbul variantini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Shu sababli rahbariyat taqsimot yo’lini tanlashda bugungina emas, balki ertangi tijorat muhitini ham ko’zlab ish tutish zarurligi ta’kidlanadi. Sabab hozirgi davrda taqsimot jarayoni mahsulot tayorlashning tabiiy ravishda davomiga aylanib bormoqda.
Marketing tovar harakatini barcha bosqichlarini o’z ichiga oluvchi talab va taklifni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan so’ng utilizatsiyani tashkil etish jarayoni kabi bozor muammolarini echish yo’llari va usullari haqida o’quv qo’llanmada yo’nalishlar ko’rsatib berilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Qosimova D.S. “Menejment nazariyasi”. O’quv – uslubiy majmua.T.: “TDIU”, 2011.
2.Qosimova D.S. “Boshqarish nazariyasi asoslari”. Darslik.T.:“Iqtisodiyot”, 2011.
3.Sharifxo’jayev, Abdullayev. “Menejment”.
1.www.lex.uz
2.www.stat.uz
3.www.ziyo.net
Read 575 times
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
Download 43.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling