Mavzu: Marketing tizimi va sohasi
Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu
Download 218.64 Kb.
|
6-Marketing muhiti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin
- Marketing tizimining tashqi muhitining muhim elementlariga avvalambor, quyidagilarni kiritish lozim.
Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu:
Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativ soha:
Korxonaning marketing sohasi uning 3 xil ishlab chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlab chiqarish va savdo, kommunikativ sohasini aks ettiradi. Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:Funksional – bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga qo‘shiladi. Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi. Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar qo‘shiladi. Marketing tizimining tashqi muhitining muhim elementlariga avvalambor, quyidagilarni kiritish lozim.
Firmaning samarali faoliyati bevosita sanab o‘tilgan tashqi muhit elementlari bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar ham unga bevosita ta’sir etadi.Raqobat tahlilini o‘tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir. Odatda, bunday tuzilishni 4 ga bo‘lish mumkin:
Monopoliya. Monopoliya sharoitida firma orttirilgan bozorga oid kuchga ega bo‘ladi. Qisqa muddatli monopoliya vaziyatida kompaniyalar ularning bevosita raqobatchilari bo‘lmasa, yangi tovarni bozorga olib chiqishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Monopoliyada bozorda bittagina ishlab chiqaruvchi ustunlik qiladi va u xaridorlarning katta qismiga xizmat ko‘rsatadi. Oligopoliya – bu raqobatchilar soni kam yoki bozorda bir necha firmalar o‘zaro kuchli bog‘liqlikni yaratib hukmronlik qilish holatidir. Bunday bozorda har bir firma amal qilayotgan kuchlar bilan yaxshi tanish va istalgan raqobatchining qiyofasini qolgan firmalar his etadi. Strategik qiyofaning natijasi unga raqobatchilar ta’sir ko‘rsatishi yoki ko‘rsatmasligiga kuchli bog‘liq. Sof raqobat — modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridorlarning katta guruhiga qarama–qarshi turishining mavjudligi bilan xarakterlanadi va bu guruhlarning hech biri baholarga ta’sir etishi uchun yetarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina talab va taklif o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga bog‘liq emas.
sotuvchi va xaridorning katta miqdori; differensiallanmagan, to‘la o‘zaro o‘rinbosuvchi tovarlar; bozor kuchlarining to‘laligicha mavjud bo‘lmasligi. Download 218.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling