O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Iqtisodiyot Kafedrasi Iqtisod yo‘nalish
1-kurs SI-70/22-guruh talabasi
To‘laganov Farruxjonning
“Iqtisodiyot nazaryasi” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni
Tayyorladi: To‘laganov F .
Tekshirdi: .
TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….. 3
I BOB. MARKETING MOHIYATI VA TARIXI, UNING OB'EKTI VA SUB'EKTLARI
1.1 Marketing tushunchasi va uning mohiyati…………………………………… 5
1.2. Marketingning maqsad va vazifalari………………………………………… 9
1.3. Marketing turlari…………………………………………………………….. 13
II BOB. Marketingning bozor tizimidagi o‘rni
2.1. Bozor tizimi haqida qisqacha ma’lumot……………………………………. 18
2.2. Bozorni kompleks o‘rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish……... 21
Xulosa…………………………………………………………………………… 23
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….. 24
Kirish
Prezidentimiz I.A.Karimovning: «Birinchi darajali e’tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratilishi zarur1», degan ko’rsatmasini hayotga tatbiq etishda marketing va uni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing tovarlami ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda, shuningdek, yuqori samara hamda foyda evaziga sotishni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda. Iqtisodchi olimlar ta’kidlashlaricha marketing xizmatlaridan foydalanish jamiyat, xaridorlar, ishlab chiqaruvchilar va nihoyat marketing organlarining o‘zlariga ham benihoya katta foyda keltirar ekan. Bozor iqtisodiyoti o‘z mohiyatiga ko‘ra har qanday jismoniy va yuridik shaxslar o‘z faoliyatlaridan naf ko‘rishlari, ma’lum daromad olishlari va rentabelli ish yuritishlarini taqozo etadi. Yuqoridagi marketingga berilgan ta’rif uning mohiyatini to‘laroq aks ettiradi deb o‘ylaymiz. U ingliz iqtisodchisi Edjeni Makkartining mashhur «4 p», ya’ni tovar yoki xizmat (pgodukt), baho (price), foyda (pgotif) va tovami sotish joyi (bozor-place) moduliga ham to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |