Mavzu: Marshlning narxlar va daromadlar nazariyasi. Neoklassik mikroiqtisodiyotning asosi
Marshlning narxlar va daromadlar nazariyasi. Neoklassik mikroiqtisodiyotning asosining ahamiyati
Download 49.81 Kb.
|
Marshlning narxlar va daromadlar nazariyasi (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar royxati
3. Marshlning narxlar va daromadlar nazariyasi. Neoklassik mikroiqtisodiyotning asosining ahamiyati
Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi deb qaraladi. Bu «Marshall xochi» deb yuritilada, talab va taklif chiziKlarining kesishganliging grafik (chizma) shaklidir. chiziqlar kesishgan joyda ular orasidagi muvozanat, ya'ni muvozanatli, mo'ta'dil baho o'rnatiladi. Shu erda olimning tovar qimmatining mohiyati to'g'risidagi g'oyasi xarakterlidir.Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig'i) birdek faoldir. U qaychini misol sifatida keltirib, qaychining qog'oz qirqanda qaysi (ustki yoki pasti) tig'i (lezviyasi) asosiy rolni o'ynaydi, deb savol beradi. Marshall tomonidan «iste'mol ortiqchaligi» tushunchasini kiritadi, bu xaridor olishi zarur bo'lgan ilojsiz narsa uchun to'langan va amalda to'layotgan baxolar o'rtasidagi farqdir, ya'ni xaridorning qo'shimcha talabini qondirishning iqtisodiy o'lchovidir. Ilk majinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillarning funksional bog'lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif pasayishi (baho ortishi bilan taklif ortishi)ni ko'rsatib berdi. Mo''tadil (muvozanat) baho talab va taklif nuqtalari kesishgan erda o'rnatiladi (yuqori aytildi). Shularga mos ravishda bozorda baholarning o'zgarishi ro'y beradi. Daromadlar nazariyasida kapitalga foiz, ish haqi marjinalistik hal etiladi. Avvalgi klassiklarning tovar qiymati sarflangan mehnat bilan o'lchanishi qat'iyan rad etiladi. Foiz stavkasi darajasi to'g'risida fikr yuritilib, foiz kamayishi bilan insonlar kam jamg'aradilar (va aksincha) degan qisqacha xulosalar chiqariladi. Bu qoida keyinchalik uning shogirdi J.M.Keyns tomonidan keng foydalanildi (yuqorida berilgan). «Talab bahosi» rivojlantirilib «talabning elastikligi (qayishqoqligi)» konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) o'zgarishiga bog'liqligi ko'rsatkichidir. Elastiklikning turli omillarga qanchalik bog'liqligi tahlil etiladi (iste'mol tarkibi, daromad darajasi va b.). Eng kam elastiklik keng iste'mol mollariga tegishli (ammo xuddi shu holatni zebi-ziynat mollariga nisbatan ko'rib chiqmagan). Bu bog'lanish vaqt davomida o'zgarib turishi aytiladi. O'rganilayotgan davr qanchalik kichik bo'lsa, talabning bahoga ta'siri shunchalik kattadir, davr qanchalik katta bo'lsa, ishlab chiqarish xarajatlari (taklif) ning ta'siri asosiydir. Korxonada ishlab chiqarish hajmlarining o'stirish davomida solishtirma ishlab chiqarish xarajatlari o'zgarishi qonuniyatlari aniqlandi. Korxona ishlab chiqarish masshtabini oshirganda undan keladigan nafning miqdori muammosi qarab chiqiladi. Marshall xususan shuni qayd qiladiki, odatda raqobatli iqtisodiyotda yirik korxona (firma) o'z tovar mahsulotiga bahoni pasaytirishni ta'minlaydi, bu esa raqobatchilar oldida ustunlikka olib keladi (malaka oshuvi, maxsus mashina va asbob-uskunalarni qo'llay olish tufayli). Eng muhimi bunday iqtisoddan butun jamiyat manfaat ko'radi. «Reprezentativ firma» (o'rtacha firmaning turi) tushunchasi kiritiladi. Uning hajmi ma'lum tovarni ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ortadi, bu esa ham ichki ham tashqi foyda keltiradi, chunki mehnat sarflari va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari pasayadi. Bundan olim ikkita iqtisodiy qonun borligi to'g'risida qisqacha xulosalar chiqaradi: 1) o'sib boruvchi foyda va 2) doimiy foyda. Birinchisiga ko'ra, mehnat va kapital sarflari hajmi ortishi bilan odatda ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirishga olib keladi, mehnat va kapitaldan foydalanish samarodorligini oshiradi, proporsional (mutanosib) ravishda yuqoriroq foyda keltiriladi. Ikkinchisiga ko'ra, mehnat va boshqa xarajatlar mahsulot hajmini proporsional o'sishiga olib keladi. Olim fikricha, real hayotda bu ikki tendensiya doimo bir-biriga qarama-qarshi turadi. Raqobat sharoitida ishlab chiqarish yiriklashuvi bilan nisbiy xarajatlar yo pasayib boradi, yoki paralel o'sadi, ammo mahsulot hajmi o'sish sur'atlaridan ilgarilab ketmaydi. Keyinchalik mana shu fikrlar asosida mikroiqtisodiy nazariya ishlab chiqarish va korxona o'lchamlari (katta-kichikligi)ni optimallashtirish muammosini echish bo'yicha ancha aniq uslubiy echimlarni ilgari surdi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy va o'zgaruvchi deb qarab, uzoq muddat davomida doimiy xarajatlar o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Firma bozorni tark etishining asosiy sababi - xarajatlarning bozor bahosi darajasidan yuqorilab ketishidir. Xulosa Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir, ya’ni odamlarning jamiyat ichidagi munosabatlaridir, shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi. Yoshlarni ish bilan bandlik tushunchasini fuqaroning o‘z shaxsiy va jamoat ehtiyojini qondiradigan hamda daromad keltiradigan faoliyati deb tushunish mumkin. Ish bilan bandlikni ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlar tizimida mehnat resurslarini yetishtirishning tabiiy asosi sifatida qarash lozim. O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida yoshlarning ish bilan bandlik muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu ko‘p jihatdan O‘zbekiston aholisining tarkibiga ko‘ra yoshlar mamlakati qatoriga kirishi bilan izohlanadi. Respublika-ning deyarli 60% ga yaqin aholisini yoshlar tashkil etadi. “Yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi mamlakatimiz uchun hamon eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari ochish, ularning halol mehnat qilib, daromad topishi maqsadida ko‘p ishlar qilinmoqda. Shunga qaramasdan, bu borada muammolar ham oz emas.”O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Iqtisodiy faol aholi tarkibidagi yoshlar eng istiqbolli toifa hisoblanib, uzoq muddatli intellektual investitsiya obyekti hisoblanadi. Ular bilim darajasining yuqoriligi, kuchli mehnat motivatsiyasi, jo‘shqin jismoniy salohiyat, mehnat bozori talab etayotgan kasb va ixtisoslikka tez o‘qitish va o‘rgatish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbekistonda har yili yuz minglab yangi ish o‘rinlari tashkil etilayotganligiga qaramasdan mehnat resurslari miqdori muttasil o‘sib borayotganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va boshqa omillar mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi unga talabdan yuqori bo‘lishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tugallayotgan yigitqizlarni ixtisosliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlashda jiddiy muammolar mavjuddir. Bu esa yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlashda jiddiy muammolarni vujudga keltirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining qishloq joylarida ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya qilinmagan yoshlar orasida ishsizlar soni salmoqli miqdorga ega bo‘lmoqda. Bunday holat mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning yangi, samarali usullarini tadqiq etishni talab qilmoqda. Iqtisodiy modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekistonning qishloq joylarida ham yoshlar mehnat bozoriga, xususan yoshlar ish bilan bandligini oshirishda davlat siyosati bilan bog‘liq yechimini topish lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiylari sifatida: - yoshlarning ish bilan bandligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solish, - yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash va maktab bitiruvchilarini ishga joylashtirish ko‘lamini kengaytirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli, - yoshlarning ish bilan bandligini oshirish mezonlari va ko‘rsatkichlar, - yoshlar mehnat bozorini tartibga solish mexanizmlari hamda yoshlar mehnat bozorida oqilona ish bilan bandlikni ta’minlashni takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim. Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib, yoshlarning ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va uni oshirish yo‘llari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin: – ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini rivojlantirish; – yoshlar bandligini oshirish bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy monitoringlar o‘tkazish; oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash jarayonini mexazimlashtirish, hokimyat organlari, mahalla va bandliikka ko‘maklashuvchi markazlar birgalikda ish olib borishi lozim. Eng asosiy masala oliy ta’lim muassasalariga kvota belgilangan kundan boshlab, ta’lim muassasasini tugullagungacha o‘sha talabalar uchun ish joylari yaratilishi zarur; kasb-hunarga o‘qitish markazlarida zamonaviy kasblar va xotin qizlar uchun qulay bo‘lgan yo‘nalishlar yaratilishi kerak; ichki va tashqi migratsiyani rivojlantirish kerak; – yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha meyoriy hujjatlarni takomillashtirish; – yosh tadbirkorlarga moliya-kredit va xom-ashyo resurslarini olishlarida yordam berish tizimini shakllantirish; –– yosh tadbirkorlarni bozor konyunkturasi, xom-ashyo va moliyaviy resurslar bozori bo‘yicha axborot bilan ta’minlovchi infratuzilmani shakllantirish; – yosh tadbirkorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va boshqalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyunda bo'lib o'tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqidan. 2. “Бандлик, фоиз ва пулнинг умумий назарияси” (1936 й.) китоби 3. И.Фитернинг трансацион муқобилли, нақд пул қолдиқларининг кембриж муқобили, И.Фитер ва КСнайдернинг даромадлар муқобили. 4. https://lex.uz/docs/-5328442 5.https://daryo.uz/2017/07/01/ Download 49.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling