Mavzu: Marshrutizatorlar va ularning xillari. Marshrutizatorlardan lokal va global tarmoqlar qurishda foydalanish


Download 206.81 Kb.
Sana07.12.2019
Hajmi206.81 Kb.

Labaratoriya ishi

Mavzu: Marshrutizatorlar va ularning xillari. Marshrutizatorlardan lokal va global tarmoqlar qurishda foydalanish.

Ishdan maqsad: Marshrutizatorlar va ularning xillari. Marshrutizatorlardan lokal va global tarmoqlar qurishda foydalanishni o’rganish.

Nazariy ma’lumotlar

Marshrutizatorlar qo’llaniladigan sohasiga qarab, bir nechta sinflarga bo’linadi:

1.Magistral tarmoqlarni qurish uchun mo’ljallangan marshrutizatorlar.

2.Tarmoqlarning chegaralari uchun mo’ljallangan marshrutizatorlar.

3.Xududiy bo’limlar marshrutizatorlari.

4.Uzoqlardagi ofislar uchun mo’ljallangan marshrutizatorlar.

5.Lokal tarmoqlar marshrutizatorlari.



Bu turlarni quyidagi rasmda ko’rish mumkin:

Marshrutizatorlarning – yuqori, o‘rta (ikkinchi sath) va quyi (birinchi sath) sinflari mavjud.



Yuqori sinf marshrutizatorlari – magistral marshrutizatorlar deb ataladi (backbone routers). Bu xildagi marshrutizatorlarning unumdorligi eng yuqori bo’ladi. Ular yordamida korxonalarning magistral tarmoqlari yoki biron bir xududning global tarmog’i magistrali hosil qilinishi mumkin. Magistral marshrutizatorlar yordamida sekundiga bir necha 100 ming, xatto bir necha millionlab paketlarni ishlash amalga oshiriladi.

O’rta sinf marshrutizatorlari - deganda mintaqaviy bo„limlar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlar tushuniladi. Ular yordamida mintaqaviy bo’limlarni, markaziy ya‟ni, magistral tarmoq bilan bog’lash amalga oshiriladi. Ushbu marshrutizatorlar, yuqori sinf marshrutizatorlarining nisbatan soddalashtirilgan variantlari hisoblanadi.

Quyi sinf marshrutizatorlari esa – uzoq masofalarda joylashgan offislar uchun mo„ljallangan marshrutizatorlardir. Ular yordamida uncha katta bo’lmagan ofislarni korxona tarmog’i bilan ulash amalga oshiriladi. Bunday marshrutizatorlar uncha katta tezlikka ega bo’lmagan kanallar orqali ishlash uchun mo’ljallangan, jumladan ularda telefon tarmoqlari orqali ulanish portlari ham mavjud bo’ladi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling