Mavzu: mashg'ulotda tarbiyachining yetakchi roli
Download 162 Kb.
|
ABDURAHMONOVA RAHBAROY 101-GURUH KURS ISHI...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xulosa va tavsilotlar
Mashg'ulotni boshlashdan avval, tarbiyachi albatta o'zi tanlagan natura, o'yinchoq, illustratsiya va o'zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg'ulotdan oldin tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yo'l va vositalarini aniqlab olish va har bir murakkab qismi ustida ko'proq ishlashni va bolalarning diqqatini ham shu yerga ko'proq tortish imkonini beradi. Mashg'ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyot-larga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo'llash mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg'ulotni tashkil etishga tayyor bo'lgach, bolalarni o'yin faoliyatidan asta ta'limiy faoliyatga ko'chirib o'tadi. Mashg'ulotni tashkil etish jarayoni bir-ikki daqiqani tashkil etadi. Bu qism mashg'ulotga qarab turlicha uyushtirilishi mumkin. Masalan, bolalarning tasvirlashlari kerak bo'ladigan predmet yoki illustratsiyalarni ko'rishni, kichkintoylarga esa o'sha narsa bilan o'ynashi, qo'li bilan tegishi mumkin bo'ladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni sekin-asta, shovqinsiz, stol atrofiga o'tirishga o'rgatamiz. Mashg'ulotning turiga va mazmuniga qarab, turlicha o'tkazilishi mumkin. Masalan, kichik guruhda yarim oysimon shaklda o'tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani ko'radi va yordam ko'rsatish maqsadida har birining oldiga borishi mumkin. Tavsiyalar: Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlattirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘likdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z echimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.T.O’zbekiston 2019-y 2. O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida»gi va Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonuni T., 2020-y 3. “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategeyasi”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli farmoni. 4. Mirziyoyev.Sh.M ,Tanqidiy tahlil,qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak’’T.O’zbekiston 2017 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020y. 6. “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ -2707-son qarori. 29.12.2016. 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955-sonli qarori. 8. Maktabgacha ta’lim tizimini, 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2019-y. 9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5198-sonli farmoni. 10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ,, Maktabgacha ta’lim Vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida’’gi PQ-3305 sonli qarori. 11. O’zbekiston Respublikasi Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari T.,2018. 12. http://www.google.uz 13. http://www.tdpu.uz 14. http://www.mdo.uz 15. http://www.ziyo.net.uz 16. http://www.pedagog.uz Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling