Mavzu: Mashg'ulotlarni kuzatish va tahlil qilish
Demak, mudira o'zida kuzatish, dalillarni ko'rish, shuningdek, ularni tahlil qilish, umumlashtirish ko'nikmasini tarkib toptirish kerak
Download 9.83 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu Mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Xasanboyeva O. Pedagogika tarixidan xrestomatiY. -T.: O‘qituvchi. 1993. 2.Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida. -T.: O‘qituvchi. 1997.
- 5.R.Xasanov, X.Egamov «Tasviriy san`at darslari» «O’qituvchi».T.: 1995y.
Demak, mudira o'zida kuzatish, dalillarni ko'rish, shuningdek, ularni tahlil qilish, umumlashtirish ko'nikmasini tarkib toptirish kerak.Mashg'ulotlarni tahlil qilish uchun 1) mashg'ulotning tashkil etilishini; 2) dastur mazmunini; 3) mashg'ulotni o'tkazish metodikasini; 4) uning natijalarini (ya'ni tekshirish vaqtida bolalardagi bilim, ko'nikma, malaka hamda ularning xatti-harakatlarini) ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Mashg'ulot tahlili. Mashg'ulot mazmuni mazkur yosh guruhi dasturiga, yil fasliga, bolalarning tasviriy imkoniyatlariga muvofiq keladimi? Yangi narsalar va bolalarga tanish narsalar o'rtasidagi muvofiqlikning oldingi o'tgan mashg'ulotlar bilan aloqasi. Emotsional-ijodiy o'quv yuklamasi, mashg'ulot mazmunining tarbiyaviy va bilish ahamiyati. Mashg'ulotning tashkil etilishini, materiallar va ko'rgazmali qurollarning sifatini, bolalar hamda tarbiyachilarning tayyorgarliklari (ish usullarini ko'rsata bilish)ni baholash. Navbatchilarning mashg'ulotga tayyorlanishdagi roli, navbatchilar ishining o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish bilan biriktirilishi. Taibiyachi tushuntirishlarining to'g'riligi va tushunarliligi. O'qitishning mashg'ulot turlarida foydalanilgan usullarining muvofiqligi (masalan, dekorativ rasm solishda, grafik tasvir ko'rinishidagi namunadan, predmet-naturani tahlil qilish, uning tasviriy usullarini ko'rsatish va boshqalardan foydalaniladi) dastur vazifalarining xarakteriga (yangi yoki takrorlanayotgan mazmun), bolalarning yoshiga (masalan, kichik guruh bolalarini o'qitishda yetakchi usul bu ko'rsatish, katta guruhlarda esa o'qitishning ko'rgazmali usullari bilan birga, aniq og'zaki yo'llanmalar, ishni qaysi usulda va qanday izchillikda bajarish lozimligini mustaqil aniqlash topshiriqlari katta ahamiyat kasb etadi) bog'liq. Mashg'ulotning bosqichlar bo'yicha umumiy davomiyligi, agar shunday bo'lgan bo'lsa, kechikishning sabablari. Bolalarning mashg'ulotda o'zini tutishi: uyushganlik, intizomiylik, qiziqish, ularda vaqt, ish tempi hissiyotining mavjudligi. Mashg'ulotni boshlashdan avval, tarbiyachi albatta o'zi tanlagan natura, o'yinchoq, illustratsiya va o'zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg'ulotdan oldin tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yo'l va vositalarini aniqlab olish va har bir murakkab qismi ustida ko'proq ishlashni va bolalarning diqqatini ham shu yerga ko'proq tortish imkonini beradi. Mashg'ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyot-larga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo'llash mumkinligi ustida ishlaydi Xulosa Tarbiyachi mashg'ulotni tashkil etishga tayyor bo'lgach, bolalarni o'yin faoliyatidan asta ta'limiy faoliyatga ko'chirib o'tadi. Mashg'ulotni tashkil etish jarayoni bir-ikki daqiqani tashkil etadi. Bu qism mashg'ulotga qarab turlicha uyushtirilishi mumkin. Masalan, bolalarning tasvirlashlari kerak bo'ladigan predmet yoki illustratsiyalarni ko'rishni, kichkintoylarga esa o'sha narsa bilan o'ynashi, qo'li bilan tegishi mumkin bo'ladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni sekin-asta, shovqinsiz, stol atrofiga o'tirishga o'rgatamiz. Mashg'ulotning turiga va mazmuniga qarab, turlicha o'tkazilishi mumkin. ttp://www.google.uz .http://www.tdpu.uz .http://www.mdo.uz .http://www.ziyo.net.uz .http://www.pedagog.uz 1.Xasanboyeva O. Pedagogika tarixidan xrestomatiY. -T.: O‘qituvchi. 1993. 2.Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida. -T.: O‘qituvchi. 1997. 3. O.Xasanboeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “Aloqachi”, 2007 y. 4. O.To’raeva Bola aziz odobi undan aziz T.: “O’qituvchi” 5.R.Xasanov, X.Egamov «Tasviriy san`at darslari» «O’qituvchi».T.: 1995y. Adabiyotlar Download 9.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling