Mavzu: mashqlar


O`quv jarayoniga oid kompetensiya


Download 1.98 Mb.
bet34/35
Sana17.01.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1096691
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
4-sinfOna tili II chorak

O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK2 axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish; TK3 mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;
TK5 maktabning ichki va tashqi qoidalariga rioya qilish; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish; FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; FK 2; mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning turi:umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi
Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.
Darsning jihozi: rasm va jadvallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish va baholash.
-Otlarning ma’nosiga ko‘ra turlarini ayting.
-Qanday otlarni bosh harf bilan yozasiz?
- Otlar qaysi qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi?
- Egalik qo‘shimchalari qanday ma’no bildiradi va qanday vazifani bajaradi?
III. Yangi mavzu bayoni. 169- mashq. Matnni o`qing. Otlarni aniqlab, ularni kelishiklar tartibida yozing.


B.k: podsho, bo`r, taxtacha, eshik.
Q.k: eshikning,
T.k: Beruniyni, bolaxonani, yozuvni,
J.k: tashqariga, qog`ozga, qo`liga
O` .p,k: bolaxonada,
Ch.k: xonadan,
IVMustahkamlash.O`quvchilar 170 -mashqqa berilgan rasm yuzasidan “Men onamga yordamchi”mavzusida hikoya tuzadilar.

Tuzmoqchi bo`lgan hikoyalarida darslikda berilgan quyidagi so`zlardan foydalanadilar.
Bog`chada,ukamni,onamning,uyda,maktabdan,piyolalarni,dasturxonni,likopcha,,qoshiq,artmoq,faxrlanmoq,,
xursand bo`lmoq.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling