Sana_____ Bosh kelishikdagi otlarning gapdagi vazifasi
Maqsad: DTS talablariga asosida bilim berish.Ot so’z turkumi haqidagi bilimlarini boyitish..
Ta’limiy : O’quvchilarga otlarga kelishik qo’shimchalari, bosh kelishik haqida bilim berish. FK1 ot so‘z turkumini, ot va otning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini biladi,
Tarbiyaviy: O’quvchilarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash. TK6 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish. FK2 nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Noan’anviy, so’zlar zanjiri, aqliy hujum.
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Qishda obi - havo” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; snow – qor, snowman – qor odam.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Egalik qo’shimchalarini yoddan so’rash.
III Yangi mavzu bayoni 130 – mashq. O`qing va ko`chiring. Bosh kelishikdagi otlarni aniqlang.
Topshiriq: Ko`chiring. Bosh kelishikdagi otlarni o`zi bog`langan so`z bilan birga o`qing. Nima hosil bo`ldi?
131– mashq. Ko`chiring. Bosh kelishikdagi otlarni aniqlab, tagiga chizing.
Bosh kelishikdagi otlarni o’zi bog’langan so’z bilan ko’chiring.Otning gapdagi vazifasini ayting.
Lug’at ishi: nashtarsimon – o’tkir, sanchiladigan. Sersharbat – shirasi ko’p.
Bosh kelishikdagi otlarni tagiga chizing. Bosh kelishikdagi ot tarkibida qanday qo’shimcha bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |