I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
c) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Diniy bag’ri kenglik” mavzusida suhbat o’tkazish.
d) ingliz tili daqiqasi months – oylar.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Tarqatmalar yordamida o’quvchilarni darsga jalb etish.Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash.
III Yangi mavzu bayoni 224– mashq. She’rni ifodali o’qing. Ajratilgan otlarga so’roq bering.Ular qaysi kelishikda qo’llanganini ayting.
O’ylang! Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi Qanday shakllarga ega? –ka shakli qaysi tovush bilan tugagan otlarga qo’shiladi? – qa, - ga qo’shimchalari – chi?
IV Yangi mavzuni mustahkamlash 152 – mashq. O`qing. Matnni to`liq qyta hikoya qiling.
Tuproqqa salom
O`tqazilgan nihollar so`lg`inlashib, yerga bosh egishdi. Bu holni payqagan Oydin dadsidan so`radi: - Nihollarga nima bo`ldi?
_Ko`chatlar yerga – tuproqqa salom berishiyapti. Ular boshqa tuproqdan keltirildi. “Bizni bag`ringga oldaning uchun rahmat”, deb ta`zim qilishiyapti, - dedi dadasi.
Oydin keying kun o`tqazilgan nihollarning ko`kka bo`y cho`zib, yashnab turganini ko`rdi. Shunda u tuproqqa salom bergan nihollarga quvonch bilan boqdi.
Topshiriq: Jo`nalish kelishigidagi otlarni o`zi bog`langan so`zlar bilan ko`chiring.
Yerga bosh egishdi. Yerga salom berishiyapti. Bag`ringga olganing. Tuproqq bergan, Nihollarga boqdi.
V Baholash.
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. 153 – mashq.
22 Mavzu: 154- 156 - mashqlar.
Sana_____ Jo‘nalish kelishigidagi otlarning bog‘lanishi va gapdagi vazifasi
Maqsad: DTS talablariga asosan ot so’z turkumi haqida bilim berish.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning jo’nalish kelishigi haqidagi bilimlarini boyitish. FK1 ot so‘z turkumini, ot va otning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini biladi,
Do'stlaringiz bilan baham: |