Mavzu: Masofaviy ta’lim texnologiyalari. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar
Download 27.62 Kb.
|
4. masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar.
Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisalarning holati haqidagi yangi ma’lumotlarni olishda ma’lumotlarni yig‘ish usullari, ma’lumotlarni yetkazib berishdan va vositalar majmuidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari ta’limiy mahsulot va xizmatlarini tashkil etishda dastgoh hisoblanadi. Ta’limiy mahsulot – ta’lim jarayoniga tatbiq qilish uchun ifodalangan ma’lumotlar majmuidir. Zamonaviy axborot texnologiyasi - shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasidir. Jamiyatni axborotlashtirish – fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini va ularning huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul shartlarni, davlat va hokimiyat, mahalliy va o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, axborot resurslaridan foydalanish va ularni shakllantirish asosida jamoat birlashmalarini tashkil etishni yaratishning tashkillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish - jamiyatni axborotlashtirishning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish quyidagi qulayliklarga ega: - jamiyatning har bir a’zosi haqidagi ma’lumot va bilimlarni olishga yo‘l ochib beradi; - shaxsning intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantiradi; - jamiyatning har bir a’zosi faollik bilan malakasini oshirib, faoliyat fazasini tezkor o‘zgartiradi; - masofaviy o‘qitish yordamida ta’lim samarasini oshirishni ta’minlaydi. Ta’lim mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish uchun quyidagi axborot texnologiyalar qo‘llaniladi: - guruhlash, turlash, hisoblash, ma’lumotlarni agregatlash uchun ularni qayta ishlash axborot texnologiyalari ; - masofaviy o‘qitish qatnashchilarining axborot talablarini qondirish uchun boshqaruv axborot texnologiyalari; - fanlar bo‘yicha ekspertlar mahsulotlarini masofaviy o‘qitishning foydalanuvchilar tomonidan olish imkoniyatini beruvchi ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari. Jahon iqtisodiy tizimlarining dunyo miqyosida umumiy keng tus olishi, jahondagi bir nechta ilg‘or mamlakatlarni axborotlashtirish jamoa bosqichiga kirishi va davlatning jahon iqtisodiyot kengashiga olib chiqilishi uchun respublikamiz Prezidenti tomonidan qo‘yilgan masalalar, shu bilan birga shartli bo‘lgan «raqobatni» hamma tarmoqlarga kiritish, ayniqsa davlatning oliy ma’lumot tarmog‘iga kiritilishi davlatimizning oliy ma’lumot tizimidagi raqobatchilik to‘g‘risidagi muammosi dunyo bozorida faol bo‘lishi turgan gap. Berilgan muammoning asosiy yechimlaridan biri yangi ta’lim texnologiyalarini kiritish, shu bilan birga respublikaning oliy ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish uslubi o‘z o‘rnini egallashi kerakligidadir. Dunyoda masofaviy o‘qitish uslubini qo‘llash bo‘yicha juda katta tajriba orttirilgan. Jumladan, tajribali o‘qituvchilar, mutaxassislar o‘qitilayotgan kishiga yakka tartibda yordam berishi, talabalar o‘qishini turli uslubda nazorat qilinishi, ularning bilim saviyasini baholash yo‘llari tufayli talaba va o‘qituvchilarning o‘qish sifati va mehnat unumdorligi oshadi. Masofaviy o‘qitish uslubini sifatli qo‘llanishiga quyidagi yo‘llanmalar kiradi: O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorij olimlari hamda mutaxassislarining bilim va tajribalarini qo‘llash, zamonaviy o‘quv qurollaridan foydalanish e’tiborda tutiladi. Bunda turli o‘quv manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot esa o‘z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan axborotlarni ishlatish talaba va o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonining standart holda jamlanishi, tushunarli holda o‘qituvchi (pedagog)larning bilim darajasini oshirish majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasini ko‘tarilishiga yordam beradi. Oydinlashtirilgan ta’lim berish jarayonining ta’minlanishi, uzluksiz monitoring imkoniyati, o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri nazorat qilinishi va boshqarilishini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va o‘quv yurtlari tomonidan o‘qituvchi va talabalarning bilim saviyasini tekshirilishini (ta’lim jarayonida talaba va o‘qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, bunga talabaning faolligi va o‘qituvchi ishining unumliligi, talabalarning attestatsiyadan o‘tkazish amallari ham kiradi) ta’minlanishiga olib keladi. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va qayta o‘qish tizimlarining samaradorligini oshirishga erishiladi. O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda o‘quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‘rgazmali vositalarni joyida qo‘llash, axborot va bilimlarni yetkazishda ko‘rgazmalilik, tasavvurlar hamda o‘qitishning o‘yin shakllaridan foydalanish kiradi. Masofaviy o'qitish usuli mutaxassis o'qituvchi(pedagog)larning oldiga yangidan-yangi dolzarb vazifalarni qo'ymoqda. Chunki o'quv materiallarining muntazam to'ldirib borilishi, ta'lim beruvchilarning ijodiy yondashuv hamda yangiliklar bilan o'z malakasini oshirishlari va bu ko'rsatkichlarni jahon ilmi yutuqlari bilan muvofiqlashtirib borishlari talab etilmoqda. Bu o’qitish usuli ta'lim talabiga asosan talabaning o'z ustida ishlashini tashkil etish, ko'proq bilim olishga intilishi, kompyuter bilan mustaqil ishlash va olgan bilimlaridan ijodiy foydalanishini ta'minlaydi hamda olingan bilimlar maxsus o’quv-uslubiy nashrlar, testlar bilan tekshirilib, to'ldirilishi mumkin. Axborot texnologiyalarining keng miqyosda joriy etilishi bilan masofaviy o’qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni echishda ham joriy etish mumkin. Ta'lim sohasiga bo'lgan fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali mutaxassislarga bo'lgan talabi ham qondiriladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy va kasbiy faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Xususiy tadbirkorlik bilan mashg’ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa oliy ta'lim tizimida yig’ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini qo'ymoqda. Masofaviy o’qitish geografik jihatdan turlicha joylashgan ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan edi. Lekin zamonaviy axborotlar va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta'lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo'l ochib berdi. Natijada masofaviy o’qitish uslubi asosida o’qitish tez vaqt ichida Oliy va o'rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitishda yangi uslublarni qo’llashga yana bir turtki bo'ldi. Masofaviy o’qitish bo'yicha Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunda jahon miqyosida 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta'lim olishmoqda. AQSHda shu uslub asosida o’qitish maqsadida yangi o’quv markazlari barpo etilmoqda hamda ular milliy kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash va qayta tayyorlash afzalliklariga egadir. Download 27.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling