Mavzu: Massiv. Massiv tushunchasi. Bir o’lchovli massivlar. Reja: Massiv. Massiv tushunchasi
Download 28.99 Kb.
|
Massiv. Massiv tushunchasi Bir o’lchovli massivlar Bir o’lchovli-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir o’lchovli massivlar
massiv toifasi> <massiv nomi> [o’lchovi];
Bu ko’rinishga xususiy o’zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning aloxida elementidir. Massiv berilishiga ko’ra bir, ikki, uch va ko’p o’lchovli bo’lishi mumkin. Massivga murojat bevosita va bilvosita asosda bo’ladi: int a[5] –to’g’ridan –to’g’ri murojat a[i]- bilvosita murojat. Bu erda i o’zgaruvchining qiymatiga bog’liq ravishda a massivining barcha elementlariga murojat qilish imkoni mavjudligini bildiradi. Har doim indeks 0 dan boshlanadi. Masalan: Bizga char tipidagi m nomli massiv va uni 4 ta elementi mavjud bo’lsin: m[0] 4 m[1] 45 m[2] 100 m[3] 37 bu erda elementga murojaat qilish uchun massiv nomi va [ ] qavs ichida element indeksi yoziladi. m– massiv nomi. [ ] – indeks ko’rsatiladi. Massivlar bir xil turdagi (double, float, int va h.k.) elementlar guruhidan iborat bo’ladi. Kompilyator e`lon qilingan massivdan uning elementlari tipi va ularning soni to’g’risida ma`lumotlarga ega bo’lishi kerak. Massiv elementlarining tipi funktsiyaga va void tipiga taaluqli bo’lmasligi kerak. Massivni e`lon qilishda quyidagi xollardagina indeksli ifodani tushirib qoldirish mumkin: - massiv funktsiyaning formal parametri sifatida e`lon qilinganda; - e`lon qilingan massiv boshqa fayldagi aniq massivga yo’llangan bo’lsa. Massivlar berilishiga ko’ra: bir o’lchamli : int a[5] ikki o’lchamli: int a[5][4] uch o’lchamli: int a[5][4][6] va ko’p o’lchovli bo’lishi mumkin. Bir o’lchovli massivlar Qavs ichidagi indeks butun son yoki butun songa olib keluvchi ifoda bo’lishi mumkin. Massivlarni bir necha xil ko’rinishda yozish mumkin: char name [20]; int grades [125] float income [30] double tel [1500] Bu erda birinchi massiv nomi 20 elementdan iboratligi va massiv elementlariga murojat name[0], name[1],….. name[19]. Ikkinchi grades massivi 125 ta butun sonlardan iboratligi va murojat grades[0], grades[1], grades[3],…, grades[124]. Uchinchi massiv 30 ta xaqiqiy sonlardan iboratligi va murojat income[0], income[2],…..income[29]. To’rtinchi massiv 1500 ta ikki martalab aniqlikda bo’lgan haqiqiy sonlardir. Masalan: yuqorida qo’llanilgan char tipidagi m massivini e`lon qilaylik. char m[4]; bu erdagi 4 soni massivdagi elementlar miqdorini bildiradi. Bir necha massivni e`londa bersak ham bo’ladi. int m1[4], m2[99], k, l=0; Masiv elementlari dastur davomida initsializatsiya qilishimiz mumkin, yoki boshlang’ich qiymatlarni e`lon vaqtida, { } qavslar ichida ham bersak bo’ladi. { } qavslardagi qiymatlar massiv initsializatsiya ro’yxati deyiladi. int n[5] = {3, 5, -33, 5, 90}; YUqorida birinchi elementning qiymati 3, ikkinchisiniki 5 va x.k. oxirgi beshinchi element qiymati esa 90 bo’ladi. { } qavslar ichida berilgan boshlang’ich qiymatlar soni massivdagi elementlar sonidan katta bo’lmasligi kerak, aks holda sintaksis hatosi vujudga keladi. Masalan: Char k[3]={3,65,4,-76,90} //xato!! Usta elementdan iborat massivga 5 dona boshlang’ich qiymat berilmoqda, bu xatodir. Boshqa bir misol Int w[]={3, 7, 90, 78}; w nomli massiv e`lon qilindi, lekin [ ] qavslar ichida massivdagi elementlar soni berilmadi. Bunday holda necha elementga joy ajratishni kompilyator { } qavslar ichidagi boshlang’ich qiymatlarga qarab biladi. Demak, yuqoridagi misolda massivimiz 4 dona elementdan iborat ekan. Download 28.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling