Mavzu: Massivlar bilan ishlash. Bir va ikki o’lchovli massivlar. C++ algoritmik tilining grafik imkoniyatlari. Reja


Download 391 Kb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi391 Kb.
#196585
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
C Massiv, Grafika

Massivlarni e’lon qilish

C++ tilida indeks doimo 0 dan boshlanadi va uning eng katta qiymati massiv e’lonidagi uzunlikdan bitta kam bo’ladi.

Massivni e’lon qilish:

[] = {boshlang’ich qiymatlar};

Masalan:


int m[6] = {1, 4, -5, 7, 3, 0};

float a[4];

Massiv statik va dinamik bo’lishi mumkin. Statik massivning uzunligi oldindan ma’lum bo’lib, u xotirada ma’lum adresdan boshlab ketma-ket joylashadi. Dinamik massivning uzunligi dastur bajarilishi davomida aniqlanib, u dinamik xotiradagi ayni oaytda bo’sh bo’lgan adreslarga joylashadi.

Massivlarni e’lon qilishning bir necha usuli mavjud:

1. O’lchami ko’rsatilgan massiv elementlarini to’liq initsializatsiyalash:

int t[5] = {-5, 10, 0, 4, -3}

Bunda 5 ta elementdan iborat t nomli butun turdagi massiv e’lon qilinib, uning barcha elementlariga boshlang’ich qiymat berildi.

2. O’lchami ko’rsatilgan massiv elementlarini to’liqmas initsializatsiyalash:

int k[10] = {3, 1, 4, 4, -3}

Bunda 10 ta elementdan iborat k nomli butun turdagi massiv e’lon qilinib, uning dastlabki 5 ta elementlariga boshlang’ich qiymat berildi.

3. O’lchami ko’rsatilmagan massiv elementlarini to’liq initsializatsiyalash:

Int m[] = {4, 11, -2}

Bu misolda massivning barcha elementlariga boshlang’ich qiymat kiritilgan hisoblanadi va kompilyator uning uzunligini qiymatar soniga qarab aniqlab oladi. Agar massiv uzunligi e’lon qilinmasa, unga boshlang’ich qiymatlar berilishi shart.

Misollar:

char ch[4] = {‘a’, ‘b’, ‘d’, ‘f’}; //belgilar massivi

int butun[6] = {10, 8, 5, 15}; //butun sonlar massivi

char str[] = “abcd”; //ushbu satr oxirida \0 belgisi bor deb hisoblangani sababli uning uzunligi 5 ga teng
Massivning elementlarini kiritish yoki chiqarishning qulay usuli kiritish yoki chiqarish amalini takrorlanuvchi jarayon tarkibida amalga oshirishdir. Masalan n ta elementdan tashkil topgan massiv elementlarini tasodifiy sonlar bilan to’ldirish va ekranga chiqarish dasturi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin.
#include

#include

#include

using namespace std;

int main ()

{

srand(time(NULL));



int mas[5];

for (int i=0; i<=4; i++)

mas[i] = rand()%10;

for (int i=0; i<=4; i++)

cout<

}


Download 391 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling