Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet105/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Mavzu: Markaziy Osiyo


Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Markaziy Osiyo geografik o’rni, geologik tuzilishi va xususiyatlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berish, mehnatsevarlikka o’rgatish
v) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini kengaytirish
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
Ha” yoki “Yo’q”
1) Sharqiy Osiyo balandligi 2000 m gacha ko’tarilgan Nanlin va Uishan tog’laridan tarkib topgan. (Ha)
2) Platforaning yuzasi Xuanxe, Volga, Ob va Yanszi daryolari keltirgan allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. (Yo’q, Xuanxe va Yanszi)
3) Pasttekislikning markaziy qismida uncha baland bo’lmagan Shandun tog’i ko’tarilib turadi. (Ha)
4) Yog’inning 50% i yoz oylariga to’g’ri keladi.
Yangi mavzu bayoni:
Markaziy Osiyo tabiiy-geografik o‘lkasi Osiyoning Markaziy qismini egallaydi. Uni shimolda Sibir, sharqda Sharqiy Osiyo, janubda Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo, g‘arbda esa O‘rta Osiyo o‘lkalari o‘rab turadi. Bu o‘lkada Xitoy va Mongoliya hududidagi tog‘ va cho‘llar joylashgan. O‘lkaning markaziy va janubiy qismidan Yer po‘stining faol Alp-Himolay seysmik mintaqasi o‘tadi. O‘lkada keksa, lekin yoshargan tog‘lar (Mongoliya Oltoyi, Tyanshan, Tibet) bilan birga eng yosh (Qoraqurum) tog‘lar ham bor. Relyefi. Markaziy Osiyo o‘lkasining relyefida, asosan, tog‘, tog‘lik, tog‘ oralig‘idagi botiqlar va baland tekisliklar uchraydi. Tibet tog‘ligi, Qoraqurum, Sharqiy Tyanshan yoki Xitoy Tyanshani, Oltoy (Mongoliya Oltoyi), Kunlun tog‘lari, Taklamakon botig‘i, Gobi cho‘li joylashgan baland tekislik o‘lka relyefining asosiy shakllari hisoblanadi. O‘lkaning eng baland joyi (8611 m) Qoraqurum tizmasidagi Chogori cho‘qqisi bo‘lsa, eng past nuqtasi Taklamakon cho‘lidagi Turfan botig‘iga (-154 m) to‘g‘ri keladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling