Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet13/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Yangi mavzu bayoni:
Litosfera (yunoncha «litos» – tosh, qattiq, «sfera» – qobiq) Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Qalinligi 200 km. Yer po‘sti bilan yuqori mantiya oralig‘idagi chegarani1914 yilda yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan. Yer po‘sti tuzilishi va qalinligiga ko‘ra ikki tipga bo‘linadi. Yer po‘stining kontinental tipi materiklarda tarqalgan bo‘lib, tekisliklarda 35-40 km, yosh tog‘larda 55-70 km qalinlikka ega. Pomir va Hindikushda 60-70 km, Himolay tog‘larida 80 km ga boradi. Kontinental yoki materik po‘sti cho‘kindili, granitli va bazaltli qatlamlardan tuzilgan.
Yer po‘stida platforma va geosinklinal hududlar ajraladi. Platformalar Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib, tog‘ burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuzatilmaydi. Ularga Sharqiy Yevropa, Turon, Sibir va boshqa platformalar tegishli. Platformalar tekisliklarga to‘g‘ri keladi. Geosinklinal mintaqalar Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari: ularga kuchli zilzilalar, harakatdagi vulqonlar, tog‘ burmalanishlari xos. Tinch okean «olovli halqasi», O‘rta dengiz – Himolay, Sharqiy Afrika, Markaziy Amerika geosinklinal mintaqalari Yer po‘stining eng faol qismlaridir.Okean po‘sti 5-10 km qalinlikka ega. So‘nggi tadqiqot ishlari natijasida bazaltli qatlamdan pastda joylashgan va qalinligi 3,5-5 km bo‘lgan magmatik jinslar borligi aniqlandi. Demak, okean po‘sti ham uchta qatlamdan tuzilgan. Lekin unda granitli qatlam uchramaydi. Relyef (yunoncha, ko‘tarilaman) yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo‘lgan shakllaridir. Yer yuzasidagi barcha relyef shakllari ichki va tashqi kuchlarning hosilasidir. Asosiy relyef shakllariga tog‘ va tekisliklar misol bo‘ladi. Tog‘lar quruqlikning 40% ini, tekisliklar esa 60% ini egallaydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Krossvord

Savollar;
1) Yerning tosh qobig’i
2) Yer po’stining o’ta mustahkam qismlari
3) Yer po’sti bilan mantiya oralig’idagi qatlam
4) Yer yuzasining shakllari
5) Relyef shakli
6) Relyef shakli


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling