Mavzu: Matn ma’lumotlarni himoyalashda klassik o’rniga qo’yish va o’rin almashtirish algoritmlaridan foydalanish
Download 334.02 Kb.
|
1lab
Polibiya kvadrati. Bu sodda o‘rniga qo‘yish usuli sanalib, qadimgi Yunonistonda yaratilgan va dastlab grek alifbosi uchun ishlab chiqilgan, so‘ngra boshqa alifbolar uchun foydalanilgan.
Ushbu usul bosqichlari quyidagilar: 1- bosqich. Shifrlash jadvalini yaratish. Tanlangan belgilardan tashkil topgan alifboni iloji boricha tomonlari teng bo‘lgan jadvalda ifodalanadi. Jadval tomonlari qanchalik bir-biriga yaqin bo‘lsa, bardoshligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Quyida kiril alifbosi uchun taklif etilgan jadvallar keltirilgan.
2- bosqich. Shifrlash. Ishlab chiqilgan alifbolar asosida shifrlash jarayonini turli usullar asosida amalga oshirish mumkin. Quyida ularning 3 ta usuli keltirilgan. 1- shifrlash usuli. Bu usulda shifrlash uchun yuqoridagi jadvallardan biridan foydalaniladi. Ochiq matn harflari jadvaldan olinib, tagidagi belgi unga mos shifr matn belgini ifodalaydi. Quyida “SOMETEXT” ochiq matnini shifrlash keltirilgan.
Olingan natijaviy shifr matn “XTRKYKCY” ga teng bo‘ladi. 2- shifrlash usuli. Bu usulda ma’lumotni shifrlashda uning jadvaldagi joylashgan o‘rnidan foydalaniladi.
Shundan so‘ng koordinatlar qator bo‘yicha juftlanib o‘qiladi va quyidigiga ega bo‘linadi: 34 25 45 34 43 31 41 54. Shundan so‘ng yuqoridagi juftliklar gorizontal va vertikal koordinatalar shaklida ifodalanadi.
3- shifrlash usuli. Bu usulda ma’lumotni shifrlashda uning jadvaldagi joylashgan o‘rnidan foydalaniladi.
Shundan so‘ng koordinatlar qator bo‘yicha o‘qiladi va quyidigiga ega bo‘linadi: 3425453443314154. Shundan so‘ng olingan ketma-ketlik chapga siklik bir belgiga siljitiladi va 4254534433141543 ketma-ketlik olinadi va u juft-juft qilib yoziladi, 42 54 53 44 33 14 15 43. Shundan so‘ng yuqoridagi juftliklar gorizontal va vertikal koordinatalar shaklida ifodalanadi.
Ushbu usulda maxfiylikni oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, unda kalit asosida dastlabki jadval hosil qilinadi. Masalan, “DRAFT” kaliti asosida hosil qilingan jadval ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.
Download 334.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling