Mavzu: Matn protsessorlari yordamida kasbiy faoliyatga doir hujjatlarni yaratish, formatlash va tahrirlash
Download 147.6 Kb.
|
1 2
Bog'liqDilobar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha
- Kiritish amalida
- Tahrirlash amalida
Mavzu:Matn protsessorlari yordamida kasbiy faoliyatga doir hujjatlarni yaratish, formatlash va tahrirlashReja: 1. Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha. 2. Microsoft word protsessori bilan tanishish. 2. Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha Ma’lumki, inson ish faoliyati davomida ko‘plab matnlarni qayta ishlashiga to‘g‘ri keladi. Hujjatlaming hamda elektron hujjatlarning ko‘pchilik qismini matnlar tashkil etadi. Oddiy belgilardan tashkil topgan so‘zlar to‘plami matn deb ataladi. Kompyuterda matnli hujjatlarni tayyorlashda asosan uch guruh amallar bajariladi. Kiritish amalida tashqi shakldagi dastlabki matnni electron ko‘rinishga, ya’ni fayl tarziga o'tkazish ko'zda tutiladi. Kiritish amalida nafaqat klaviatura yordamida kiritishni, balki kiritish vositalari yordamida (skanerdan o'tkazish, grafik shakldan matn formatiga o'tkazish) kabi vazifalami bajarish mumkin. Tahrirlash amalida mavjud matnli hujjatni o‘zgartirish, unga qo‘shish, o‘chirish, matnni boiish va hokazo kabi amallar bajariladi. Kiritish va tahrirlash amallari yordamida matnli hujjatning tarkibi shakllantiriladi. Formatlash amali hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kerak va bu amalning buyruqlari hujjatning ekrandagi yoki qog‘ozdagiko‘rinishini aniqlaydi. Barcha elektron hujjatlar kiritish va tahrirlash amallari bajarilishini talab qiladi, lekin formatlash amali ular uchun har doim ham kerak bo'lavermaydi. Masalan, kompyuter uchun yoziladigan dastur matnlarini formatlash shart emas, chunki dastur matni qog‘ozga chiqarish uchun yozilmaydi, balki uni kelgusi qayta ishlovchi amal — kompilyatsiya uchun kiritiladi. Shuning uchun ba’zi matnli hujjatlami formatlash ortiqcha ish va ulami formatlash maqsadga muvofiq emas. Shunday qilib ikki xil dasturga ega bo'lish foydali bo‘lib chiqdi. Matnlarni kiritish va tahrirlovchi dasturlar matn muharrirlari deb, formatlashni ham bajaradigan dasturlar esa matn protsessorlari deb nom oldi. Barcha matn muharrirlari hujjatda «toza» matnni saqlaydi, shuning uchun ular boshqa matn muharrirlarida ham tahrir qilinishi mumkin. Matn protsessorlari esa formatlash natijalarini hujjat ichiga har xil tarzda qayd qilganliklari sababli, ko'pchilik hollarda bir-birlari bilan mos tushmaydi. Lekin ba’zi matn protsessorlarida bir formatdagi hujjatni boshqa formatga o‘tkaza olish qobiliyati mayjud. WORD for Windows, MICROSOFT WORD, WinWORD yoki oddiygina qilib WORD (kelgusida qisqaroq qilib WORD) yordamida yengilgina tashrif qog'ozlaridan tortib, gazetalaming asl maketi yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin. Ushbu tizim matbaachilikda haqiqiy inqilob bo‘ldi desak, mubolag'a bo‘lmaydi. Harf o'lchamlari, ularning ko‘rinishi, matn rangi va foni, hujjatlarni ramkalash, rasm va fotosuratlami joylashtirish, matnlarni ro'yxat va jadval ko'rinishida rasmiylashtirish, murakkab hujjatlarni hosil qilish — bularning hammasi foydalanuvchiga yengillik yaratadi. Bundan tashqari, video va audioyozuvlar ishni yanada ko'rkamroq qilish, imlo xatolarini avtomatik tarzda tuzatish imkonini beradi. Kompyuter uchun tuzilgan dasturlarda, odatda, darchalardan foydalaniladi. Darchalar majmuyi «panel» deb ataladi. Dastur menyusi esa ro‘yxatda ko‘rsatilgan buyruqlar ishini ta’minlaydi. WORD dasturini quyidagicha ishga tushirish mumkin: 1). Microsoft Office panelida Microsoft WORD panelini ishga tushirish; 2). «ПУСК» menyusidagi «ПРОГРАММЫ» menyusidan Microsoft WORD ni tanlash. WORD dan chiqish amali Alt+F4 yoki «Файл» menyusidagi «Выход» buyrug'i orqali amalga oshiriladi. WORD ning oynasi (1-rasm) WINDOWS ning darchalariga o‘xshash va uning tarkibiga matnlarni tahrir qilish va formatlash uchun qo‘llaniladigan barcha elementlar kiradi. WORD oynasining asosiy elementlari quyidagilardan tashkil topadi: — sarlavhalar paneli — yuqoridagi eng birinchi panel bo‘lib, hujjat nomini saqlaydi. Shuningdek, ushbu panelda hujjatning menyu tugmachalari va oynalarni boshqarish tugmachalari joylashgan. — menyu qatori — yuqoridan ikkinchi o‘rinda turuvchi va har biri o‘z menyusiga ega menyular ro‘yxati. Bu menyularni WORD ning juda ko‘p buyruqlari uchun ishlatish mumkin. Bu menyular «Sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ishga tushiriladi. 1-rasm. WORD ning umumiy ko‘rinishi. Har bir menyu quyidagi vazifalar uchun mo'ljallangan: • «Файл» menyusi — ochish, yaratish, saqlash, hujjatlarni chop etish va WORDdan chiqish; • «Правка» menyusi — bekor qilish, yo‘qotish, nusxalash, joylashtirish, matnni izlash va almashtirish, shuningdek, boshqa matnga o‘tish; • «Вид» menyusi — hujjatni ko‘rish rejimini tanlash buyruqlari, uskunalar paneli va hujjat matni masshtabi tasvirini sozlash; • «Вставка» menyusi — turli ko'rinishdagi matnlar va grafik tasvirlami hujjat matni ichiga joylashtirish; • «Формат» menyusi — matnlar va grafiklarni formatlash(grafiklarning rangi va o‘lchovini o'zgartirish); • «Сервис» menyusi — hujjatlarni tekshirish va WORD dasturlarini sozlash; • «Таблица» menyusi — jadvallami hosil qilish, to‘g‘rilash va formatlash; • «Окно» menyusi — ochiq hujjatlar (fayllar) oynasini tartibga keltirish va kerakli hujjatli oynani ishlatish; • «Справка» menyusi — WORD dasturi bilan ishlashga doir ma’lumotlami so'rashga xizmat qiladi; Standart uskunalar paneli (odatda uchinchi qator, 2-rasm). WORDning juda zarur uskunalarini o‘z ichiga oladi. Har qanday uskuna «Sichqoncha» ning chap tugmasi vositasida ishga tushiriladi. Download 147.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling