1) M: ≪K≫. M: ≪K?≫ M: ≪K!≫
2) M: ≪K≫, - m. M: ≪K?≫ - m. M: ≪K!≫ - m.
3) ≪K≫, - m. ≪K?≫ - m. ≪K!≫ - m.
4) ≪K, - m, - k≫.
|
181-mashq. O‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni tegishli tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring.
1. Biz tinchlik daraxtini ekdik. Uni endi do‘llardan, bo‘ronlardan asrashimiz kerak deydi Muhammad Ali. 2. Millatlarni elatlarni deydi M. Ulug‘ova buyuk do‘stlik birlashtiradi. 3. Donolar deydi bolaga mehrni buyruq bilan singdirib bo‘lmaydi. 4. Odamlarning
manfaatiga kelsak bu narsa mustaqillikdan keyin chinakamiga ustuvorlik kasb etdi deydi Anvar Obidjon. Esda saqlang. Ko‘chirma gaplar alohida abzas ko‘rinishida
yangi qatordan emas, balki muallif gapi bilan ketma-ket bir qatorda berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa olinadi: Muning ustiga yana ta’na ham qilib qo‘ydi: «Kim olardi endi u kampirni?» (Cho‘lpon)
Agar ko‘chirma gap alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan berilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa olinmaydi va uning boshlanishi oldidan tire qo‘yiladi:
Shunda keksa olim dedi: - O ‘g ‘lingizning dunyoda tengi bo‘lmaydi. (O‘.Umarbekov)
182-mashq. Matnni o‘qing. Ko‘chirma gaplarni aniqlang, kerakli tinish belgilarini qo‘yib, ko‘chiring. Rustam orziqib kutgan kun keldi. O‘sha kuni Rustam maktabdan
chiqdi-yu, to ‘g ‘ri gulzorga o ‘tdi. Maktab bog‘boni Rasul buvani izlab topdi-da, unga sekin pul uzatdi.
- Buva, shunga gul bering, kerak bo‘lib qoldi. Bog‘bon ajablanib Rustamdan so‘radi:
- Nega kerak bo‘lib qoldi?
- Bugun oyimning tug‘ilgan kunlari, shunga...
- Juda yaxshi o ‘ylabsan, pulingni cho‘ntagingga solib qo‘y. Hozir senga ajoyib guldasta yasab beraman. Birozdan keyin Rustam chiroyli guldastani quchoqlab uyga chopdi.
(N. Najmiddinov)
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda muallif gapi bilan ko‘chirma gap qanday tinish belgilari bilan ajratilishi haqida so‘zlang.
2. Muallif gapi bilan ko‘chirma gapning o‘rni almashtirilsa, tinish belgilari o‘zgaradimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |