Mavzu: Matnli masalalarni yechishga o`rgatish mtodikasi. Reja


Download 15.4 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi15.4 Kb.
#1645828
Bog'liq
kurs ishi


Mavzu:Matnli masalalarni yechishga o`rgatish mtodikasi.

REJA:
Kirish
I bob. Umumta`lim maktablarida matnli masalalarni yechish usullari
1.1.Boshlang`ich sinflarda matnli masalalarni yechish usullari.
1.2. Yuqori sinflarda matnli masalalarni yechish usullari.
II.bob. Matni masalalar yechish usullari.
2.1.Harakatga doir masalalarni yechishga o`rgatish
2.2.Aralashmaga doir masalalar yechish usullari.
3.3. Aniqmas tenglama,tenglamalar sistemasi va tengsizlik tuzib yechiladigan masalalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
2020 yil mamlakatimizda ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilinib, bu


boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini
hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo‘nalishlaridan kelib chiqqan
holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi.
Sh.M.Mirziyoyev

Muammolarni hal qilish, mantiqiy savollarga javob berish, masalalarni yechish, jumboqlarni topish insonga oʻzgacha kayfiyat bagʻishlaydi, oʻziga boʻlgan ishonchni orttiradi. Mantiqiy fikrlash bolalikdan shakllanib borishi kerak, zero Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek, “Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”. Matematik masalalarni yechishga oʻrganish, bolaning matematika faniga boʻlgan qiziqishini orttirib boradi. Sodda matnli masalalar bilan oʻquvchilar birinchi sinfdan tanishishni boshlaydilar. Sinfdan-sinfga oʻtib borgan sari, ular asta-sekin munosabatlarga doir masalalarni “… ga katta, … ga kichik”, “… marta ortiq, … marta kam” kabi tushunchalarni oʻzlashtirib boradilar. Matnli masalalarni yechishning yangi bosqichi, tekis harakat S = vt fizikaviy formulasining kiritilishi bilan boshlanadi. Ushbu formula yordamida turli xil masalalarni yechish mumkin: toʻgri va teskari proporsional, “savdo-sotiq”, “teng qismlarga boʻlingan butun”, “ish”, “togʻri toʻrtburcha yuzasi” va h.z. doir masalalar. Foizlar, oddiy va oʻnli kasrlarni oʻrganish bu yangi tipdagi masalalarni yechishga olib keladi, va bu jarayon oʻquvchilar tushunishi qiyin boʻlgan aralashmaga doir masalalar bilan yakMatematika fanini oʻrganishda oʻquvchilar turli xil koʻrinishdagi masalalarga duch keladilar va bu koʻpchilikda qiyinchilik tugʻdiradi. Oʻquvchilarda ushbu masalalrni yechishda koʻnikma soʻng malaka hosil qilib borish kerak. Masalaning to’g’ri javobini olish uchun uning mohiyatini tushunish muhim, shuning uchun bolalarni boshlang’ich maktabdan, hatto bogʻchadan eng oddiy masalalarni yechishga, uning mohiyatini tushunishga oʻrgatish kerak. Masalani hal qilish qiziqarli, biroz g'ayrioddiy ish, ya'ni aqliy mehnatdir. Har qanday ishga o'rganish uchun ishlash kerak bo'lgan ma’lumotni, ushbu ishni bajarish uchun kerak boʻladigan vositalarni yaxshilab o'rganish zarur. Demak, masalalarni yechishni o'rganish uchun ularning mazmun mohiyatini tushinish, ular qanday tuzilganligini oʻrganish, ular qanday asosiy qismlardan iboratligini va masalalarni hal qilish uchun qanday vositalar mavjudligini anglash kerak. Ushbu qoʻllanma boʻyicha kitobxonlarning fikrlarini va takliflarini kutib qolamiz.
Download 15.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling