Mavzu: maxsus fanlarini o’qitish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning reyting tizimi reja


Sillabus va uni o`quv jarayonini tashkil etish va boshqarishdagi ahamiyati


Download 31.37 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi31.37 Kb.
#1600099
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-mavzu

Sillabus va uni o`quv jarayonini tashkil etish va boshqarishdagi ahamiyati.
Sillabus - bu o‘quv-uslubiy ob’ektning bir ta’rifi bo‘lib, fanning maqsad va vazifalari, qisqacha har bir boblarning mavzusi va davomiyligi, mustaqil ish, maslahatlar, o‘qituvchi talablari, baholash mezonlarining vazifasi, hamda asosiy va qo‘shimcha bir ro‘yxat jamlamasidir.
Talabalarni mustaqil ishini tashkil qilish va o‘z ustida uzluksiz ishlashi, izlanishini ta'minlashda jahon tajribasida «Sillabus» muhim o‘rin tutadi.
Sillabus bu o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasidagi shartnomadir.
Sillabusda ko’rsatilishi shart bo’lgan komponentlar:

  • O‘qituvchi haqida ma'lumot (o‘qituvchining ismi, sharifi, kafedrada bo‘ladigan vaqtlari, muloqotda bo‘lish uchun boshqa axborotlar).

  • Fan haqida ma‘lumot: fanning va mutaxassislikning nomi, fanga ajratilgan soatlar, ma'ruza, amaliy(seminar) mashg‘ulot, laborotoriya ishiga ajratilgan soatlar, qaysi semestrda o‘tilishi va dars o‘tiladigan auditoriya.

  • O‘rganilayotgan fanni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar majmuasi.

  • Mazkur fanni o‘rganib bo‘lgach, talabaning bilim darajasi, ko‘nikma va xabardor sohalari doirasi.

  • O‘qitiladigan fan haqida qisqacha ma'lumot, uning maqsadi va vazifalari.

  • Ma'ruza, seminar(amaliy), mashg‘ulot mavzulari, ularga ajratilgan soatlar.

  • Mavzular bo‘yicha mustaqil ravishda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar.

  • Adabiyotlar ro‘yxati: asosiy adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar, jumladan, elektron adabiyotlar, matbuot nashrlari, internet manbalari.

  • Baholash bo‘yicha axborotlar: bilimni baholash shkalasi, mezonlari, ularni bajarishga bo‘lgan talablar(rubrikatsiya jadvaii).

  • Baholash jarayoni va siyosati. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • barcha ishlarni baholash qoidalari(maksimal ball, rag‘batlantiruvchi va shtraf ballari);

  • imtihon, yakuniy baholashning mezonlari;

  • yakuniy baholash va uni appelatsiya qilishning qoidalari;

  • darsga kechikib kelish, auditoriyada o‘zini tutish, berilgan topshiriqni muddatida bajarmaslik, imtihonda qatnashmasli k oqibatlari.

Har bir talaba yil boshidan o‘z faoliyatini sillabus asosida tashkil etadi.



Download 31.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling