Mavzu: Maxsus psixologiya fanining maqsad va vazifalari
Download 9.1 Kb.
|
Maxsus psixologiya fanining maqsad va vazifalari. 1
Xasanov Usmonbek Xudoyberdi oʻgʼli Mavzu: Maxsus psixologiya fanining maqsad va vazifalari. Reja: Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha Psixologiya fanining sohalari va boshqa fanlar bilan aloqasi Psixologiya fanining prinsiplari vatadqiqot metodlari Psixologiya – grekcha «psyche» - jon, rux va «logos» - ta’limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, inson ruxiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil qiladi. Biroq hozirgi davrda “jon” tushunchasi o‘rniga “psixika”ni qo‘llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan jon, psixika tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin psixika tushunchasi bugungi kunda jondan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib ham ko‘zga ko‘rinuvchi ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin. Psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganadi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zi o‘rganadigan alohida predmetiga, o‘zining alohida vazifalariga, o‘zining maxsus tadqiqot metodlariga egadir; uning psixologik muassasalar tarmog‘i (institutlari, labororiyalari, psixolog kadrlarni tayyorlovchi o‘quv yurtlari), ixtisoslashtirilgan kitob nashiriyotlari mavjud. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini taqazo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va harakatini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar) bilan birgalikda ochib beradi. Psixika to‘g‘risidgi dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixika mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik xodisalar deganda ichki, sub’ektiv tajriba faktlarining (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha aytganda psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, hayol kabi har bir olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zxerikish tuyg‘ulari, uning nimalarinidir esga tushirishi, biron bir hohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, xadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosi tarkibiy qismlaridir, ya’ni ularning hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi. Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati – ularning bevosita sub’ektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikqilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini anglab turamiz ham shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiyasi, pedagogik psixologiyasi, maxsus psixologiya, sport psixologiya va.x.). Psixologiya amaliy-tabdiqiy jihatdan o‘z predmetiga ega bo‘lib, amaliy-sotsial psixolog, injener psixolog, oilaviy psixoterapev, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab olgandir. Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, psixologiya fani ko‘hna tarixga ega bo‘lishga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V.Vund tomonidan 1879 yilda Leypsik (Germaniya) universitutida asos solingan. Birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina refleksiyani (lotincha reflexus – o‘zining ruhiyts holatini taxlil qilish degani) ilmiy jihatdan o‘rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi) keldi. Hozirgi zamon psixologiyasi amaliyotining turli soxalari bilan bog‘langan turli darajada tarkib topgan va g‘oyat tarmoklanib ketgan fanlar sistemasidan iboratdir. Psixologiya soxalarini klassifikasiya qilishda kuyidagilar:1) konkret faolyatning psixologik tomoni, 2) taraqqiyotning psixologik tomoni, 3) insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining psixologik tomoni asos qilib olinishi mumkin.Psixologiyaning ZOO dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligini hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustaxkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,• umumiy psixologiya - psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini va ularning o‘ziga xos jixatlarini o‘rganadigan maxsus soxasi; • pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi; • yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi tamoyillarini o‘rganadi; • ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda xosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar. e’tiqodlar hissiy kechinmalar va xulq-atvorini o‘rganadi; • mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o‘rganadi; Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha yondashish prinsiplarini quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi:Determenizm;Ong va faoliyat birligi;Taraqqiyot;Tarixiylik;Predmetlilik;Monizim;Nutq va tafakkur birligi;Faollik;Interiorizatsiya va eksteriorizatsiya;Faoliyat ichki va tashqi tuzilishi birligi;Psixikani Sistemali analiz;Aks ettirishni faoliyat tuzilmasidagi in’ikos qilinuvchi ob’ektga bog‘liqligi va hokazo. Psixologiya fanining asosiy printsiplari: determinizm printsipi, ong va faoliyat printsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsiplari ishlab chiqiladi. A) Sub’ektiv asosga nisbatan ob’ektiv asoslar birlamchiligi printsipi. Psixika material bo‘lmasa ham materiyadan ayrim holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham psixologlar psixikaning tashqi material ko‘rinishidan o‘rganadilar. B) Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi rol o‘ynashi printsipi. Psixika taraqqiyotda faoliyatning yetakchi rol uynashi printsipi inson psixikasining mehnatda yuzaga kelganligi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayrim xolda o‘rganish mumkin. V) Psixik xodisalarning o‘zaro bog‘liqlik printsipi. Psixik xodisalarning o‘zaro bog‘liqlik printsipini bizning ichkpi dunyomiz yagona bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, aniq shaxslarga xos miyaning yagona ma’suli ekanligidan kelib chiqadi. Adabiyotlar: 1. Shoumarov G.B., Mamedov K.K. Aqli zaif bolalar, jild: O'qituvchi, 1995. 2. Petrova V.G., Belyakova I.V. Aqli zaif o‘quvchilar psixologiyasi, M.: AKADEMA, 2004. 3. Mo‘minova L.R., Sh.M.Amirsaidova va boshqalar. Maxsus psixologiya. T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2013 y. Download 9.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling