Mavzu: Mebel buyumlarini pardozlash


Download 1.15 Mb.
bet2/2
Sana07.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1175976
1   2
Bog'liq
26-Mavzu

Shkaf konstruksiyasi - karkasli bo‘lib, karkasi alohida seksiyalardan tashkil topgan.
Ularni ninabargli daraxt yog‘ochlaridan (60x30 mm) tayyorlanadi. Brusoklar burama mix, tortqilar bilan birlashtirilgan. Tayanch ramkalarda o‘rtalik, yarim tortma va tokchalar uchun yo‘naltiruvchi plankalar ko‘zda tutilgan.
Seksiya karkaslari burama mixlar bilan birlashtirilgan ostki va ustki mustaqil qismlardan iborat. Seksiya karkaslari qurilish konstruksiyalari bilan burchakli tortqilar yordamida mahkamlanadi. Betonli qurilish konstruksiyalarida burama mixlar ostiga tiqin (probka) qo‘yiladi.
Seksiya karkaslarini tayyorlashda avval yon rama tayanchlari yig‘iladi. Kiraverishga joylashgan rama tayanchlari, kitob turadigan joylar va sekreter uchun bo‘limlar, faner yoki qattiq yog‘och tolali plita materiallar bilan qoplanadi. Bino devori va seksiya ichiga kirib turadigan rama tayanchlarini qoplamasa ham bo‘ladi.

Rama tayanchlariga ular yig‘ib bo‘linganidan so‘ng yarim tortma va javonlar o‘rnatish uchun yo‘naltiruvchi plankalar burama mixlar yordamida qotiriladi (94-rasm). Yig‘ilgan rama tayanchlari yuqoridagi va pastdagi gorizontal brusoklar seksiya karkasi bilan birlashtiriladi. So‘ngra seksiya karkaslari joyida montaj qilinadi. Seksiya - karkaslarining orqa devori vazifasini oldindan bo‘yalgan yoki gulqog‘ozlar yopishtirilgan xona (bino) devori bajaradi. Montaj va montaj ishlari aniq bajarilganligi tekshirib ko‘rilganidan so‘ng karkaslar burama mix yordamida tutashtiriladi va qurilish konstruksiyalariga mahkamlanadi. Karkas seksiyalari, qurilish konstruksiyalari va seksiyalar orasidagi gorizontal choklar tirqish bekitgich (nashelnik) 5 bilan bekitiladi, karkasga shpilkalar (ikki uchi rezbali detal) bilan qotiriladi. Javonlar faner, yog‘och qirindili plitalar yoki yaxlit yog‘ochdan yasaladi. Fanerli javonlar yo‘naltiruvchi plankalarga burama mix bilan qotiriladi, bu bilan javonni yuk (nagruzka) ostida egilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shkaf eshiklari rama konstruksiyasida flyonkali bo‘lib, choraktalik profilli o‘yiqqa o‘rnatiladi. Eshiklar to‘rt sharnirli oshiq-moshiqqa osiladi. Sekreterning yog‘och-qirindili plitadan yasalgan qaytarma eshigi sirt tomonidan ustama raskladka bilan bezatiladi.











94-rasm. Shkaf seksiyalarini yig‘ish.
Bolalar xonasiga o‘rnatiladigan shkaflar fuknsional bo‘limlarini shunday loyihalash kerakki, bolalar ulg‘ayganidan keyin ularni osonlikcha o‘zgartirish mumkin bo‘lsin.
Shkafning eng ko‘p foydalaniladigan o‘rta qismida qaytarma devorli sekreter bo‘lib, u tirnalishlarga mustahkam bo‘lgan listli materiallar bilan qoplanadi (masalan, linoleum, «Alkor» plyonkasi).
Seksiyalar pol sathidan har xil balandlikda, bola yoshiga qarab o‘rnatilishi mumkin. Buning uchun shkaf yon devorlarida bir-biridan 50 mm oraliqda teshiklar parmalangan bo‘ladi, sekreter seksiyalarining yon devorlarida ham ikkita teshik bir-biridan 50 mm masofada ochilgan bo‘ladi.



95-rasm. Shkafga eshiklar va tortma qopqoqlarini o‘rnatish.

Teshiklar sekreter seksiyalarini mahkamlash va balandlik bo‘yicha ko‘chirib o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Buning uchun standart vint yoki mebel tortqilaridan foydalaniladi.


Devor-shkafning pastki qismida o‘yinchoqlar uchun tortma bo‘ladi. Bolalar xonasini o‘quvchilar xonasiga aylantirish, ya’ni qayta jihozlash uchun tortmalarning bir qismi olib tashlanadi, qolgan qismi esa o‘quv-yozuv anjomlarini saqlash uchun ishlatiladi. Tortmalardan bo‘shagan o‘rinlarga eshiklar o‘rnatiladi
Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling