Mavzu: Media va axborot savodxonligi –raqamlashuv davrining asosiy talabi
Download 16.26 Kb.
|
infor mustaqil ish
Mavzu:Media va axborot savodxonligi –raqamlashuv davrining asosiy talabi Media va axborot savodxonligi – bu ijodiy faoliyatida barcha zarur vostalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlaridan samarali olish, tahlil qilish tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish,yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko`nikma, munosabat, malakal va amaliyotlar majmuidir. Bugungi kunda dunyo ommaviy axborot vostalarida axborotni tanlash va to`g`ri baholash qobilyati dolzarb bo`lib qolmoqda. Media savodxonligi, media ta`limi, media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko`rsatish – bu kalit so`zlarning barcasi ikki kunlik seminar trennig mohiyatini aks ettiradi. “O`zbekiston ta`lim tizimiga media savodxonlik nima va ini maktabda qnday o`qitiish kerak?” mavzusidagi ushbu seminar trennig O`zbekiston Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi, DW Akademiyasi va Germaniya tomoni hamkorligida tashkil etildi. Trennig jarayonida ishtirokchilar o`z tajrbalari bilan fikr almashib, “Adolat tili”, content, Vebler sxemasi kabi yangiliklarga, turli ma`lumot, usul va metodikalarga ega bo`lishdi. Xo`sh media savodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? Axborot oqimining bir necha barobar tezlanishi, ijobiy ma`lumotlar bilan zaruratini qo`yadi. An`anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning aabiy sarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishdan iborat bo`lgan. Media savodxon inson o`ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar nima uchun zarur? Degan savolni bera olish va to`g`ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidy yondashishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko`rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko`rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axbortni qabuul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak. Bugungi axboriy muhitni tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xo`sh, media savodxonlik nima uchun kerak? -Huquqiy demokratik jamiyatimizning to`laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun- mohiyatini tushumish; -OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko`nikmalarini shakllantirish; -insonning visual obrazlar ta`siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o`zgartirishlarni tahlil eta olish va visual xabarlar ostida beriladigan ko`rinmas ma1lumotlarni “o`qiy olish”; -OAV orqali beriladian matn kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish; Axborot qayerdan, kim tomonidan v anima maqsadlarda uzatilyapti, kimning manfaatlarini o`zida aks ettirayapti, degan savollarga javob topa olish zarurdir. Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo`lib, AQSHning Jamiyat xususida xalqaro ensklopediyasida qayd etilishicha, “Media savodxonlik-inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas`uliyatini his qilgan holda faol savodli bo`lishi, media matnlarniqabul qila oloshi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy median ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir”. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko`nikmalarini shakllantirish bo`lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste`mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchuni anglagan holda undan chegaralanishdir. SHuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik juranlistik rolini tushunishga yordam berishidir. Fikrimizcha, media savodxonlik media ta`limining uzviy bog`liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko`rinishlari ko`paymoqda. Bugungi kunda medianing tahlil etilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya`ni media savodxonlik, media ta`lim, median o`rganish va boshqalar bir biri bilan bog`liq bo`lsada, media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil etish, baholashda media savodxonlik tushunchasi bilan birgalikda media ta`lim, median o`rganish, media madaniyat tushunchalari ham qo`llanilyapti. Masalan:Media ta`lim -media o`quv dasturida integrallashgan, fanlar asosida o`rganilishi; -“mediamavzu”ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishi; -uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o`rganishni; -media agentliklarini, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o`rganilishni; -talabaning OAV bilan ishlashini; -medianing til va san`at orqali auditoryaga ta`sirini o`rganadi. -mediani nazariy jihatdan o`rganishni; -mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishni; -uning konseptual tarkibini; -media matnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini; -ommaviy kommunikatsiyasi, kino san`ati va madaniyatshunoslik fanlarining o`zaro bog`liqligini; -OAVning ta`sirini o`rganadi. Media savodxonlik median o`rganish bo`lib, media ta`limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o`z oldiga: -medianing shaxs va jamiyatga ta`sirini tushunish; -ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash; Media matnlani tushunish va ularni tahlil etish; -media matnlarnii yaratish va ularni tahlil etish; -media matnlarni baholashga va ularni saralash vazifalrini qo`yadi. Bugungi kunda media, ya`ni ommaviy axborot vostalari, kino, teatr,san`tining turlari, madaniyat sarchashmalri, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma`lumot insongagina o`zining ma`lum bir ta`sirini o`tkazib, uning dunyoqarashini o`zgartirish sabab bo`lmoqda. Yuqorida,media tanqid va median o`rganishga bo`lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagn holda uni baholay olishdir. Ayni paytda media ta`lim asoslarini har bir ta`lim muassasiga o`quv dasturiga kiritish,o`quvchilar yoshlarga maktablarda ta`lim jaroyonida uning asoslarini interaktiv, turli o`yinlar shaklida tushuntirish, o`sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimidan zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Asosiy xulosa shuki, biz hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni media savodxonlik muammolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunday qiyin sharoitda o`zini tutish qoidalari va o`z-o`zini himoya eta olishini o`rgatish juda muhimdir. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi:Abdurasulov Jahongir Informatika fanidan mustaqil ishi. Download 16.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling