Mavzu: mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish
-rasm. Naflik funksiyasini maksimallashtirish
Download 84.36 Kb. Pdf ko'rish
|
MEHNAT
10.6-rasm. Naflik funksiyasini maksimallashtirish Rasmdan ko‘rish mumkinki, masalaning yechimi muvozanat nuqta E orqali aniqlanishi mumkin. Naflik funksiyasining befarqlik chizig‘i U 2 byudjet chizig‘ini E nuqtada kesib o‘tadi. Optimal yechimga ko‘ra, dam olish vaqti t e soatga teng, ish vaqti T e =24-t e . Ishchining bir soatlik ish haqi W so‘mga teng bo‘lsa, uning umumiy daromadi quyidagicha topiladi: R t =W(24-t e ). (8) U holda byudjet chizig‘i yotiqligi ish haqiga teng bo‘ladi. R t tge= ----------- =W (9) 24-t e Ishchi naflik funksiyasini maksimallashtiradi, agar bo‘sh vaqt bilan daromadni chekli almashtirish normasi ish haqi ga teng bo‘lsa, . 10.2. Ish haqi o‘sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o‘rtasidagi nisbatga ta’siri Odatda ish haqi oshganda, ko‘pchilik ko‘proq ishlab, ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo‘sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma’naviy o‘sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o‘sishi o‘z chegarasiga Daromad, so’m M R E U 3 E 2 U 2 U 1 Umumiy vaqt, soat-kun N 0 24 t E ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko‘proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar. Ish vaqti ma’lum vaqtgacha o‘sgandan keyingi ish haqining o‘sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o‘rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo‘ladi. O‘rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi ko‘p daromad olganda, u ko‘proq ne’matlarni sotib oladi, ushbu ne’matlardan biri, yaxshi dam olishdir. Agar ishchi dam olishga ko‘proq mablag‘ sarflasa, daromad samarasi (daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta bo‘lganda, ishchi ish vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizig‘i pastga yotiq bo‘ladi. Quyidagi rasmda (10.7-rasm) ish haqi o‘sishining uch bosqichi ko‘rsatilgan. Download 84.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling