Mavzu: Mehnat bozorini tartibga solishning xududiy usullari Reja
Download 23.09 Kb.
|
Mehnat bozorini tartibga solishning xududiy usullari
Мехнат бозори объектлари
-Ишчи кучи -Иш уринлари Мехнат бозори субъектлари -Ишчи кучи эгалари, ёлланма ходимлар -Иш берувчилар ва уларнинг уюшмалари -Тадбиркорлар уюшмалари -Давлат ва унинг мехнат муносабатларини тартибга солувчи муассасалри Mehnat (ishchi kuchi) bozori quyidagi vazifalarni bajaradi - ishchi kuchini zamonaviy ehtiyojlarga asosan takror ishlab chiqarishni ta’minlashga ko’maklashish; - ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar o’rtasida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlash; - ishchi kuchining mobilligi, ya’ni harakatchanligini faollashtirish; - mehnat unumdorligini o’stirishga rag’batlantirish; - mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta’minlanishi orqali aholi daromadlari va turmush darajasini o’stirish Mehnat bozori boshqa tovarlar bozoridan yuqorida bayon qilingan xususiyatlari va amal qilish mexanizmi komponentlaridan tashqari yana quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: Birinchidan, mehnat bozoridagi ishchi kuchini sotuvchisi bilan uning xaridori o’rtasidagi o’zaro munosabatlar uzoq muddat davom etadi. Tovar bozorlarida sotuvchi va xaridor o’rtasidagi munosabat, asosan, qisqa muddat ichida sodir bo’ladi. Ikkinchidan, mehnat bozorida pulsiz omillar katta rol o’ynaydi. Bu omillar qatoriga ishning murakkabligi va sertalabligi, mehnat sharoiti, uning inson salomatligi uchun xavfsizligi, ish bilan bandlik va kasbiy o’sishning kafolatlanganligi, jamoadagi ma’naviy muhit va boshqalar kiradi. Uchinchidan, mehnat bozoriga turli institusional tuzilmalar ta’siri kuchlidir. Kasaba uyushmalari, mehnat qonunchiligi, davlatning bandlik siyosati va kasb-hunar ta’limi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimi, tadbirkorlar uyushmalari va boshqa institusional tuzilmalar mehnat bozoriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.Mehnatbozori o’zining turli segmentlariga ega bo’ladi.Ular o’z ichiga eng yuqori alakali mutaxassislar, malakali kadrlar va boshqa ishchi-xodimlar bozorlarini oladi Mehnat bozori amal qilish mexanizmining muhim komponentlariga quyidagilar kiradi: - ishchi kuchiga talab. U mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojning umumiy hajmini ifodalaydi; - ishchi kuchi (mehnat) taklifi, ishlashni istayotgan ishchi kuchining umumiy miqdori. Ishchi kuchi jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasb-kori, malakasi nuqtai nazardan turli tarkibda namoyon bo’ladi; - ishchi kuchi bahosi ishchi va xodimlarning ish haqida ifodalanadi, ish haqi tovar qiymatining puldagi ifodasi, bozor bahosidir. - ishchi kuchi qiymati. Ishchi kuchi qiymati uni takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne’matlar, xizmatlar qiymati bilan belgilanadi; - raqobat. Raqobat ish beruvchilar o’rtasida yuqori malakali ishchi kuchini jalb etish uchun olib borilsa, yollanma xodimlar o’rtasida yuqori haq to’lanadigan ish o’rinlari uchun raqobat kurashi yuz beradi Download 23.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling