Mavzu: mehnat resurslari tarkibi va ularning dinamikasi tahlili


Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish borasidagi islohotlar


Download 40.64 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi40.64 Kb.
#1561193
1   2   3   4
Bog'liq
MEHNAT RESURSLARI TARKIBI VA ULARNING DINAMIKASI TAHLILI

Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish borasidagi islohotlar. Mamlakatimizda aholining 60 % ga yaqinini mehnat resurslari tashkil etadi. Mehnat resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo’lib, mehnat jarayonida moddiy ne’mat va xizmatlarni yaratadi. Mehnat resurslari tarkibiga kiritilgan, ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa mehnat zaxirasini tashkil etadi. Chunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi tarkibiga qo’shilishi mumkin. Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida aholi va mehnat resurslari soni muntazam ko’payib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, “o’zbek modeli” ning tadrijiy taraqqiyot kontseptsiyasini amalga oshirishda iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo’lishi, demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich joriy qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini tan olish va o’tish davrida uning ta’sirini oshirish, mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish kabi tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston taxminan mehnat resurslarining holatiga ko’ra 3 ta hududiy birlikka
ajratiladi:
-Farg’ona vodiysi, Samarqand viloyati, Xorazm viloyati. Bu erda ortiqcha mehnat resurslari mavjud, ish o’rinlari kam.
-Mirzacho’l, Buxoro Navoiy hududi. Bu erda ishchi kuchi kam, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun esa tabiiy resurs omili etarli.
-Toshkent hududi. Bu erda ishchi kuchi ham, ish o’rinlari ham ko’p.
Hech kimga sir emas, mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlari, avvalo, demografik jihatlariga ko’ra, aholi bandligi masalalari o’zining dolzarbligi va o’tkirligini saqlab qolmoqda, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi.
Demografik jarayonlar va mehnat resurslarining shakllanishi
Mehnat resurslari soni va sifati mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. 2020 yilda O’zbekistonda mehnat resurslari jami aholining 59,5 foizini tashkil etdi. 2000 yildan keyingi davrda mehnat resurslari soni yiliga taxminan o’rtacha 400 ming kishiga ortib bormoqda. O’tgan yillarda O’zbekistonliklarning o’rtacha umri 67 yoshdan 73 yoshga uzaydi. Ayollar – munis onalarimizning umri 75 yoshdan oshdi, davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil, o’z navbatida, uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Respublika aholisining soni 2020 yilda 34,4 mln. kishini tashkil etdi. Hozirgi kunda mamlakat aholisining o’sishi–yiliga taxminan o’rtacha 1,8 % ga teng.
O’zbekiston aholisining yosh tarkibi taxminan:
1. 0-15 yoshlilar 30,3 %;
2. 16-60 yoshli erkaklar, 16-55 yoshli ayollar 59,5 %;
3. 60 yoshdan katta erkaklar, 55 yosh va undan katta ayollar 10,2 % tashkil qiladi.
O’zbekistonda aholining taxminan 30,3 foizini 15 yoshgacha bo’lganlar tashkil qiladi. 2018 yilda aholining tabiiy o’sishi har 1000 kishiga 18,6 kishini tashkil qildi. 2020 yilning boshida qishloq joylarda 16,8 mln. kishi yoki mamlakat aholisining 49,4 foizi yashadi. Qishloq aholisining umumiy tarkibida taxminan 8,8 mln. kishi yoki 54,08 foiz aholi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan yoshda. Shundan 5,5 million kishi (70,5 foizi) ish bilan band. Statistik ma’lumotlarda qayd etilishicha, taxminan band aholining 30,9 foizi qishloq xo’jaligiga to’g’ri keladi. Aholi to’g’risidagi bu ma’lumotlar uning respublika qishloq xo’jaligi uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini belgilab beradi.
Shuningdek, mehnat resurslari bandligi borasida ayrim hududiy nomutonosibliklar ham mavjud. Bu nomutonosibliklar qishloq xo’jaligida yangi xo’jalik yuritish shakllarining rivojlanishi bilan o’z echimini topadi. Qishloq joylarda mehnat bazalarining asosiy muammosi–ish o’rinlarining talab darajasidan pastligidir. Bu uzoq davrlar davomida qishloq xo’jaligining barcha sohalari etarli darajada rivojlanmaganligi sababli paydo bo’lgan.
Bunday nomofiqliklar ishsizlik, ishlashni xohlaydigan, lekin turli sabablarga ko’ra bandlik xizmatlarida ro’yxatga olinmagan mehnatga layoqatli yoshdagi aholi to’planganligi bilan bog’langan.
Qishloq joylarda mehnatni qo’llash sohalarining kamligi tufayli ish kuchiga bo’lgan talabning pastligi amalda respublikaning barcha mintaqalariga xos xususiyat bo’lib, ishchi kuchlarining qo’shni davlat Qozog’iston va Rossiyaga yashirin migratsiyasi ham shu xususiyatlarga bog’liq bo’lmoqda.
Ma’lumki, Sobiq Ittifoq parchalanib, uning o’rnida paydo bo’lgan mustaqil suveren davlatlarda 25 million rus millatiga mansub aholi bor edi, hozirgacha ularning ko’pchiligi Rossiyaga ko’chib o’tdi. Rossiya hozirgi kunda MDH davlatlari orasida ishchi migrantlari oqimi qaratilgan davlat bo’lib qolmoqda va kelajakda ham shunday bo’ladi. Mualliflarning fikricha, bunga quyidagi omillar sabab bo’lmoqda:
-birinchidan, Rossiyadagi demografik vaziyat, masalan, 2003 yil Rossiyada tug’ilish koeffitsienti har ming kishiga 9,0 ‰, o’lim esa 15,0 ‰ ni, tabiiy ko’payish manfiy 6,0 ‰ ni tashkil etgan;
-ikkinchidan, Rossiyaning bepoyon hududidagi tabiiy resurslarning o’zlashtirilishi;
-uchinchidan, MDH davlatlaridagi aholining ko’pchiligi rus tilida gaplasha bilishidir.
Rossiya uchun hozir ham, kelajakda ham Markaziy Osiyo respublikalari asosiy ishchi kuchi bilan ta’minlaydigan mamlakatlar bo’lib qoladi, chunki ushbu respublikalarda hali ham tug’ilish darajasi ancha yuqori.
O’zbekiston Markaziy Osiyoda tabiiy o’sishning yuqoriligiga ko’ra, boshqa mamlakatlardan farq qiladi. 2018 yilda noqonuniy migrantlar soni Rossiyada–1,3-1,5 mln. kishini, Qozog’istonda 200 ming kishini, O’zbekistonda 30 ming kishini tashkil etgan. Shu o’rinda, O’zbekistondan Rossiyaga borib ishlab yashirin migratsiyani hosil qilayotganlar soni 231 ming kishini tashkil etadi. MDH davlatlari o’rtasida sodir bo’layotgan migratsiya tebranma (mayatniksimon migratsiya) xususiyatiga ega.
Markaziy Osiyo davlatlaridan MDHning boshqa hududlari jumladan, Rossiya, Ukrainaga ishlash uchun ketayotganlar orasida vrachlar va boshqa yuqori ixtisoslashgan mehnat resurslarining ketishi o’z mustaqilligi uchun kurashayotgan va ayni paytda shu kabi mutaxassislarni tayyorlashda katta mehnat sarflayotgan bu davlatlar uchun salbiy yo’qotish hisoblanadi.
Ayrim statistik prognozlarga ko’ra, 2030 yilga borib, Rossiyada 11 mln., Qozog’istonda 6 mln. mehnat resursiga ehtiyoj ortadi. Shu bois, MDH mamlakatlari migratsiya xizmatlarini amalga oshiruvchi muassasalari sodir bo’layotgan noqonuniy migratsiyaga chek qo’yishlari uchun hamkorlik doirasini kengaytirishlari lozim bo’ladi.
Bizga ma’lumki, 200 ota-onaga 265 tug’ilish aholining qayta barpo bo’lishini 100 % ta’minlaydi. Biroq, ko’payishiga olib kelmaydi. Bugungi kunda aholisi o’sishdan kamayishga o’zgarayotgan Rossiya uchun 1,20 koeffitsienti lozim bo’ladi. Bu har 100 samarali oila uchun 320 tug’ilishning ta’minlanishi demakdir.
Ko’p sonli egizaklarning tug’ilishi dunyo miqyosida ko’p qayd etilgan. Ko’pgina holatda bunday egizaklar yashab ketishi qiyin bo’lgan va o’lim bilan yakun topgan. Beshtadan egizaklarning tug’ilishi bir necha 10 marta yuz bergan. Shundan 15 holatda ular yashab ketishgan. Masalan, 1934 yilda Kanadada, 1943 yilda Argentinada, 1971 yilda Polshada bu kabi bolalar tug’ilishi ijobiy yakun topgan.
X.Zayonchkovskayaning fikriga ko’ra, Rossiya tabiiy o’sishdagi tendentsiyaga ko’ra, immigrantlarga doimo ehtiyojda bo’ladi. Uning fikriga ko’ra, faqatgina mamlakat iqtisodiyoti krizisdan chiqmagandagina immigrantlarga ehtiyoj sezilmaydi. Rossiya iqtisodiyotining rivojlanishi barqarorlashgan sayin immigrantlarga ehtiyoji ortib boradi.
XIX-XX asrda AQSh immigratsiya davlati bo’lganligi singari XXI asrda Rossiya dunyoda immigratsiya mamlakatiga aylanadi. 2018 yilda Rossiya aholisining barqaror o’sishi va migratsiya oqimining yuqori bo’lishiga qaramay ishsizlik yoki ishga joylashishda muammolar yuz berdi. Bu mehnat yoshidagi aholining kasb egallash salohiyati bilan bog’liq bo’ldi. Ishlab chiqarish quvvati 1990 yillar darajasiga etmasada, hozirda mehnat resurslarining etishmasligi mamlakat iqtisodiyotini turg’unlashtirmoqda. Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2025 yilda sanoatda mehnat resurslarining 1G’4 qismi to’lmay qoldi.
Rossiya XXI asr o’rtalariga qadar hozirgi aholi ko’rsatkichlarini saqlab qolish uchun, u 50 yil davomida 35-70 mln. immigrant qabul qilishi lozim.
Shundagina aholining qayta barpo bo’lishi 700 ming kishiga o’sadi. Joriy 5 yillikdan 2025 yilga qadar 1200 kishiga ortadi. 1990 yillarda Rossiya ko’chib keluvchilar oqimi yuqori bo’lgan davrda ham aholi ko’rsatkichlaridagi tabiiy yo’qotishni qoplay olmadi.
1989 yillarga nisbatan aholining qayta barpo bo’lishini taqqoslaganda, agar immigratsiya oqimi yuqori bo’lmaganda edi, hozirda Rossiya aholisi 7,4 mln. kishiga yoki 5 foizga qisqarishi mumkin edi. Aholining qayta barpo bo’lishi migratsiya hisobiga 1G’4 tabiiy yo’qotishni qopladi. Shu bois, Rossiya aholisi atigi 18 mln. kishiga yoki 1,25% ga qisqardi.
1991-2018 yillar davomida dunyo miqyosida migratsiya intensivligi yuqori bo’ldi. Bu davr davomida AQSh 924 ming, Germaniya 865 ming, Rossiya 781 ming immigrant qabul qildi. 1989-2018 yillardagi statistik tahlillarga ko’ra, Rossiya aholisi migratsiya hisobiga 5560 ming kishiga o’sdi va aholining migratsiya hisobiga o’sishi esa, yiliga 400 ming kishini tashkil etadi, bu 1980 yillarga nisbatan ikki hissa yuqoridir.
1990 yillarda Rossiya aholisining migratsion o’sishi asosan Qozog’iston bilan bog’liq bo’ldi. Keyingi o’rinni Markaziy Osiyo mamlakatlari egallagani holda, ularning ulushi 1G’3 qismini tashkil etdi. Keyingi o’rinlarda Kavkaz orti mamlakatlari (20 foiz atrofida), Boltiq bo’yi davlatlari (5 foiz) hamda Ukraina, Moldaviya (9 foiz). Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan ko’chib kelgan migrantlarning aksariyat qismini ruslar tashkil etgani holda ularning ulushi 1992 yillarga qadar 60 foizdan kam bo’lmagan. Migrantlarning 10 foizdan yuqorisi boshqa etnik guruhlar hisobiga to’g’ri keldi.
Hozirgi davrda sobiq Ittifoq respublikalaridagi 1989 yilga qadar yashagan 25,3 mln. etnik ruslardan 3,3 mln. kishi Rossiyaga ko’chib o’tgan. Qirg’iziston, Turkmaniston, O’zbekistondan kelgan migrantlarning umumiy soni 1,5 mln. kishini tashkil etgani holda, bu shu mamlakatlarda yashayotgan 2 mln. ruslarni qisman o’rnini bosadi.
Immigrantlar sonini har ming kishiga hisoblaganda Rossiya hisobiga 5,4 kishi tashkil etgan holda, Germaniya (10,6)dan keyingi o’rinda va faqat AQSh (3,5) Rossiyadan keyingi o’rinda turadi. Shu yillar davomida Qozog’iston hududidagi 20 foiz ruslar ko’chib ketishgan. Bu davrdagi Qozog’istondan Rossiyaga ko’chib ketuvchilar soni Qozog’istondagi iqtisodiy ahvol bilan bog’liq bo’ldi. 1994 yil Qozog’istondan ruslarning 20 foizi ko’chib ketishga tayyor edi.
1997 yil 1G’3 qism ruslar ko’chib ketishni xohlashgan, keyinchalik ko’chib ketuvchilar soni qisqara borgan. 1994-2018 yillar davomida Rossiyadagi migratsiya saldosi 810 ming kishini tashkil etgani holda, bu ko’chib keluvchilarning 1G’4 qismini tashkil etadi va shundan 39 foizi ukrainlar, 45 foizi kavkazliklar va Markaziy Osiyo etnik guruhlaridan kelishgan. 1994 yilda Rossiya aholisining migratsion o’sishi 810 ming kishiga etdi. Keyinchalik 2018 yilga kelib, 72 ming kishigacha pasaydi.
Hozir Rossiyada Yaqin va Uzoq xorijdan kelgan immigrantlardan tashqari, taxminan 145 mln. kishi yashaydi. Migratsiya o’zgarishlari aholi sonida tebranma ko’rsatkich hosil etadi Shuning uchun erkaklar 47 foizni, ayollar esa 53 foizni tashkil etadi. Agar mamlakatning barcha aholisini ikki guruhga bo’lganda, o’rta yosh 35 yoshni tashkil etadi va 35 yoshdan yoshroq aholi tarkibida erkaklar va ayollar soni deyarli tenglashadi. 2018 yilda 35 yoshgacha bo’lgan erkaklar 34,5 mln., ayollar 33,4 mln. kishini tashkil etgan.
Yaqin 5 yil, 10 yil va 15 yil ichidagi Rossiya aholisining o’zgarish prognozi Davlat statistika qo’mitasi ikkita variantni e’lon qilgan. Bu o’rtacha variant (prognoz A.E.Surinov) 134 mln., fojeali prognoz 125 mln. N.M. Rimashevskiy prognozi bo’yicha 2015 yilda aholi 132-134 mln. kishi bo’lishi ta’kidlanadi. 2011 yil ma’lumotiga ko’ra Rossiya aholisi-142294824 kishi.
Hozirda malakali ishchilar uchun ish o’rinlari va to’lovlarning pasayishi o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Dunyo bo’yicha davom etayotgan tendensiyaga ko’ra, yuqori to’lovli ish o’rinlarining qisqarishi kuzatilmoqda. Bu davrda malakali ishchilar bir vaqtning o’zida o’zi va oilasini ta’minlash uchun bir necha o’rta va kam to’lovli ishlarda ishlashiga to’g’ri keladi.
Bu qatlamga kiruvchi intilegentlar va xizmatchilar yanada murakkab vaziyatlarda qolishadi. Asosan ta’lim sektorida xizmat qiluvchilar, o’qish yoshidagi aholi qatlamining kamayishi hisobiga 10 minglab tarbiyachi o’qituvchilar ish o’rinlarini yo’qotadi. Demografik jarayonlar ham tabiat qonunlari singari murakkab tuzilishga ega. Demografik siyosat qanday bo’lishiga qaramay, u doimo o’zining o’ziga xos xususiyatlarini namoyon qilib turadi. G’arbiy Evropadagi singari Rossiya aholisida ham 65 yoshdan oshganlar yaqin kelajakda jami aholining 1G’5 qismini tashkil etadi.
XX asr boshlarida 20 yillardan boshlab, Qozog’istonning asosan shimoliy qismida quloq qilinganlar, keyinchalik koreyslar, polyaklar, nemislar o’rnasha boshlashdi. 1950-yillarga kelib esa bir necha yuz minglab, aslida qishloq xo’jaligi hashari uchun kelib, keyinchalik o’rnashib qolganlar hisobiga aholi soni orta bordi. Natijada 1926 va 1939 yillar davomida chetdan kelgan aholi 2,8 mln.dan 3,8 mln. kishigacha o’sdi. Shu davrda tub qozoqlar soni 3,7 mln. dan 2,3 mln. gacha yoki 38% ga qisqardi. Bu natijaga sobiq Sovet hukumati sun’iy ocharchilikni tashkil etish hisobiga erishdi. 1927-1938 va 1939-1958 yillardagi aholi ro’yxatida Qirg’izistonda yashovchi o’zbeklar ulushi 20 % dan yuqori bo’lgan. Ayniqsa, Farg’ona vodiysi chegarasidagi O’sh viloyatida asosan o’zbeklar ulushi sezilarli darajada yuqori bo’lgan. Bu davrda Qozog’iston va O’zbekiston respublikalari poytaxtlarida tub aholi shunga muvofiq ravishda 40,3 % va 16,3 % rus millatiga mansub aholi 33,8 % va 65,3 % ni tashkil etgan.
1959 yildagi o’tkazilgan aholi ro’yxatiga ko’ra, Qozog’iston mintaqasidagi eng ko’p millatli respublikaga aylandi. Bu davrda tub aholi, ya’ni qozoqlar respublika aholisining 30%ini tashkil etdi. Bu davrda respublikada ruslarning ulushi biroz kamaydi va jami aholining 42,7 % ini tashkil qildi va boshqa millat vakillari ulushi 27,3 % ni tashkil etdi. 1970-1979 yillardagi davr oralig’ida ham shu holat deyarli saqlanib qolgan. Bu davrda ruslarning respublikadagi ulushi 40,8 % ga tushgan. Boshqa omillar ta’sirida qolgan millatlar ulushi ham 23,2% ga qisqargan.
Bu davrlar mobaynida Qirg’izistondagi aholining etnik tarkibi dinamikasini baholaganda ham shunday holat kuzatiladi. Bu respublikaga albatta quloq qilinganlar jo’natilmagan bo’lsada, Markaziy Osiyo xalqlari (o’zbeklar, qozoqlar, tojiklar, uyg’urlar, dunganlar) ning ulushi yuqori bo’ldi. Bu davrda ruslarning ulushida ham birmuncha o’sish yuz berdi. Rus millatiga mansub mehnat resurslari rejalashtirilgan iqtisodiy davrdagi ko’chirilishi oqibatida respublikaning tub aholisini milliy ozchilik darajasiga tushirib qo’ydi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N va boshqalar. “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”. Toshkent: “O’qituvchi”-2001 yil, 66-80, 341-343 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H., Holmo’minov Sh.R. “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” Toshkent-2004 yil, 33-41 va 67-75 betlar.
3.Dodoboev Yu.T., Xudoyberdiev A. “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyai”. Farg’ona-2001, 45-64 betlar.
4.O’zbekiston Respublikasi Entsiklopediyasi Toshkent: “Sharq”-1997 yil, 328-329 betlar.
Download 40.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling