Mavzu: Mehnat unumdorligi. Reja: 1


Download 36.98 Kb.
bet3/6
Sana07.03.2023
Hajmi36.98 Kb.
#1244461
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu

Mehnat unumdorligi – xodim tomonidan vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini aks ettiradigan mehnat samaradorligining ko’rsatkichidir. Uning teskari miqdoriy ko’rsatkichi – mehnat sig’imi bo’lib, u mahsulot birligiga sarflangan vaqt miqdorini ko’rsatadi.
Mehnat unumdorligining iqtisodiy mohiyatini tahlil etishda mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) uchun saflanadigan mehnat bevosita mehnat faoliyatini amalga oshirish paytida sarflanayotgan jonli mehnat hamda moddiylashtirilgan mehnatdan, ya’ni avval yaratilgan, hozir ishlab chiqarishda foydalanilayotgan mehnatdan iborat eaknligini yodda tutish lozim.
Jonli mehnatning funksiyasi faqat yangi qiymatni yaratishdan iborat bo’libgina qolmasdan, shuningdek ishlab chiqarishning ashyoviy unsurlarida moddiylashtirilgan ish vaqtini yangidan yaratilayotgan mahsulotga o’tkazishdan ham iboratdir.Shuning uchun jonli mehnatning unumdorliksalohiyati yangi iste’mol qiymatini yaratishga qodirligida o’z ifodasini topadi. Mehnat unumdorligini oshirishning umumiy tendensiyasi shundan iboratki, mahsulotda jonli mehnatning ulushi kamaygan holda moddiylashtirilgan mehnatning (xomashyo, materiallarning) ulushi ortib boradi. Ammo bunda mahsulot birligiga sarflangan mehnatning umumiy miqdori kamayadi. Ana shu mehnat unumdorligini oshirishning asosiy mohiyatidir.
Mehnat unumdorligining indikatorlarini aniqlashga turlicha yondashuvlar bor. Amaliyotda bu indikatorlarni tanlash, birinchidan, u yoki bu ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligining darajasiga, ikkinchidan, mehnat unumdorligini aniqlash bo’yicha korxonaning iqtisodiy xizmati oldiga qo’yilgan vazifaga bog’liqdir.
Mehnat unumdorligini o’lchash darajasi bo’yicha bir turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan shaxsiy ish joylarini (brigada, uchastkalar) ajratib ko’rsatish mumkin. Mazkur holatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va mehnat unumdorligini aniqlashning natura usulini (dona, tonna, kub metr va hokazolar) qo’llash maqsadga muvofiqdir. Lekin, odatda, faqat bir xil mahsulotlar ishlab chiqariladigan ish joylari kam uchraydi. Shu sababli amaliyotda shartli-natura usulidan foydalaniladi.
Korxonadagi ish joylari, brigadalar va uchastkalar turli va o’zgarib turadigan mahsulotlar ishlab chiqariladigan bo’lsa, mehnat usulini qo’llash lozim bo’ladi. Bunda mahsulot yoki ish hajmi hamda mehnat unumdorligi norma-soatlarda o’lchanadi (ish hajmi tegishli vaqt normasiga ko’paytirilib, natijalari jamlanadi).
Mehnat unumdorligini bu usulda o’lchashning qator kamchiliklari bor (normalarning zarur darajada asoslanmaganligi, ularning tez-tez qayta ko’rib chiqilishi va hokazolar)
Korxona, shuningdek iqtisodiyot tarmog’i darajasida ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligini o’lchash uchun qiymat usuli ishlatiladi. Bunda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning barcha turlari yagona pul ko’rsatkichida ifoda etiladi. Mazkur usulda hajm ko’rsatkichlari tegishli ulgurji narxlarga ko’paytiriladi. Mehnat unumdorligi ham pul hisobida ifoda qilinadi.
Mazkur usulda aniq bir sharoit uchun qo’llansa bo’ladigan ishlab chiqarish hajmlarini hisoblab chiqish ancha murakkabdir. Ma’lumki, ishlab chiqarish hajmlarini o’lchashda eng ko’p yalpi, tovar va realizatsiya qilingan mahsulot hajmi ko’rsatkichlari ishlatiladi. Lekin ulgurji narxlar bir xil bo’lganda korxona usulida hisoblab chiqilgan yalpi mahsulot tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari miqdoriga ko’ra tovar mahsulotidan, realizatsiya qilingan mahsulot esa tovar mahsulotidan (realizatsiya qilishga mo’ljalangan, lekin realizatsiya qilinmagan qoldiq miqdoriga) farq qiladi.Bundan mehnat unumdorligi darajasini yalpi mahsulot hajmiga qarab hisoblash aniqroq bo’ladi degan xulosa chiqarish mumkin.
Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat unumdorligini realizatsiya qilingan mahsulot hajmi asosida aniqlash maqsadga muvofiqdir. Chunki, tugallanmagan ishlab chiqarish va realizatsiya qilinmagan mahsulot qoldiqlarining ko’payishi iqtisodiy ahamiyatga ega emas.
Shuning uchun shartli-sof mahsulot hajmi aniqlanadi. Buning uchun yalpi mahsulot qiymatidan bevosita moddiy xarajatlar (xomashyo, butlovchi qismlar, elektr energiyasi, yonilg’i va hokazolar) olib tashlanadi. Natijada bu qiymat tarkibida ish haqi va majburiy to’lovlar, asosiy fondlarning amortizatsiyasi va foyda miqdori qoladi.
Sof mahsulot hajmi deyilganda esa yalpi mahsulot hajmidan moddiy xarajatlardan tashqari amortizatsiya qiymatini ham olib tashlash tushuniladi.
Ammo bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ham narx-navoning o’zgarishi sof mahsulot ko’rsatkichi tovar yoki yalpi mahsulotga qaraganda ham ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun normativ sof mahsulot ko’rsatkichi ishlab chiqilgan. Bu indikatorga sof mahsulot ko’rsatkichidan farqli ravishda majburiy to’lovlar bilan birga ish haqi normativi va tarmoq bo’yicha o’rtacha foyda kiritilgan.
Lekin amaliyotda bu uslubning qator nuqsonlari (mahsulot barcha turlari uchun ish haqi normativlari tizimini ishlab chiqish, ish haqi normativlari darajasini oshirishga moyillik sababli mehnat sarfining ortishi, indikatorning korxona pirovard moliyaviy natijalari bilan bog’liq emasligi va hokazolar) ayon bo’ldi. Shu sababli uni faqat tahlil maqsadlarida ishlatish o’rinli deb hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining darajasini (Mu) aniqlashda xodimlarning vaqt birligi davomida (soat, kun, hafta, oy, yil davomida) (Vb) bajarilgan ish hajmi (mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish) (Ih) ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Ya’ni mehnat unumdorligining darajasi quyidagi hosiladir:

Mu =Ih : Vb


Buning teskarisi mehnat sig’imi (Ms) darajasini anglatadi, ya’ni:


Ms =Vb : Ih


Iqtisodiy adabiyotda amaldagi, mavjud va potensial mehnat unumdorligi farqlanadi.


Amaldagi mehnat unumdorligi (Mua) bevosita muayyan mahsulot turini ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) hajmi (Imh) uchun amalda sarflangan ish vaqti (Vba) birligiga nisbatidir:

Mua = Imh : Vba


Mavjud mehnat unumdorligi (Mmu) joriy sharoitlarda (masalan, faqat mavjud resurslar va ishlab chiqarish vositalari bilan) agar mehnat jarayonida ish vaqti mutlaqo yo’qotilmagan (Vbay) taqdirda qancha mahsulot (Imhj) ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) imkoniyati borligini aniqlab beradi:


Mmu = Imhj : Vbay


Potensial mehnat unumdorligi (Mmp) joriy sharoitlarda talab qilinadigan eng kam vaqt birligida (Vbek)qancha miqdorda muayyan mahsulot (Imhj) turini ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish)imkoniyati mavjudligini ko’rsatadi:


Mmp = Imhj : Vbek


Bir xodim tomonidan bajarilgan ish miqdori mahsuldorlik bilan o’lchanadi. Mahsuldorlik ko’rsatkichi orqali bajarilgan har qanday ish (tovarlar ishlab chiqish, ularni sotish yoki xizmatlar ko’rsatish) hajmini aniqlasa bo’ladi.





Download 36.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling