Mavzu: Mehnat unumdorligi. Reja: 1
Mehnat samaradorligi va mahsuldorligi
Download 36.98 Kb.
|
6-mavzu
3. Mehnat samaradorligi va mahsuldorligi.
Inson mehnati yagona tabiatga ega va u mulkchilik shakllari, mehnat faoliyati turlaridan qat’i nazar, umumiy xarakterda bo‘ladi. Shuning uchun ham iqtisodiyot fani va xo‘jalik amaliyoti oldida doimo uch muammo turadi va ularning hal etilishi jamiyatning kengaytirilgan ishlab chiqarishini ta’minlaydi: - bo‘sh vaqt budjetini ko‘paytirish maqsadida mehnat unumdorligini oshirish orqali jonli mehnatni tejash va insonni bevosita ishlab chiqarishdan ozod qilish; - ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hisobiga iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan sarflarni kamaytirish; - ijtimoiy ishlab chiqarish unumdorligini oshirish yo‘li bilan inson ehtiyojlarini maksimal qondirish. Aytib o‘tilgan muammolarning hal etilishi darajasini hamda ularning o‘zaro aloqasini baholash uchun bir nechta iqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Iqtisodiyotda unumdorlik o‘z mohiyatiga ko‘ra uch miqdor bilan o‘lchanadi: jonli mehnat sarfi, moddiylashgan mehnat sarfi va bu sarflar tufayli ishlab chiqarilgan iste’mol qiymatining miqdori ifodalanadi. Bu miqdorlar orqali har qanday jamiyat o‘zining iqtisodiy imkoniyatlarini namoyon qiladi. Ammo aytib o‘tilgan miqdorlarning absolyut qiymatlari bo‘yicha, ayni bir vaqtda, iqtisodiy hodisaning turli holatlarini iqtisodiy jihatdan to‘liq qiyoslash mumkin emas. Shuning uchun nisbiy miqdorlarda hisoblanadigan mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi va ishlab chiqarish mahsuldorligiga ko‘rsatkichlarini alohida-alohida qo‘llash kerak bo‘ladi. Mehnat unumdorligini aniqlash masalasida hozirgi kunga qadar aniq bir fikr shakllanmagan. Bu xususda bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki nuqtai nazar mavjud: birinchisiga ko‘ra, ko‘rsatkich jonli va moddiylashgan mehnat unumdorligini, ikkinchisiga ko‘ra esa, faqat jami mehnatni aks ettirishi kerak. Birinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, har qanday mahsulotni tayyorlashda faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat ham ishtirok etadi. Demak mehnat unumdorligini aniqlashda har ikki mehnat turining sarfi hisobga olinishi kerak. Mehnat unumdorligini faqat jonli mehnat sarfidan iborat deb bilish, ularning fikricha, ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini jadallashtirishda moddiylashgan mehnatning roli va uning tejamini kamsitishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, har qanday mahsulotni ishlab chiqarishda faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat ham sarflanadi - bu isbot talab qilmaydigan aksiomadir. Ammo, bu mehnat unumdorligini aniqlashda har ikki mehnat turini hisobga olish kerak, degan noto‘g‘ri xulosa chiqariladi. Bundan keyingi xulosa “mehnat unumdorligini faqat jonli mehnat sarfidan iborat” deb bilish ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini jadallashtirishda moddiylashgan mehnat rolini kamsitishdir degan xulosa bo‘lib, bunday qarash ham ancha subyektiv hisoblanadi. Ishlab chiqarishning natijasi va mahsuldorligi. Natija – biror faoliyatining pirovard yakuni. Mahsulot – inson mehnatining natijasi sifatidagi narsa. Bu tushunchlardan ko‘pincha sinonimlar sifatida foydalaniladi. Ammo bular har xil tushunchalardir. Natija mahsulotga nisbatan umumiyroq tushuncha bo‘lib, uni tanlov natijasi deyish mumkin, ammo tanlov mahsuloti deya olmaymiz. «Natija» tushunchasida harakatning tugallanganligi, «mahsulot» tushunchasida esa inson ehtiyojini qondiradigan moddiylik ifodalanadi. Biz natija to‘g‘risida emas, ishlab chiqarilgan yoki iste’mol qilinadigan mahsulot to‘g‘risida, natija almashinuvi to‘g‘risida emas, mahsulot almashinuvi to‘g‘risida gap yuritamiz. Iqtisodiy makonda inson ehtiyojini qondiradigan mahsulot yaratiladi. Shuning uchun natijalilikni emas, balki mahsuldorlikni iqtisodiy makon parametri deb hisoblamoq kerak. Ishlab chiqarishning natijasi faqat mahsulot emas, balki boshqa oqibatlar (masalan, atrof-muhitni ifloslantirish) ham bo‘lishi mumkin, buni esa inson ehtiyojini qondiradigan mahsulot, deya olmaymiz. Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori absolyut kattalik, mahsuldorlik esa nisbiy kattalik. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ijtimoiy ehtiyoj mahsuldorlikni hisoblashning tabiiy bazasi hisoblanadi. Shuning uchun mahsuldorlikni quyidagi nisbat bilan aniqlash lozim bo‘ladi. Mahsuldorlik (M) bajarilgan ish hajmining (Ih) unga sarf qilingan vaqtga (Vb) nisbati sifatida aniqlanadi: M = Vb : Ih Mahsuldorlik turli vaqt birliklari uchun hisoblab chiqilishi mumkin. Umuman, ushbu mahsuldorlik quyidagi vaqt birliklariga nisbatan aniqlanadi: 1. Har bir soat o’rtacha mahsuldorligi. Bu ishlab chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) hajminingmehnat faoliyati amalga oshirilgan mazkur vaqt birligiga nisbatidir: Har bir soat o’rtacha mahsuldorligi = Ishlab chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) hajmi : mehnat faoliyati amalga oshirilgan soat 2. O’rtacha kunlik mahsuldorlik. Bu muayyan vaqt davomida kuninga qancha mahsulot ishlab chiqarilgani (xizmatlar ko’rsatilgani) ko’rsatkichidir. Kunlik o’rtachamahsuldorlik ishlab chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) hajmining barcha xodimlarning odam-ish kunidagi mehnat faoliyatiga nisbatidir: Har bir kun o’rtacha mahsuldorligi = Ishlab chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) hajmi : barcha xodimlarning odam-ish kunidagi mehnat faoliyati 3. O’rtacha oylik mahsuldorlik. Bu bir oy davomida ishlab chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmatlar) hajmining xodimlarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha soni nisbatidir. O’rtacha oylik mahsuldorlik = Ishlab chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) hajmi : hajmining xodimlarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha soni Bunday o’rtacha mahsuldorlikni yil choragi va yil uchun ham ishlab chiqish mumkin. Mahsuldorlik koeffitsiyenti iqtisodiy makonda ishlab chiqarish sohasi va iste’mol sohasi qarama-qarshiliklari birligini aks ettiradi. U mahsulotni jamiyat ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarish iqtisodiy ma’nosiz ekanligini bildiradi, shuning uchun mahsuldorlik koeffitsiyenti birdan katta bo‘la olmaydi. Hozirgi vaqtda mehnat faoliyatining samaradorligini oshirish eng muhim iqtisodiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Mehnat samaradorligi deganda, nima tushunilishini aniqlash bozor sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash masalalarini hal etishdagi strategiya va taktikani ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega. «Samaradorlik» tushunchasi nihoyatda keng tushunchadir, u olingan samaraning sarflarga nisbatini aks ettiradi. Iqtisodiy adabiyotlarda mehnat samaradorligi ko‘pincha mehnat unumdorligi bilan bir xil tushuniladi. Albatta, mehnat unumdorligi mehnat samaradorligining juda muhim ko‘rsatkichidir, avvalo, mehnat unumdorligi xalq xo‘jaligi darajasidan toki ish joyigacha ishlab chiqarishning barcha darajalarida uzluksiz tusda bo‘lishi mumkinligi uchun muhimdir. Lekin “mehnat samaradorligi” tushunchasi “mehnat unumdorligi” tushunchasidan kengroqdir. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan mehnat natijalari va mehnat sarflari ko‘rsatkichi jihatidan farq qiladi. Mehnat unumdorligini ta’riflashda uning natijasi mehnat mahsuli tarzida (tabiiy yoki qiymat birliklarida) ifodalanadi. “Mehnat unumdorligi” tushunchasi faqat moddiy ishlab chiqarishga taalluqlidir. Mehnat samaradorligi esa, uning moddiy ishlab chiqarish sohasidagi, ham inson mehnat faoliyatining boshqa sohalaridagi mahsuldorligini tavsiflaydi. Mehnat unumdorligini mehnat sarflari ko‘rsatkichi sifatida aniqlashda mehnat sarflari yoki moddiy ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lganlarning miqdor ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Mehnat samaradorligini aniqlashda esa uning natijalarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi sarflar bilangina emas, balki barcha mehnat sarflari (barcha mehnat resurslari sarflari) bilan taqqoslash, ya’ni moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida ish bilan band bo‘lganlarni, o‘qishdagilarni, uy xo‘jaligi va shaxsiy yordamchi xo‘jalikda ish bilan band bo‘lganlarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Mehnat samaradorligining ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘p jihatliligi uni baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning muayyan tizimini talab qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishning darajalari: xalq xo‘jaligi, tarmoq, mintaqa, korxona (sex, uchastka, brigada, ish joyi) darajasi kabi ishlab chiqarish miqyoslariga qarab mehnat samaradorligini aniqlashning turli darajalarini e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Buning ustiga, hatto bir darajaning o‘zida, shuningdek korxonalar darajasida ko‘rsatkichlar tizimlari farqlanishi mumkin, chunki mahsulot ishlab chiqarish hajmlari turlicha hisoblab chiqiladi, xodimlar tarkibi tafovutli bo‘ladi, mehnat sarflarini hisobga olishning o‘z xususiyatlari mavjud. Download 36.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling