Mavzu: Mehnatni boshqarish usullari Reja: Mehnatni boshqarish xarakteri, mehnatni boshqarish turlari


Download 20.44 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi20.44 Kb.
#1363489
  1   2
Bog'liq
Mavzu Mehnatni boshqarish usullari Reja Mehnatni boshqarish xa


Mavzu: Mehnatni boshqarish usullari
Reja:
1. Mehnatni boshqarish xarakteri, mehnatni boshqarish turlari.
2. F.Teylorni mehnatni boshqarish usullari, mehnatni texnokratik boshqarish

1.Mehnatni boshqarish xarakteri, mehnatni boshqarish turlari.
O’zining xarakteri bo’yicha mehnat hamma vaqt ham ijtimoiy jarayon bo’lgan. Har qanday ijtimoiy mehnat esa belgilangan tashkil qilish va tartibni taqazo qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsadni qo’yishi, vazifalarni taqsimlashi, ularni bajarilishi ustidan nazorat qilishi, har holda odamlarni mehnatga undashi, ularning harakatlari ni muvofiqlashtirishi kerak. Mehnatni boshqarishning xarakteri, uning usullari va vositalari doimiy bo’lib qololmaydilar. Pirovorida ular ishlab chiqarishning o’zining rivojlanganligi darajasi va uning ijtimoiy shakli bilan belgilanadilar.
G’arbiy adabiyotlarda mehnatni boshqarishni rivojlanishi bosqichlarini XX asr menejmenti nazariyachilar F. Teylor, E. Meyo, R. Likert va boshqalarning ishlari bilan bog’laydilar. Ba’zi bir tadqiqotchilar iqtisodiy o’sishning sanoatlashganga qadar, sanoatlashgan va ilmiy-texnik variantlariga mos keluvchi mehnatni boshqa- rishning hunarmandchilik, texnokratik va innavatsion turlarini ajratishni taklif qiladilar. Bunday davrlarga ajratish jiddiy asoslarga egadir.
Hunarmandchilik turi mehnatni boshqarishning oddiy shaklidan iborat bo’lgan. Sexli tuzilma doirasini buzgan holda, manufaktura oldinlari mustaqil bo’lgan kasblarni kombinatsiyalashtirgan, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga mehnat taqsimotini kiritgan. Shuning bilan bir tomondan ishchilarning o’zlarini ierarxik chegaralash, boshqa tomondan esa – oldin mustaqil bo’lgan ishchini yagona jamoaga va intizomga bo’ysindirish zaruriyati paydo bo’lgan. O’sha sharoitlarda mehnatni boshqrishning vazifalari vujudga kelgan mehnatni tashkil qilish, ish haqi tizimi va ish tartibini qo’llab quvvatlash, ijrochilar ustidan kuzatish va nazoratni amalga oshirishdan iborat bo’lgan.
F.Teylor shunday usullarni ishlab chiqqanki, ularga ko’ra ishning har bir turi, har bir operatsiya uchun xronometraj va ishchining harakatlarini sinchiklab o’rganish yordamida berilgan ishni bajarishning yagona, eng ratsional usuli belgilangan. Barcha xatolar, befoyda harakatlar bartaraf qilingan, eng mukammallari tanlab olingan. Mashhur fransuz fizigi Le Shatelening so’zlariga ko’ra, bu sanoatda mehnatni tashkil qilishga nisbatan qo’llanilgan matematikadan iborat bo’lgan.
Yuqori unumdor mehnatga nisbatan iqtisodiy majbur qilishdan foyd alanilgan:
Ishbay ish haqining alohida tizimi (me’yorni bajargan va oshirib bajarganlar uchun oshirilgan tarif stavkalari va baholashlar; bajar-maganlar uchun – stavkalarni 20-30% ga pasaytirilishi, jarimalar);
Vazifalarni bajarilishi va oshirib bajarilishiga ko’proq darajada yordam beruvchi sharoitlarni yaratish: batavsil yo’l-yo’riq ko’rsatish, mehnatni mayda-chuyda tafsilotlarigacha rejalashtirish, maxsus qurollar bilan ta’minlash, hisob, nazorat.
F.Teylor tizimidan foydalangan korxonalarda o’rtacha mehnat unumdorligi uch yil ichida ikki marta o’sgan. Birinchi o’ttiz yil ichida bu tizim yetarlicha keng tarqalgan, deyarli barcha yuqori rivojlangan mamlakatlarning kompaniyalari undan foydalanganlar. F.Teylor o’zining tizimini ishlab chiqarishning muvaffaqiyati birinchi navbatda xodimning o’ziga, uning jismoniy kuchiga bog’liq bo’lgan sharoitlarda ishlab chiqqan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida texnika birinchi o’ringa chiqqan. Va shunga qaramasdan uning tizimi hali ham ishlab chiqarishni ratsionallashtirishning asosida yotadi. Undan bugun ham takrorlanuvchi operatsiyalarga ega korxonalarda keng foydalaniladi.
F.Teylorni mehnatni boshqarish usullari, mehnatni texnokratik boshqarish
AQSh va boshqa mailakatlardagi F.Teylorning izdoshlari bu tizimni takomillashtirganlar va rivojlantiganlar, ba’zi bir joylariga tuzatishlar kiritganlar. Ular alohida ishlab chiqarish opersiyalarni o’rganishdan butun ishlab chiqarish jarayonini va uni tartibga solish usullarini o’rganishga o’tganlar. F.Teylorning eng yaqin yordamchisi G.Gant o’ziga xos jadvalni ishlab chiqadi, unda har bir ishchi har qanday vaqt uchun o’zining ish haqi natijalarini ko’rishi mumkin edi. Jadvalda yana ishlab chiqarish dasturlarining bo’limlari va vazifani bajarilishini borishi o’rtasidagi vaqtincha aloqalar aks ettilgan. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, bu jadval o’sha vaqtda mehnatni boshqarishda inqilobni keltirib chiqargan. U korxona doirasidagi ishlab chiqarish jarayonini operativ rejalashtirish, hamda keyinchalik ishdab chiqilgan tarmoqli jadvallarning asosiga yotgan.



Download 20.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling