Kurs ishining maqsadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonida kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishda mehnat tashkil etish va normalash imkoniyatlari borasida Kurs ishida nazariy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda qo’yidagi vazifalar belgilangan:
qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari va asarlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari, qonunosti meyoriy hujjatlar, xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning adabiyotlarni o’rganish;
iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida mehnat munosabatlarining nazariy asoslarini umumlashtirish;
kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida mehnatni tashkil etish, normalash va mehnat unumdorligi oid adabiyotlarni tahlil etish va o’rganish;
mehnatni oqilona tashkil etish va normalashning mehnat unumdorligini oshishiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti: Kurs ishini o’rganish va tahlili qilish ob’ekti sifatida “Sanam” MChJ korxonasi faoliyati iqtisodiy natijalari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishning turli ko’rinishlari yuzasidan shakllanadigan muoammolar, maqsadlar, tamoyillar va qo’llaniladigan uslublarning majmuini tasvirlash va o’rganish kabilarni aytish mumkin.
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Malakaviy ish natijalari, xulosa va takliflaridan respublikaning viloyat va tumanlarini kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilashda, shu jumladan, kichik ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish dasturlarini tayyorlashda, tarmoq korxonalarida mehnat unumndorligini oshirishda, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan choratadbirlar tizimini ishlab chiqishda, o’z ishini ayniqsa ishlab chiqarishni yo’lga qoymoqchi bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari va talabalar foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |