Mavzu: Melioratsiya va qurilish mashinalarini ishlatishda rioya qilinadigan texnika xavfsizliklari
Download 78.37 Kb.
|
Melioratsiya va qurilish mashinalarini ishlatishda rioya qilinadigan texnika xavfsizliklari
Mashinalarning qabul qilingan texnologik jarayonlar sharoitida ishlashining normal rejimini ta’minlash uchun o‘tkaziladigan tadbirlar texnik ishlatish deb ataladi. Qurilish va melioratsiya mashinalarini ishlatish sifati ularning ishlash jarayonida o‘zgarmasdan qolmaydi. Dinamik yuklanishlar, abraziv muhit ta’siri, namlik, haroratning keskin o‘zgarishi va bir-biriga tegib turadigan detallarning orasidagi ishqalanish kuchlari ta’sirida mashinalarning ayrim detallarning yeyilishi va deformatsialanishi sodir bo‘ladi va ularning dastlabki o‘zaro joylashishi buziladi. Bulaming natijasida foydali quwat, tortish kuchi va aylantiruvchi moment kamayadi, yoqilg‘i va moylash materiallari sarfi oshadi, mashinaning ishlash ishonchliligi va xavfsizligi, texnik unumdorligi va yillik ish mahsuli kamayadi, bajarilgan ish tannarxi yoki ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi oshadi (ko‘payadi). Mashinalar ularga qo‘vilgan texnik talablar shartlariga asosan ishlatilganda ularning detallari asta-sekin yeyiladi.
Shuning uchun ular 27 ning ishlatish sifati ham ishga tushirish vaqtidan boshlab, aslida sarflangan vaqtning ko‘payishiga qarab, asta-sekin kamavadi, Mashina detal va qismlarining nuqsonlarini o'z vaqtida aniqlab, ularning bartaraf qilinishi mashinaning uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi. Bartaraf etilmagan nuqsonlar mashinaning keyingi ish jarayonlarida yeyilish intensivligini yanada oshiradi va vuklanish tavsifmi o‘zgartiradi, bu esa, o‘z navbatida detallaming muddatidan oldin yevilishiga, ba’zan mashinani yaroqsiz holatga olib kelishi mumkin. Mashina detal, qism va mexanizmlarining ishga yaroqliligi har xil bo‘ladi. Ko‘proq yeyiladigan mashina detallari, mexanizm va boshqa qismlarining doimo o'z vaqtida tiklanib borilishi mashinaning ishga yaroqliligi va chidamliligining oshishiga sabab bo'ladi. Mashinaning ishga yaroqliligi, ishonchliligi va chidamligini saqlashning asosiy tadbirlardan biri - o‘z vaqtida va to'g'ri texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashdir
Download 78.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling