Мавзу: меҳмонхонада кўрсатиладиган хизматлар сифатини назорат қилиш усуллари
- jadval Xizmatlarni taqdim etishning sifatini baholashda korxonalar faoliyatining tahliliy natijalari
Download 242.69 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatni sifat
- 5 %dan ko‘p
- Rahbariyat bilan munosabat
- Tashqiliyboshqaruv madaniyat
- Kommunika- tiv muhit
- Malaka oshirish va o‘qitish
- Ish joyida barqaror o‘rnashish
- Ish joyi va transport masalasi
2.- jadval Xizmatlarni taqdim etishning sifatini baholashda korxonalar faoliyatining tahliliy natijalari
Sifatni oshirishning ikkinchi yo‘nalishi bu xizmatlarni sertifikatlashtirish va litsenziyalashtirishdir. Mehmonxona va turistik firmalar keyingi yo‘nalishda sertifikati mavjud hamkorlar bilan ishlashga e’tibor qaratmog‘i zarur. Demak, nafaqat turizm korxonalari balki, turizm industriyasining yordamchi korxonalari ham sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Xalqaro va milliy muvofiqlik sertifikatiga ega hamkorlar bilan ishlash xizmat ko‘rsatishni yuqori darajali bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, taklif etiladigan xizmatlar sifati uchun majburiyatni ta’minlovchi samarali sug‘urta institutlarini tashqil etish ham zarurdir. Bu institut iqtisodiy jarayonda ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilar (iste’molchi, tadbirkor, davlat) manfaatiga to‘g‘ri kelsagina maqsadli hisoblanadi. Demak, sifat menejmentining majmuali tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: turizm xizmatlari sifatini baholovchi mezonlarni ishlab chiqish; olingan mezonlar yordamida sifat monitoringini olib borish; turizm biznesini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar joriy etish. Sifatni baholash mezoni o‘z ichiga tashkiliy resurslarni baholash ko‘rsatkichlarini, korxona tavsifini va servis darajasi mezonlarini oladi. Taklif etilayotgan xizmatlar sifatini baholash va monitoringini o‘tkazish, turizm xizmatlari sifati darajasiga ushbu mezonlardagi o‘zgarishlarning ta’sirini shuningdek, korxonaning bozordagi holati va rivojlanish istiqbolini aniqlashi ham zarur bo‘ladi. Turizm xizmatlari sifatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari servis darajasi, mehnat jarayoni sifati va yangi texnologiyalarning turizm biznesida joriy qilishning o‘zaro bog‘liqligida ifodalanadi. Biz korxona ichidagi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar tavsifi, shuningdek, korxona faoliyatining tashqi muhit bilan aloqalari natijasidagi o‘zgarishlar, turizm korxonasi faoliyatini sertifikatlash, sertifikati mavjud hamkorlarni tanlash, turistik yo‘nalishni tanlash kabi muhim omillarning turizm xizmatlari sifati va raqobatbardoshligiga ta’sirini ko‘rib chiqdik. Olingan ko‘rsatkichlar tizimi turizm xizmatlari sifatini samarali boshqarish masalasini hal qiladi. Bu o‘z navbatida xizmatlar, mehmonxona va boshqa turizm korxonalari va umuman mintaqa, mamlakatning raqobatbardoshligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Download 242.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling