Mavzu: Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?


Download 1.08 Mb.
Sana06.05.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1435234
Bog'liq
Diniy ekstremizm va terrorizm




Mavzu: Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?

Bajardi: Ibragimova O


Tekshirdi: Eshonova G

Toshkent 2010


Reja:

  1. Ekstremizmning mazmun-mohiyati va kelib chiqish sabablari, ko‘rinishlari, shakllari, manbalari.

  2. Terrorizmning mohiyati, paydo bo‘lish sabablari va namoyon bo‘lish shakllari.

  3. Jahonda diniy ekstremizm va terrorizm tarqalishining asosiy sabablari, o‘choqlari va moliyaviy manbalari.

  4. Diniy ekstremizm, terrorizmning jahon hamjamiyati va alohida olingan davlatlarning barqaror rivojiga tahdidi.

  5. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ma’naviy va mafkuraviy tarbiya usullaridan foydalanishdagi asosiy vazifalar.



X XI asr boshida dunyo bo‘yicha globallashuv jaryoni sodir bo‘layotgan hozirgi sharoitda bir tomonda insoniyatning mushtarak bo‘lgan ko‘pchilik manfaatlarini ko‘zlab, yangicha ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy munosabatlar qaror topayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa insoniyat tor doiradagi manfaatlar bo‘lgan diniy va milliy ruhdagi ekstremizm, narkobiznes va halqaro terrorizm tushunchalari va ularning mudhish hodisalariga duch kelmoqda. Shu nuqtai nazardan qarab, ekstremizmning mazmuni va mohiyati to‘g‘risida fikr yuritilsa, aytish mumkinki, jamiyatda qabul qilingan va faoliyat ko‘rsatayotgan qonun - qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo‘lgan g‘oyalar «ekstremistik» hisoblanadi. Dinning qandaydir bir yo‘nalishini buzgan holda talqin etib, siyosiy maqsadni ko‘zlovchi harakat diniy ekstremizmga olib keladi. Diniy ekstremizm qanday nomlanmasin yoki qanday ko‘rinishga ega bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyatni qo‘lga olishdan iboratdir. Bunday havfli illatdan O‘zbekiston mamlakati ham to‘ligicha holi bo‘lmaganligini muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov Konstitutsiyamizning 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek,-«Yana bizga shunisi ham yaxshi ma’lumki, qo‘lga kiritayotgan yutuqlarimiz g‘animlarga, bizga o‘zini hayrihoh ko‘rsatuvchi aslida esa erishgan yutuqlarimizdan g‘ashi kelayotgan ba’zi do‘stlarimizga yoqmaydi.Hayotimizdagi yangilanishlar ularning asablarini buzadi, halovatini ug‘irlaydi.Ayrimlar bu holatni mevali daraxtga tosh otiladi degan naql bilan izohlashar, lekin mamlakatimiz tomon «otilayotgan» goh mafkuraviy, goh axborot xuruji tarzidagi bu toshlar, tassufki oddiy emas. Bu «tosh» g‘araz, hasad, adovat, xusumat, yovuzlik, hudbinlik singari irqiy illatlardan tashkil topgandir. Shuning uchun ham u xavflidir, zulmatga eltuvchidir».
Xo‘sh, ekstremizm va uni keltirib chiqaradigan omillar nimalardan iborat? Ekstremizm – lotincha (extremus – o‘ta,keskin degan mazmunni beradi) jamiyatdagi ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora-tadbirlar, fikr va qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra – diniy va dunyoviy bo‘lishi yoki namoyon bo‘lishiga ko‘ra – hududiy, mintaqaviy, halqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistlar qarashlari juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ular hech qachon chegara bilmagan yoki din, millat, biron bir mamlakat hududini tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lsa, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Ular xristian dinida, katoliklar, protestantlar, provaslavlar orasida ham mavjud.
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan bo‘lib, ular qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom diniy «xalifalik» davlatini barpo qilishdir. Bu maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar keltirib chiqarib qurolli to‘qnashuvlar orqali ya’ni qon to‘kish, zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar. Bu esa har bir millatning mustaqilligiga, jamiyat taraqqiyotiga katta g‘ov hisoblanadi.
Ekstremizm turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin – bolshevizm, fashizm, diniy ekstremizm kabi turlarga bo‘linadi. Ular o‘zlarini g‘oyalari, harakatlari, tashkilotlari, moddiy ta’minlash va tashkiliy tuzilmalari faoliyatlari kompleksi (yigindisi) dan iborat bo‘ladi. Ekstremistik tuzilmalar qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy maqsadi jangarilik yo‘li bilan hokimiyatni qo‘lga olishdir. Yoki siyosiy hokimiyatga erishish orqali jamiyatni to‘la islom shariati qonun-qoidalari asosida qayta tashkil qilish va boshqarish lozim deb hisoblaydilar.
I slom diniy ekstremizmi o‘zining ikki xususiyati bilan boshqa ekstremistik guruhlardan ajralib turadi. Birinchisi, ularning aqidalariga ko‘ra, go‘yo barcha hozirgi zamon islomga e’tiqod qiladigan davlatlardagi musulmonlar jamoalari islomiy tuslarini yo‘qotgan bo‘lib, joxiliya (islom kelib chiqishidan avvalgi arablardagi ma’naviy buzilish davri) jamiyatlariga aylanib qolgan deb hisoblaydi. Bunday yondoshuv faoliyatdagi hukumat va uning olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga asos qilib olinadi. Ikkinchidan, ular go‘yo, «haqiqiy» musulmonlar bo‘lib, o‘zlarini hokimiyatga kelishlari uchun barpo qiladigan «islomiy tartibni» qaror toptirishning yagona yo‘li keskin va jangarilik yo‘li bilan agressiv harakat qilish lozim deb hisoblaydilar.
Aslida esa islom ekstremizmi g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib kelishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu g‘oyalardan faqat vosita va niqob sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, iqtisodiyotni turli yo‘llar bilan (diversiya qilib) izdan chiqarish, iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarish orqali hukumatni kuchsizlantirib obruyini to‘kishdir.
Bunda turli ommaviy axborot vositalari yordamida go‘yo «mamlakatda fuqarolarning vijdon erkinligi borasidagi huquqlari buzilmoqda va diniy e’tiqod poymol etilmoqda» kabi da’volar bilan ham konstitutsion hukumatga ishonchsizlikni keltirib chiqarishdir. Shuningdek, mamlakatimizdagi kam sonli diniy tashkilotlarga hujum uyushtirib, diniy adovatni kuchaytirib, millatlararo adovatni keltirib chiqarib beqaror vaziyatni vujudga keltirishdir.
Islom ekstremizmi o‘zining shunday g‘arazli harakatlarida muqaddas Qur’oni Karim oyatlaridan foydalanib, islomning sof g‘oyalarini jamiyatga tadbiq etish emas, balki yurtdoshlarimizning e’tiborlarini chalg‘itib islom omili orqali xokimiyatga intilishdan boshqa narsani ko‘zlamaydi. Shu o‘rinda Prezidentimiz I. Karimovning fikriga e’tiborni qarataylik. «Oq-qorani, do‘st-dushmanni taniydigan xalqimiz din nimayu soxta aqidalar nimaligini, kim pok niyatli xudojuy insonu, kim munofiq, riyokor ekanini yaxshi biladi. Taassufki, ba’zan islom dini va islom fundamentalizmi haqida gapirganda bu ikki tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish xollari uchramoqda... Muqaddas islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan allaqanday mutaassib kuchlar, tabiiyki, yer yuzidagi barcha musulmonlarning ruhiy olami va dunyokarashini belgilay olmaydi»,- deb qayd etadi yurtboshimiz. Darhaqiqat, islom dinining ma’rifiy-ma’naviy mohiyati va mazmunini xalqimiz yaxshi biladi.
3.2. Terrorizmning mohiyati to‘g‘risida fikr yuritilsa, terrorizm tushunchasi (lotincha – «terror» - qurquv, dahshat ma’nolarini anglatadi) ma’lum yovuz maqsadlar yo‘lida siyosiy kurashning jamiyatda beqarorlik o‘rnatishga hamda aholida vahima va dahshat uyg‘otishga qaratilgan jinoiy usuldir. Bu konsperativ ruhdagi tashkilotlar davlatni beqarorlik holatiga keltirishda shu usuldan foydalanadilar. Terrorizmning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, u buzg‘unchilik, qo‘poruvchilik, qo‘rqitish yo‘li bilan o‘z hukmini o‘tkazib, davlatni qulatuvchi, hokimiyatga erishishda parokandalikka olib keluvchi g‘oyasidan foydalanish bilan xarakterlanadi.
Hozirgi davrdagi shakllangan halqaro terrorizm tushunchasida esa davlatlar, halqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalarni beqarorlashtirish va halqaro ijtimoiy – siyosiy nufuzga ega bo‘lgan alohida siyosiy arboblarni qotil qilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi siyosiy xususiyati bilan xarakterlanadi.
Terrorizm iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta’qib qilish, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorizmning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, u gumanizm, demokratiya, adolat tamoyilillariga ziddir. Shuning uchun terrorizm qanday «bayroq» ostida amalga oshirilmasin, mohiyati insoniyatga, jamiyat taraqqiyotiga, ezgulikka qarshi jinoyatdir.
T errorning iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlovchi, moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan ko‘rinishlarda, raqib shaxslarni jismoniy yo‘q qilish, o‘g‘irlab ketish, garovga olish, tajovuz bilan qo‘rqitib o‘z hukmini o‘tkazish yoki raqiblar boyliklarini o‘zlashtirishda foydalanadi.
Siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan terrorizm qadimdan mavjuddir. Masalan, O‘rta asrlar davrida siyosiy terrorchilik diniy mazmundagi terrorchilik bilan qo‘shilib ketgan edi. Chunki, o‘sha davrlarda hukmdorlar ham diniy hamda dunyoviy hokimiyatni o‘yg‘unlashtirib boshqarganlar. Islomda Muhammad s.a.v vafotidan keyinga to‘rtta halifadan faqatgina Abu Bakr Siddiq o‘z ajali bilan vafot etgan. Qolgan halifalar Umar Ibn Xattob, Usmon Ibn Affon va Ali Ibn Abu Toliblar ham siyosiy muholiflari tomonidan terroristik yo‘l bilan o‘ldirilganligini ko‘rish mumkin.
O‘rta asrlarda harbiy Yevropada ham muqaddas «Injil» g‘oyalariga shak keltirganlar «Rim Papasi» tomonidan terror qilingan. Yoki XVIII asrlarga kelib diniy ma’rifat o‘rniga dunyoviy bilimlarning jamiyatdagi o‘rni ko‘chayishi, dunyoviylikka asoslangan siyosat qaror topishi bilan siyosiy terror kuchaydi. Masalan, Galileo Galiley jazolanishi, Jardano Brunoning o‘tda kuydirilishi kabi voqealar juda ko‘p marta amalga oshirilgan.
XX asrga kelib esa siyosiy terrorchilik ko‘rinishlaridan bo‘lgan bolshevizm (Sobiq SSSR da), fashizm (Gitler Germaniyasi va Italiyada) davlat siyosatida namoyon bo‘ldi va bu siyosat tufayli millionlab insonlar qurbon bo‘lgan yoki XX asrdagi Janubiy Afrika Respublikasida olib borilgan aparteid (kamsitish) siyosati va AQSh dagi qoratanli fuqarolarga nisbatan olib borilgan, kamsitilgan munosabat davlat siyosatidagi milliy tazyiq ko‘rinishidagi terrorlar edi.
Agar jamiyatda hukmron millatning manfaatlarigina hisobga olinib, qolgan barcha kichik millat va etnik guruhlarni milliy ehtiyojlarini inobatga olinmasdan o‘tkaziladigan tazyiq siyosati milliy terrorizmni keltirib chiqaradi. Yoki ayrim sinflar manfaati hisobga olinib, boshqa sinflar manfaati inkor etilgan (masalan, burjua yoki proletariat diktaturasidagi) siyosat yuritilsa, u sinfiy terror ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. (Bunday terroristik siyosatga 1930 yillardagi sovetlar qatagoni misol bo‘la oladi).
XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib terrorchilik alohida olingan davlat yoki mintaqa doirasidan chetga chiqib, halqaro miqyosda uyushgan tashkilot darajasigacha ko‘tarildi. Ular ezgulik g‘oyalariga qarshi, muxolif g‘oya sifatida uyushib insoniyat taraqqiyotiga havf solayotgan halqaro tashkilotga aylanib ulgurdi.
Hozirgi kunda jahonda 500 dan ortiq halqaro terroristik tashkilotlar, markazlar mavjud, eng dahshatlilaridan bo‘lgan «Al-qoida» halqaro terroristik tashkiloti tomonidan AQSh, Yevropa, Yaqin Sharq, Iroq, Rossiya, Ispaniya, Turkiya va O‘zbekiston kabi davlatlarda sodir etilgan dahshatli terroristik hurujlar shuni ko‘rsatadiki, terrorizm qanday bayroq ko‘tarib chiqmasin (diniymi, siyosiymi, iqtisodiymi, milliymi) qanday niqoblar bilan bo‘yalmasin, uning reaksion jangari jinoyatkorona mohiyatini tushunib olib, ularning yovuz niyatini ochib tashlash har bir ongli, vatanparvar insonning burchidir.
3 .3. Hozirgi davrda islomda nafaqat diniy – ilohiy yoki ishonch va e’tiqod mavjud. Shu bilan birga ayrim islomiy guruhlarda diniy-siyosiylashuvi sodir bo‘layotganligi sababli islom dinida ham islohot qilishga harakatlar qilinmoqda. Buning mazmunini tushunmoq uchun hozirgi davrda islomda 3 asosiy oqim mavjudligini bilish lozim bo‘ladi. Birinchi oqim tarafdorlari (sekulyarizm) islomning siyosiylashuviga qarshi bo‘lgan va davlatdan ajratilganligini qo‘llab- quvvatlab, din uchun ahloq-odob masalalari bilan birga Olloh tomonidan buyurilgan amallarni bajarish har bir musulmonning burchi deb hisoblaydi.
Islomdagi ikkinchi an’anaviy oqim tarafdorlari har qanday yangiliklarga qarshi bo‘lib, o‘rta asrlarda qaror topgan diniy tartib – qoidalarni saqlagan holda sabr-toqat qilishga chorlaydilar.
I slomni isloh qilishni maqsad qilib qo‘ygan uchinchi oqim esa «islom fundamentalizmi» hisoblanadi. Ular jamiyatdagi mavjud shart-sharoitlarga norozi bo‘lib, ushbu tizimni o‘zgartirishni maqsad qilib, butun musulmon jamiyatini ilk islom davri va Qur’on va Shariat «axkom» lariga amal qilishga qaytishni maqsad qilib qo‘yadi. Buning uchun jamiyatda faqatgina Olloh tomonidan o‘rnatilgan shariat qonunlarigina amal qilishi lozim deb hisoblaydilar. Jamiyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan real qonunlar inkor qilinadi.
Islom fundamentalizmining siyosiylashgan ko‘rinishi bo‘lgan «Vahhobiylik» islom diniy ahloq-odob qoidalaridan siyosiy g‘oyalarga o‘tishni targ‘ib qiluvchi xususiyatga ega bo‘lganligi bilan harakterlanadi. Ularning qarashicha, din har bir insonning shaxsiy ishigina emas, balki jamiyat qurilishining ham asosi bo‘lishi lozim. Aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqib hokimiyatga «haqiqiy» musulmonlarni ko‘tarish uchun zo‘ravonlik hatti-harakatlarini olib borish kurashiga da’vat etadilar.
O‘zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmi va ekstremizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, shu yo‘l bilan islohotchi dunyoviy davlatga ishonchini yo‘qotish, vujudga kelgan umumhalq birdamligi va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqda. Ular va boshqa diniy aqidaparastlik guruhlariga oid ba’zi g‘arazli shaxslar chet eldan bizga yot-begona bo‘lgan g‘oyalar va ekstremistik oqimlarning adabiyotlari, mablag‘larini olib kelib, islom dini niqobi ostida harakat qilmoqdalar. Islom ekstremizmi va terrorizmining maqsadi, mohiyati hamda bugungi mustaqil O‘zbekiston uchun mavjud tahdidini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida», «Olloh qalbimizda, yuragimizda», «Vatanimizning tinchligi va havfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq» kabi asarlari, shuningdek, (2005 yil yanvardagi) Rossiyani «Nezavisimaya» gazetasi muhbiriga bergan intervyusida hamda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma’ro‘zasini 4-qismida ham alohida ta’kidlab aytdiki, «islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik mafkurasini yaratayotgan ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda yoshlar ongini zaharlab, ulardan terrorchilar tayyorlab musulmon olamida halifalik davlati tuzishdek xomhayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak» deb vazifa qo‘ydi.
Yurtboshimiz yana shu ma’ro‘zasida alohida ta’kidladiki, halqaro terrorizmni ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas islom dini bilan bog‘lashdek havfli niyat va urinishlarni keskin qoralaymiz. Bular «Al-qoida», «Xizbut taxrir» kabi ashaddiy ekstremistik tashkilotlardir. Bugun bag‘ri keng, ma’rifatli islomni niqob qilib olib, islom dini obro‘yini tushurishga qarshi kurashmok har bir musulmon, niyati pok kishining burchi ekanligini belgilab berdi.
Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga solayotgan tahdidini va mafkuraviy tajovuzini to‘laroq tushunib olmoq uchun ularning shakllanish tarixiga, g‘oyaviy asoslariga, O‘zbekistonga kirib kelish jarayoniga, olib borgan vahshiylik faoliyatiga qisqagina e’tibor berish darkor. Buni qo‘yidagi misollarda ko‘rish mumkin.
1930 yillarda halqaro «millatlar birligi» tashkiloti mavjud bo‘lgan. Uning nizomida terroristik harakatlar taqiqlangan edi. Keyinchalik bu unutilgan. 1972 yillardan boshlab terroristik harakatlarga jahon hamjamiyati e’tibori yana qaytadan qaratila boshlandi va bu borada ayrim huquqiy asoslar qabul qilindi.
M asalan, Misrda «Birodar musulmonlar» nomli diniy ekstremistik tashkilot faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu tashkilot faoliyati Misrdagi sodir bo‘lgan revolyusiyadan keyin Jamoliddin Nosir tomonidan taqiqlangan. Ular bunga javoban J.Nosirga nisbatan suiqasd qilishgan. U yerda 1972 yilga kelib «Al-jixod» tashkiloti tuziladi va ular ham zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi tashkilotga aylanadi. Ularning fikricha jihodda o‘z qarashi va dinini birdan bir to‘g‘ri yo‘l deb hisoblab, jamiyatdagi mavjud tizimga qarshi, hokimiyatni qo‘lga olish uchun kurashni maqsad qilib qo‘yadi. Bunda fanatizm (mutaassiblik) yo‘liga o‘tib olganligi bilan harakterlidir.
Hasan al-Bannoy asos solgan «Ixvanin muslimin» (Birodar musulmonlar) nomli ekstremistik tashkiloti davlatga qarshi bo‘zg‘unchilik bilan shug‘ullangan. Bunda jihod nima-yu, nima uchun jihod qilish kerakligini asoslashga o‘rinadi. Ular ayrim siyosiy arboblarni, indivudial yo‘q qilishga o‘rgatadi. Bu tashkilotning vaxshiylarcha faoliyati natijasida Jazoirda 70000 ga yaqin aholi qurbon bo‘lgan.
1970 yillardan boshlab terroristik ishlarni alohida arboblarni yo‘q qilishgina emas, balki ko‘proq odamlar yig‘iladigan joylarda amalga oshirish orqali, shu tashkilotni kengroq tashviqot qilishni maqsad qilib qo‘yadi.
Hozirgi vaqtda dunyoda 500 ga yaqin ekstremistik, terroristik tashkilotlar mavjud bo‘lib, ulardan 100 ga yaqini qurollangan tashkilotlardir. Masalan: «Al-qoida», «Xizbullox», «Xamaz», «Abu Said», «Tolibon», «Jamoati islomiy», «O‘zbekiston islom harakati», «Hizbut tahrir» kabilardir. Hozirgi vaqtda ekstremistik tashkilotlarning ixtiyorida 45 milliard dollarga ega bo‘lgan mablag‘i va 400 ga yaqin kompaniyalari mavjudligi adabiyotlarda qayd etiladi.
Hozirgi vaqtda jahonda ekstremistik, terroristik tashkilotlarning 3 ta geografik o‘chog‘i yoki markazi mavjud:
1-markaz, Shimoliy Afrika: Misr, Jazoir, Sudanda «Musulmon birodarlari» tashkiloti 1928 yildan bo‘yon faoliyat ko‘rsatmoqda.
2- markaz Yaqin Sharq: Falastin, Iroq, Livan bo‘lib, u yerda asosan «Hizbulloq» faoliyat olib boradi. Bu tashkilot hozirgacha 800 ga yaqin terroristik jinoyatlarni amalga oshirgan. Falastinda «Hamaz» tashkiloti faoliyat ko‘rsatadi. Ular asosan, «Kamikadze» (o‘z-o‘zini qurbon qilish) usulida kurash olib boradi.
3-geografik markazni Janubiy Sharqiy o‘choq deb atasa bo‘ladi. Pokiston janubida «Al-qoida», «Turkiston islom harakati», «Tolibon kuchlari» bor. Xindistondagi Kashmir viloyatida «Tablo» jamiyati bo‘lib, ular Indoneziya, Filippinda ham faoliyat olib boradi.
Shunday qilib, diniy ekstremistik va terrroristik faoliyatlar amalda 3 ta usulda olib borilishi kuzatiladi:
1-usul: Diniy tashkilot bo‘lgan machitlarga yordam ko‘rinishida bo‘lsa;
2- yo‘nalish diniy struktura (tashkilot) lar tuzilishi orqali amalga oshiriladi. Masalan: 1990 yillarda O‘zbekistonda «Tavba», «Adolat», «Islom lashkarlari», «Turkiston islom tashkiloti» «Akromiylar» «Nurchilar» kabi tashkilotlarni tuzishgan.
3- ish uslubida davlat tomonidan kam e’tibor beradigan joylarda o‘zlarini nazoratini o‘rnatish yoki kuchaytirish orqali faoliyat olib boradi. Masalan: Filippinda, Tojikistonda, Chechenistonda, Afg‘oniston kabi joylarda o‘zlarining ta’siriga olishgan edi.
3.4. Diniy ekstremizm va terrorizmning jahon hamjamiyati va alohida davlatlarga solayotgan tahdidi bo‘yicha ayrim raqamlarga e’tiboringizni qaratadigan bo‘lsak, 1970-2004 yillarda jahonda 6000 dan ortiq terroristik harakatlar sodir bo‘lgan. Ularda 20000 dan ortiq kishilar qurbon bo‘lgan. Hozirgi davrda ayniqsa «Hizbut tahrir» tashkiloti zulm-zo‘ravonlikni kuchaytirib bormoqda. Bunga misol Rossiyaning Beslan shahridagi terroristik harakatida 331 kishi o‘ldirildi, shundan 151 tasi yosh bolalar edi. Yoki o‘z-o‘zini o‘ldirish yo‘li bilan 2000 yilning o‘zida Rossiyada 80 dan ortiq kishi halok bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
O ‘zbekistonimiz misolida aytadigan bo‘lsak, bu oqimlar 1970 yillarning boshlarida mamlakatimizga kirib kelib hozirgacha ular amalga oshirgan terrorizm qurbonlari 250 dan ortiq kishini tashkil qiladi. O‘zbekistonda ham 1970 yillarni ohirlarida arab mamlakatarlaridan (Iordaniya) kelib o‘qiyotgan talabalar yashirincha faoliyat olib borgan. 1980 yillarga kelib Rahmatullo Alloma degan shaxs Andijonda ekstremistik tashkilot tuzadi. Umuman mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin turli diniy ekstremistik tashkilotlari tuzilgan bo‘lsada, ular hech qachon ommaviy tus ololmadi, xalqimiz ularga ergashmadi. Natijada ular Toxir Yo‘ldoshev, Juma Namongoniylar rahbarligida Tojikiston va Afg‘onistonga chiqib ketib, «O‘zbekiston islomiy harakati» nomi bilan faoliyat ko‘rsatgan. Hozir ular o‘zlarini «Turkiston islom harakati» deb nomladi. Aynan shu tashkilot O‘zbekistonda bir necha marta qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirdi.
Ekstremistik harakat bo‘lgan «Hizbut tahrir» - ancha ustalik va firibgarlik bilan faqat g‘oyaviy kurash olib boramiz deb, yoshlar ongini zaharlaydi. Ularning ish faoliyati 3 bosqichdan iboratdir.
1-bosqich - islomiy madaniyatni shakllantirish;
2-bosqich - butun xalqni islomlashtirish;
3-bosqich – inqilob qilib davlat to‘ntirishini amalga oshirish.
Bunda ham kuch ishlatish, zo‘ravonlik qilib, portlatishni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va bu jarayonni nihoyatda yashirincha saqlaydi. Ular Rossiyada, Germaniyada ham terroristik tashkilot deb tan olingan. Buni shunda ko‘rish mumkinki, Rossiyada ayol kishi «Hizbut tahrir» ga a’zo bo‘lib, uni chuqur o‘rganib, «200 dney jixada» nomli maqolasini matbuotda e’lon qilgan. Unda «Hizbut tahrir»ning makkorona mohiyatini ochib bergan va uning terrorizmga tayyorlaydigan ekstremistik tashkilotlar ekanligini isbotlagan.
Ekstremistik tashkilot bo‘lgan «Hizbut tahrir» ni boshqaruv markazi Britaniyaning poytaxti Londonda joylashgan. Ekstremistik va terroristik tashkilotlarni ayrim davlatlar moliyalashtiradi. Masalan: Ben Laden tashkilotini ham mustahkamlashda ayrim davlatlar yordami bo‘lganligi adabiyotlarda qayd etiladi.
Halqaro ekstremistik guruhlari narkobiznes bozori bilan ham hamkorlik qiladi. Masalan: Afg‘onistonda har yili 4-5 ming tonna opium ishlab chiqariladi, undan tushgan mablag‘ ham ekstremist – terroristlarga hizmat qiladi. Umuman olganda, ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan beovosita bog‘liq bo‘lib, ekstremizm bo‘lmasa, terrorizm ham bo‘lmaydi. Ekstremizmdan o‘sib, terrorizm shakllanadi. Ularga qo‘yidagicha ta’rif berish mumkin:
Terrorizm – siyosiy kurashning jamiyatda beqarorlik o‘rnatishga hamda aholida vahima va dahshat o‘yg‘otishga qaratilgan usuldir. Bu konspirativ ruhdagi tashkilotlar davlatni beqarorlik holatiga keltirishda foydalanadilar.
E kstremizm tushunchasi, odatda, siyosatdagi keskin choralar va g‘oyalarga moyillikni bildiradi. Ekstremizmning asosiy xususiyati – jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga zidligidir.
Xalqaro terrorizm – davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalarni beqarorlashtirish va xalqaro ijtimoiy-siyosiy nufuzga ega bo‘lgan alohida siyosiy arboblarni qotil kilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi siyosiy harakatlardir.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatishga o‘rinayotgan ekstremizm 1970 yillarda boshlanib, hozirgacha 5 ta bosqichni bosib o‘tgan.
1-bosqich – 1970-85 yillar bo‘lib, 1956 yilda Sobiq Sho‘rolar xukumati ayrim arab davlatlari bilan aloqa qiladi va shu doirada Livan davlati muftisi Moskvaga keladi va I. Buxoriy qabrini ziyorat qilishni so‘raydi va shu yo‘l bilan sovet davrida islom diniga munosabatni aniqlab ketadi.
1985-89 yillarda 2-bosqichda O‘zbekistonga tashqaridan diniy mavzudagi adabiyotlar kirib kela boshladi. Uni chetdan o‘qish uchun kelgan talabalar yoki o‘qituvchilar orqali amalga oshirilib, shu sababli islomga e’tiqod qiluvchilar orasida ayrim ixtiloflar, har xil oqimlar kelib chiqadi va ular machitlarda ham turli mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qila boshlaydi.
3-bosqich 1989-93 yillarda mustaqillik munosabati bilan O‘zbekistonda dinga katta erkinlik berib yuboriladi. O‘zbekistondagi machitlar 5000 tadan oshib ketadi va bundan foydalanib Farg‘ona vodiysida «Adolat», «Islom o‘yg‘onish partiyasi», «Nurchilar» kabi guruhlar kelib chiqib, davlatga qarshi ochiqchasiga siyosiy talablar qo‘ya boshladi.
4-bosqich 1993-99 yillarda diniy ekstremistlar mahfiy faoliyatga o‘tdi va ular ko‘prok yoshlarni jalb qila boshlashdi. Asosan dunyoviy va diniy bilimga ega bo‘lmagan yoshlarni ko‘proq qamrab oldi. 1996 yilda Juma Namongoniy rahbarligida «O‘zbekiston islomiy harakat» ni tashkil qiladi. Ular oldin Tojikiston va Afg‘onistonga o‘tib, Usama Bin Laden bilan birlashdi.
5-bosqich 1999 yildan keyingi bosqichdagi ekstremizm bir muncha ayollar faoliyatiga e’tiborni kuchaytirib, shu yo‘l orqali ayollar o‘zlarini o‘zlari portlatish darajasigacha olib keldi. «Hizbut tahrir»ning «Ong» degan jurnalida shu jamoa a’zolarini shaxid darajasigacha chiqaradi, ya’ni o‘zini o‘zi o‘ldrishgacha olib boradi. Islom olimlari esa «Hizbut tahrir» ni islomga zid bo‘lgan g‘oyadir deb tan olishgan.
3.5. Diniy ekstremizm va terrorizm nopok va g‘arazli maqsadlarni ko‘zda tutib jamiyat barqarorligiga tahdid solayotgan ekan, unga qarshi kurashda qanday vazifalar va usullardan foydalanish lozim bo‘ladi?
Birinchidan, barcha musulmon mamlakatlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash usuli butun xalq va boshqa mamlakatlar bilan birga Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisida qayd qilganidek, birinchi navbatda yoshlar ongini zaharlayotgan, ulardan terrorchilar tayyorlayotgan, musulmon olamida xalifalik davlati tuzishdek xomhayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak. Buning uchun ekstremizmni muqaddas, ma’rifatli, bag‘ri keng islom dini bilan bog‘lashdek havfli urinishlariga, islomni obro‘yini tushurishga qarshi keng ko‘lamda kurash olib bormoq kerak.

Ikkinchidan, ularga qarshi ichki va tashqi jabhalarda keng ko‘lamli kurash olib borish zarur. Ichki jabhada eng avvalo, yangi ish joylarini yaratib, yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularni davlat va jamoatchilik tomonidan iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, siyosiy sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘ppartiyalikka keng yo‘l ochib berish orqali ekstremizm va terrorizmni qabih niyatlarini fosh qilib borish zarur. Tashqi jihatdan halqaro seminar, konferensiyalar tashkil qilish, halqaro bitimlar asosida kuchlarni birlashtirish lozim bo‘ladi.
Uchinchidan, sog‘lom qadriyatlar va adolat bo‘lmagan joyda g‘oyaviy bo‘shliq sodir bo‘ladi. Shu bo‘shliqni to‘ldirish uchun nosog‘lom bizga yot va zararli begona g‘oyalar kirib keladi va ular «mafkuraviy tuzoq» qo‘yishga harakat qiladi. Bu borada Prezidentimiz I. Karimov alohida qayd etganlaridek, «Biz halqaro munosabatlarni mafkuralashtirishga bo‘lgan har qanday o‘rinishga qat’iyan qarshimiz». Shuni hisobga olib, bizning bugungi kundagi vazifamiz o‘zbek xalqining tarixiy va milliy qadriyatlari asosida shakllangan milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini yoshlarimiz ongi va qalbiga ta’lim va tarbiyaviy usullar bilan singdirib borish mamlakatimizdagi uzoqni ko‘zlagan muhim strategik vazifadir.
To‘rtinchidan, terrorizmga qarshi kurashni halqaro miqyosda huquqiy asoslarini yaratish bu borada AQShda 40 ga yaqin qonunlar qabul qilingan. O‘zbekistonda ham bu borada maxsus qonunlar mavjud bo‘lsa-da, ularni yanada boyitish, takomilashtirish hamda halqaro darajada o‘yg‘unlashtirish davrimiz talabidir.
Beshinchidan, terrorizmga qarshi kurashda ma’naviy-ma’rifiy usullardan keng foydalanish zarur. Bu usulning ikkita komponenti (yo‘li) mavjud bo‘lib, birinchisi o‘quv muassasalarida dunyoviylik ilmi berib tarbiyalash bo‘lsa, ikkinchi yo‘li, islom dinining muqaddas manbalari Qur’oni Karim va Hadislardan kengroq foydalanish asosida islom dinini ma’rifiy mohiyatini axloqshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarni o‘qitish orqali tushuntirib borish, bu borada Prezidentimiz Oliy Majlisning qo‘shma yig‘ilishida ta’kidlaganidek: «bor kuch va salohiyatni safarbar etgan holda ma’rifatli, bag‘ri keng islom diniga musulmonchilikni niqob qilib uning ustidan hukmronlik qilishga o‘rinayotgan jangari, mutaassib kuchlarga qarshi kurashishda yordam berish darkor». Bu din ulamolaridan ham foydalanib, terror islomda yo‘qligini, islom ma’rifat va ma’naviyatni shakllantiruvchi din ekanligini xalqimizga tushuntirish yo‘li yaxshi samara beradi.
Zero, biz farzandlarimizni Prezidentimiz aytganidek, islomdagi Imom Buxoriylar, naqshbandiylar, yassaviylar, termiziylar ta’limoti asosida tarbiyalasak, ularni turli islom niqobi ostidagi g‘arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga meros bo‘lgan musaffo, ma’rifatli islom bilan ekstremizm farqini ajrata oladigan darajada yoshlarimizni bilimli qilishimiz zarur bo‘ladi.
Oltinchidan, terrorchilikka qarshi kurashda halqaro hamkorlik yo‘li bo‘lib, unda davlatlararo shartnomalar, mintaqaviy va jahon davlatlari hamkorligi kabi halqaro global (keng) usullardan foydalanish lozim. Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida Prezidentimiz ma’ro‘zasida ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDX kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda faol ish olib borilsa mintaqada havfsizlik, tinchlik va barqaror rivojlanishning muhim imkoniyat yaratiladi.
Yettinchidan, antiterroristik kurashning samarali usullaridan biri terroristik tashkilotlarni moliyalashtirayotgan mablag‘ bilan ta’minlayotgan ayrim davlat, halqaro va jahon banklaridagi hisob raqamlarni yopib qo‘yish antiterror kurashning samarali usullaridan hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimov 2006 yil 24-25 yanvar kunlari Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlari rahbarining ishtirok etgan sammetda ta’kidlab o‘tganidek, bugungi kunda,-dunyodagi vaziyat shu qadar shiddat bilan o‘zgarib bormoqdaki, bunday sharoitda bamaslahat ish yuritilmasa, dunyodagi tinchlik va barqarorlik havf ostida qolishi hech gap emas. Yurtboshimiz,-«Mana shunday sharoitda o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘layotgan ayrim yovuz kuchlar ekstremistik tashkilotlarni fitna qurollari sifatida ishga solishdan ham qaytmayotir»deb bejizga ta’kidlamagan edilar.
Shunday qilib, bugungi davrda kim bo‘lishimiz va qanday mavqega ega bo‘lishimizdan qat’iy nazar, har birimizning vazifamiz ekstremizm va terrorizmning qabih va g‘arazli jinoyatkorona maqsad va mohiyatini yoshlarimiz va butun xalqimiz orasida tinimsiz fosh qilish asosida ogohlikka chaqirishdan iboratdir.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling