Mavzu: Menejment jarayoni va bosqichlarini o’rganish


Download 29.04 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi29.04 Kb.
#1096432
Bog'liq
20.12.2022


“Tasdiqlayman”
Kafedra mudiri:

Mavzu:Menejment jarayoni va bosqichlarini o’rganish.


Reja
1. Menejment jarayoni tushunchasi


2. Menejment jarayoni bosqichlari.
3. Menejment operatsiyalari.

Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin. Menejment jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. Texnikaviy jihatdan - bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish; ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni bo'linma, sex, korxonalar o'zaro ta’sirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish, ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Menejment jarayoni texnologiyasi menejment xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.


Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha maqsadli harakat qilishidir. Menejment faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko'ra uni quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilish.
Har bir ta’sir etishni amalga oshirishdan avval uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv ma’lum maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi boshqaruv jarayonidagi vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo'llarini izlash yoki undagi salbiy hislatlarni bartaraf qilish bilan bog'liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatini uning rivojlantirish maqsadiga
nisbatan qarama-qarshiliklarini aniqlash ko'zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o'tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir o'tkazila boshlanadi.
Menejment jarayonini, shuningdek, quyidagi davrlarga bo'lish mumkin: maqsad qo'yish, axborot faoliyati, tahliliy faoliyat, menejment tizimida tashkiliy-amaliy faoliyat va harakatlar variantlarini tanlash.
Menejment operatsiyalari - rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo'lib, ularning tartibi va birikishi natijasida boshqaruv jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyat uchun korxonaning yillik va oylik hisobotlarini olish, ular bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni boshqaruv jarayoniga tatbiq qilish lozim.Boshqaruv jarayonini amalga oshirish vositalariga, eng avvalo, axborotni kiritish lozim. Menejment operatsiyalarining katta qismi axborot bilan ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo'llaniladigan texnika vositalari ham shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va an’anaviy
orgtexnika vositalaridir.Menejment operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot- tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig'ish,
saqlash, tarqatish va qayta ishlash, tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat. Tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish,rag'batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.k.lar kiradi. Menejment uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar yig'indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.Menejment jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta’minot,moliyalashtirish va biznes-reja, narxni belgilash va kredit berish funksiyalarini bog'lashni ta’minlash, menejment tizimi ayrim unsurlarini (maqsad-usul, maqsad va kadrlar, qarorlar va usullar, usuliar va tarkib)muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash zarur.
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi
lozim bo'lgan menejment jarayonini tashkil etish bilan bog'liq muhim
muammo rasman bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan boshqaruv tashkilot lari o'rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo'lib qoldi
(masalan, korxona va mahsulot iste’molchilari, xom ashyo bilan
ta’minlovchilar va korxona o'rtasida va h.k.).
Download 29.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling