Mavzu Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi Reja
O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari
Download 92.5 Kb.
|
Mavzu Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi Reja (1)
6. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari.
O‘zbekistonda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIII-XIV asrlarga kelib Amir Temur xukumronligi davridanoq shakllana boshlagan. Amir Temur “Temur tuzuklari” asarida, qanday qilib xokimiyatni qo‘lga kiritgani, siyosiy va xarbiy faoliyati xaqidagi sirlar, uni boshqarish san’ati, shu bilan birga istilochilikka qanday raxbarlik qilganini o‘zi izoxlab bergan. “Temur tuzuklari” jaxonga mashxur asar. Uning qo‘l yozma nusxalari dunyoning deyarlik barcha mamlakatlari (¥indiston, Eron, Angliya, Daniya, Frantsiya, Rusiya, Germaniya, Armaniston, £zbekiston va boshqalar)ning kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qism Amir Temurning o‘z davlatini barpo etish va uni xar jixatdan mustaxkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo‘shin tuzish borasida tatbiq etgan tuzuklari va rejalaridan iborat bo‘lib, xatto qo‘shinning jangovor saflanish tartibi xam maxsus jadvallar orqali ko‘rsatib berilgan. Asarning o‘n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi qismida esa xizmat soxibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo‘shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari o‘z ifodasini topgan. Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi edi. U o‘zi tuzmoqchi bo‘lgan davlatning markaziy apparati va maxalliy xokimiyatning qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari xamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan.
Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling