Mavzu: Merkantilizm


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1746743
  1   2
Bog'liq
MUSTAQIL ISH UMIRZOQOV MIRZOAHMAD



MUSTAQIL ISH
Mavzu: Merkantilizm
Bajardi: Umirzoqov MirzoAhmad


Reja:

Merkantilizm nima?;

Merkantilizmning nazariy va metodolodik xususiyatlari;

Dastlabki va keyingi merkantilizmning o`ziga hosligi;

Merkantilizmning tarixiy ahamiyati.



Merkantilizm (fransuzcha: mercantilisme, italyancha: mercante — savdogar) — 1) 
iqtisodiy tafakkur tarixida mu-him yoʻnalishlardan biri, hukmron hokimiyat va 
savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan;2) kapitalning 
dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvini 
yoqlovchi iqtisodiy siyosat. M.ning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik 
kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. M. 
dastlab qonuniy yoʻl bilan pulni koʻpaytirishga qaratilgan siyosatni targʻib qilgan. 

Xorijdan kelgan savdogarlarning pulni oʻz mamlakatiga olib ketishini taqiqlagan, 
savdodan tushgan pulga mahalliy sanoat mahsulotlarini xarid qilish zarur 
boʻlgan. M. davlatning iqtisodi-yotga faol aralashishini talab etadi. M. taʼlimotiga 
koʻra, boylik ishlab chiqarishda emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi va u 
aynan mamlakatdagi oltin, kumush va boshqa javohirlarda oʻz aksini topadi. M. 
15-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlab, 17-asrda ravnaq topdi, 18-asrning 1-
yarmiga qadar nufuzini saqgsab keldi.



Merkantilizm eng avvalo davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun 
tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish 
emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol 
aralashuvini qo‘llab quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar. 
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash printsiplari quyidagilar bilan xarakterlanadi: har qanday oltin va 
qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash 
maqsadida tashqi savdoni tartiblash; arzon xom ashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni rag‘batlantirish; 
import qilinadigan sanoat tovarlariga protektsionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa tayyor 
mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o‘sishi.

Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz 
merkantilizmning asosi hisoblanadi. Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, uzoq yillar davomida 
boylikning, halq farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb 
kelinar edi (uni biz yuqorida ko‘rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‘zgardi. Avvalo natural-
xo‘jalik tuzumining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, 
ayniqsa yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo 
bo‘lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Noekvivalent savdo tufayli 
metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida 
savdoning rolini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning 
importdan ko‘p bo‘lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag‘batlantirish va jamiyat ishlarini 
qo‘llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek «qo‘shningni quritsang» go‘yoki millat


Demak, merkantilizm bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga kelish davridagi birinchi iqtisodiy tafakkurlar maktabi sifatida bir qator nazariy –
metodologik xususiyatlarga ega. Ularning mohiyati shunga kelib taqaldi, ya’ni merkantilistlar:
• tadqiqot predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasini tekshirishni Afzal ko‘rdilar, buning ustiga ishlab chiqarish sohasidan ajralgan holda;
• tadqiqot usuli sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy yuzaki tashqi ko‘rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqtisodiyotning barcha 
sohalarini sistemali tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi empirizm (nazariyadan
ko‘ra amaliy faoliyatga ko‘proq moyil bo‘lishlik)dan foydalandilar;
• pulning paydo bo‘lishini odamlarning sun’iy ixtirosi natijasi deb hisobladilar, pulning o‘zini esa boylik bilan bir narsa deb qaradilar;
• pul qiymati (qimmati) ning kelib chiqishini oltin va kumush pullarning «tabiiy xususiyati» va mamlakatdagi ularning miqdori bilan bog‘lab talqin 
qildilar;
• mehnat taklifining oshishini yuqori ish haqi bilan emas, balki past ish haqi zarurligi bilan bog‘lab ko‘rsatdilar;



Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va 
XVI asrning o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uilyam 
Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va 
boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib 
borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo’l bilan qattiq 
tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga qaratilgan 
(mamlakat puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki 
merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni 
chetdan olib kelish yo’lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda 
ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiqhisobladilar:

– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o’rnatishni;


– tovarlar importini har tomonlama cheklashni;


– mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikni.


Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha 
bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man 
hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat 
tomonidan rag’batlantirilishi sababli, mamlakatlar o’rtasidasavdo aloqalari keng va 
muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o’rniga 
keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» 
nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur 
kontseptsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul 
chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. 
Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – 
mamlakatda imkoni boricha ko’proq pul mablag’larini jamg’arish emas, balki aktiv 
savdo balansiga erishishdir (eksportning importdan ustun bo’lishi). Eksport va import 
o’rtasidagi farq (ijobiy saldo)– mamlakat boyligining o’sishidir. Demak, real boylik bu– 
«o’lik pullar» yig’indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga 
keltiruvchi pullardir.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling