Mavzu: Metall konstruksiyalarni xisoblash asoslari
Download 181.51 Kb.
|
Metall konstruksiyalarni xisoblash asoslari.
Mavzu: Metall konstruksiyalarni xisoblash asoslari.Reja: Chegaraviy xolatlar bo‘yicha xisoblash. Metall konstruksiyalarni chegaraviy xolatlar bo‘yicha xisoblash. Xisoblashning maqsadi. Metallarning xisobiy va me’yoriy karshiliklari. Chegaraviy xolatlar bo‘yicha xisoblash.Metall konstruksiyalarni chegaraviy xolatlar bo‘yicha xisoblash. Xisoblashning maqsadi.Qurilish konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad kam miqdorda material sarflab tashqi ta’sir etayotgan jami yuklarga yetarli darajada ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, konstruksiyalarni yaratishdir. Metall konstruksiyalarni asosan chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblashadi. Chegaraviy holatlar deganda konstruksiyalarning ishlatilish jarayonida oldindan belgilangan talablarga javob bermay qolishi tushuniladi. Birinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lib va ularga quyidagilar kiradi: shakl umumiy ustivorligining yo‘qolishi, vaziyat ustivorligining yo‘qolishi, qurilma metallining toliqishi, yoki boshqa biror xarakterdagi buzilish, yuklarning va tashqi muhitning birgalikdagi noqulay ta’siri natijasida buzilish, qurilmalardan foydalanishni to‘xtatishga olib keladigan rezonans tebranishlar, metall materialning oquvchanligi, birikmalardagi siljishlar, o‘z-o‘zidan cho‘ziluvchanlik yoki darzlarning haddan tashqari ochilishi natijasida konstruksiyalardan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar. Ikkinchi guruh chegaraviy holatlarga konstruksiyadan normal foydalanish qiyinlashib qolganligi bilan bog‘liq bo‘lib va ularga quyidagilar kiradi: yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan siljishlar, tebranishlar va darzlar paydo bo‘lishi natijasida ishlash muddatining kamayishiga olib keladigan holatlar kiradi. Konstruksiyalarni chegaraviy holatlarga hisoblash va inshootni qurish yoki undan foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlardan birortasining ham vujudga kelmasligini ta’minlashdan iboratdir. Birinchi guruh chegaraviy holatlari uchun umumiy shart quyidagicha yozilishi mumkin: N ≤ S (6.1) N - hisoblanayotgan elementda yuklarni noqulay birgalikda ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan kuch, S - hisoblanayotgan elementning yuk ko‘tarish qobiliyati. Elementdagi hosil bo‘ladigan kuchni quyidagi formula orqali aniqlanadi: (6.2) bu yerda - kuch Fni1 ga teng bo‘lgandagi elementda hosil bo‘ladigan kuch; fi – yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsient; n – bino vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsienti; - yuklarning birgalikda ta’sir etishini e’tiborga oladigan koeffitsient. Elementning yuk ko‘tarish qobiliyati uning yuzasiga va materialning qarshiligiga bog‘liq bo‘lib u quyidagicha aniqlanadi: SAnRupmcAnRy c (6.3) Bu yerda: Ap – element ko‘ndalang kesimining netto yuzasi; Ry – element materialining oquvchanligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi; c – ishlash sharoitini e’tiborga oluvchi koeffitsient. Shunday qilib birinchi guruh chegaraviy holati bo‘yicha hisoblash tenglamasi quyidagicha yoziladi: (6.4) Chegaraviy holatni ikkinchi guruh bo‘yicha hisobiy ifodasini quyidagicha yozish mumkin: (6.5) bu yerda: - birlik yuk ta’sirida elementdagi hosil bo‘ladigan elastik siljishi; 2 - norma bo‘yicha o‘rnatilgan konstruksiyaning chegaraviy siljishi. Metall konstruksiyalar KMK [1,2] talablari asosida yuklar va taosirlarga chegaraviy xolatlar usuli bo‘yicha xisoblanadi. Chegaraviy deb konstruksiyaning shunday xolatiga aytiladiki, bunday xolat yuzaga kelgandan sung yuk yoki taosirning minimalr oshishi xam konstruksiyani sinishga, buzilishga ustuvorligini yo‘qotishga yoki unda yo‘l kuyib bo‘lmaydigan deformatsiyalar - salkilik, kuchish, burilish, buralish, kiyshayish kabilar xosil bo‘lishga olib keladi; konstruksiya foydalanishga yaroksiz xolatga keladi, u uziga qo‘yilgan vazifalarni bajara olittt qobiliyatini yo‘qotadi. Metall konstruksiyalar KMK [1.2] talablari asosida yuklar va taosirlarga chegaraviy xolatlar usuli bo‘yicha xisoblanadi. Chegaraviy xolatlarning ikki guruxi mavjud:. Birinchi gurux bo‘yicha konstruksiya uzining yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotadi yoki ishlatish talablariga javob bermay koladi. Ikkinchi guruxda esa, konstruksiya meoyorida ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. (6.1-jadval). Konstruksiyaning ustivorligini yo‘qotishi, xar xil buzilishlar, inshootning geometrik uzgaruvchan xolga kelib kolishi, deformatsiya natijasida konstruksiya shaklining uzgarishi, ruxsat etilmagan o‘lchamli yoriklar paydo bo‘lishi birinchi guruxga kiritiladi. Ikkinchi chegaraviy xolatda esa binoda meoyoridan ortikcha kuchishlar, chukish, tebranish va darzlar xosil bo‘lishi mumkin. Po‘lat konstruksiyalar uchun kuyidagi chegaraviy xolatlarni xisobga olish zarur (6.1 jadval) 6.1-jadval.
Download 181.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling