Mavzu: Metall konstruktsiyalar birikmalari Reja


Burchakli chokni hisoblash


Download 46.83 Kb.
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi46.83 Kb.
#1726794
1   2   3
Bog'liq
METALL KONSTRUKTSIYALAR BIRIKMALARI

Burchakli chokni hisoblash. Burchakli chok biriktiriladigan detallar qirralarining burchagida xosil bo’ladi. Burchakli chok balandligi shu burchakni tashkil etuvchi katetlar uzunligining kichigiga teng bo’ladi.
Ishlash xarakteri va asosiy kuch oqimlariga nisbatan fazoda joylashishiga qarab burchakli chok ikki xil bo’ladi: yonchok va old chok. Yonchok bo’ylama kuch ta’sirida qirqilishga ishlaydi. Bunda qirqilish sirti balandligi bo’lgan burchak bissektrisasi bo’yicha yo’nalgan bo’ladi. Burchakli choklar quyidagi formulalar bo’yicha hisoblanadi. CHok metalli bo’yicha:

Erish chegarasidagi metall bo’yicha

bu yerda: va - burchakli chokning hisobiy balandligi; , -chokning shakli, suyuqlanish chuqurligi va payvand usuliga bog’liq bo’lgan koeffitsientlar; wf, wz - chokning ishlash sharoitiga bog’liq bo’lgan koeffitsientlar; , - burchak chokning qirqilishidagi hisobiy qarshiliklar; -payvand birikmadagi choklar uzunliklarining yig’indisi.
Amalda, ko’pincha, bo’ylama kuchning qiymati va hisobiy qarshiliklar , ma’lum bo’lgan xolda chokning uzunligini aniqlash talab qilinadi:

Ko’ndalang burchakli choklar bo’ylama kuch ta’sirida ancha murakkab kuchlanganlik xolatida bo’ladi. Kuch oqimi chiziqlari o’zaro biriktirgan detallarning biridan ikkinchisiga chok orqali keskin burilib o’tadi, shuning uchun chokda bir vaqtning o’zida bo’ylama kuch va eguvchi moment ta’sirida kuchlanishlar xosil bo’ladi. Bu xolda ham chokning buzilishi taxminan bissektrisa ustida yotgan sirt bo’ylab sodir bo’ladi.
Kuchlanganlik xolatining murakkabligi tufayli old burchakli choklar, shartli ravishda, qirqilishga hisoblanadi. Bunda qirqilish yuzasi sifatida yuzalarning eng kichigi qabul qilinadi.
SHunday qilib old burchakli choklardagi kuchlanishni tekshirish uchun hamda chokning uzunligini aniqlashda yuqoridagi ifodalardan foydalaniladi.
Burchakli choklar bilan biriktirilgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi detalga eguvchi moment ta’sir etganda choklardagi kuchlanish quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
CHok metalli bo’yicha

Erish chegarasidagi metall bo’yicha

bu yerda: , - qarshilik momentlari.
Burchak chokli payvand birikmalarga bir necha xil zo’riqish o’zaro ta’sir etadi. CHoklardagi kuchlanishlar xar qaysi zo’riqish ta’siriga, yuqorida keltirilgan ifodalar yordamida, alohida hisoblanadi va pirovardida natijalovchi kuchlanishlar (f, z) aniqlanib, quyidagi shartlarning bajarilishi tekshiriladi:


Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling