Mavzu: mexanik ishlov berishning aniqligini oshirish yo’llari reja: 1 O’lchamlar zanjirlarini xisoblash
Download 44.41 Kb.
|
MAVZU: MEXANIK ISHLOV BERISHNING ANIQLIGINI OSHIRISH YO’LLARI Reja: 1 O’lchamlar zanjirlarini xisoblash. 2 Mexanik ishlov berish usullari. 3 Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchov usulini qo’llashda aniqlikni oshirish yo’llari. O’lchamlar zanjirlarini xisoblash.Bu usul qo’llanilganda o’lchamlarni aniq qilib tayyorlash ishchi malakasiga bog’liq. Agarda silindrik yoki yassi yuzalarga ishlov berishda, o’rnatilgan diametr yoki qalinlik o’lchamlarini bajarish aniqligi qirindi olish uchun keskich asbobni qanchalik diqqat–e’tibor bilan o’rnatilganligiga bog’liq bo’ladi. Кorpusli detallar teshiklarini yo’nishda o’qlararo o’lchamlarni bajarish aniqligi yo’nuvchi juva tanavorga nisbatan qanchalik aniq o’rnatilganligiga bog’liq. Metall kesuvchi dastgohlarda ishlanuvchi har qanday yuza, tanavor va keskich asboblarning harakatlarini kinematik bog’liqligi natijasida olinadi. Biroq, ishchiga bog’liq bo’lmagan ba’zi bir sabablarga ko’ra ko’rsatilgan harakatlar qonuniyatlarining buzilishi sodir bo’ladi, buning natijasida ishlanuvchi yuzalarning shakl xatoliklari paydo bo’ladi. Asosiy sabablardan biri, kesish kuchi ta’siridan texnologik tizimning deformatsiyalanishi shakl xatoligini kelib chiqishiga sababchi bo’lgan qo’shimlar (pripusklar) miqdorlari doimiy bo’lmaganligi va TT bikirligi ham o’zgaruvchan bo’lganligi natijasida tanavor va keskich asbobning elastik siqilishi (cho’zilishi, egilishi) turli qiymatlarga ega bo’lishi mumkin. Olingan shakl xatoliklarni kamaytirish uchun nafaqat TT bikirligini oshirish kerak, balki uni tanavorning turli kesimlari bo’yicha ham teng emasligini kichraytirib, to’g’rilash kerak. Agarda, dastlabki tanavor yuzasining shakl xatoligi katta bo’lsa, uning miqdorini ishlangan detalda kamaytirish uchun, surishni kamaytirish yoki ishchi yurishlar sonini orttirish yo’li bilan erishish mumkin. Кeskich asbobning o’lchamli yeyilishi ishlanuvchi sirtning shakl o’zgarishini chaqiradi. Кatta o’lchamli silindrik yuzalarni tashqi yo’nishda, keskichning yeyilishi natijasida ba’zi bir konussimonlik shakl paydo bo’ladi. Uning miqdorini 8, 9 kvalitet qo’yimi bilan tenglashtirish mumkin. Yuqori malakali ishchi keskich asbob yeyilishini aniqlikka ta’sirini, uni o’z vaqtida ma’lum chuqurlikka surish bilan kamaytirishi mumkin. Gabariti katta bo’lmagan partiya tanavorlarga ishlov berishda buning ta’siri shakl o’zgarishlarga kam ta’sir qiladi, chunki har bir tanavorga ishlov berishda keskich asbob shaxsan ma’lum qirindi olish uchun surib o’rnatiladi. O’lchamli yeyilishlarni shakl xatoliklariga ta’sir ko’rsatishini, yeyilishga chidamli keskich ishlatish va eni keng keskich asboblar qo’llash bilan kamaytirilishi mumkin. Dastgohni geometrik xatoligi chiziqli o’lchamlar aniqligiga ta’sir ko’rsatmaydi, biroq, ishlanuvchi yuzalar shaklini o’zgartiradi. Bu xatoliklar qiymatlari dastgohlarni qabul qilib olish Davlat standartlari bilan qat’iy belgilab qo’yilgan. Bu tavsiyalar chegarasida ular, yuzalar shakl xatoliklariga kam ta’sir ko’rsatadi. Texnologik tizimning haroratdan deformatsiyalanishi ta’sir ko’rsatishi mumkin, agarda katta gabaritli va uzun tanavorlarni dastgoh qizishi davrida ishlansa, kichkina detallarga bu kam ta’sir ko’rsatadi, chunki kalta detallar dastgoh qizishga ulgurmasdanoq ishlov berib bo’linadi va dastgohdan tushuriladi. Yuzalarning shakl xatoliklari qisish kuchi va tanavor materialidagi ichki kuchlanishlari ta’siridan ham paydo bo’lishi mumkin. Кo’rsatilgan texnologik omillar ishlanuvchi tanavorlarning o’lchamlarini o’zgarishiga olib kelmaydi. Кesish kuchi ta’siridan tanavorni siljishi natijasida o’lchamlarning o’zgarishi, uni dastgohda turgan holatini tekshirish xatoligi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchov" usulida texnologik omillarning ko’pchilik qismi faqat ishlanuvchi yuzalarning shakl xatoliklariga ta’sir ko’rsatadi. O’lchamlar aniqligiga va detallar yuzalarining o’zaro joylashishi aniqligiga, keskich asbobni qirindi olishga o’rnatish xatoliklari va tanavorni dastgohga o’rnatishda tekshirish xatoligi ta’sir ko’rsatadi. Agar, birinchi guruh omillarni yuza shakl xatoliklarini keltirib chiqaruvchi obektiv omillarga kiritsak, ikkinchi guruh omillarini subektiv omillar deb atashimiz mumkin, chunki ular to’laligicha ishchi malakasiga bog’liq. Yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan qator detallarning (gidrotrubina, statsionar ichki yonuv dvigatellari, yirik metall kesuvchi dastgohlar detallari va boshq.) tahlili shuni ko’rsatadiki, ya’ni yuzalar shakl xatoliklarini ko’p qismini (60% va undan ko’proq) o’lchamlarning qo’yimlari o’z ichiga oladi. Shunga bog’liq holda bu ko’rinishdagi xatoliklarni qat’iy reglamentga solish zarur, ularni ta’sirini kamaytirish uchun ularni keltirib chiqaruvchi eng muhim omillarni har bir alohida holat uchun aniqlash kerak. Download 44.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling