Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar
tomonidan MOni yaratish, to„ldirish va birgalikda qo„llash uchun mo„ljallangan
dasturiy vositalar tizimidir.
MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL
kabi dasturiy vositalar misol bo„ladi.
MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma‟lumotlarni kiritish va
saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo„lmasdan, ularning strukturasini
ham tasvirlaydi. Ma‟lumotlarni o„zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan
fayl oldin ma‟lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma‟lumotlar ombori” deb yuritila
boshlanadi.
MO yaratishda quyidagilarga e‟tibor qaratish kerak: ma‟lumotlar turi,
ko„rinishi ularni qo„llaydigan dasturlarga bog„liq bo„lmasligi lozim; ma‟lumotlar
ombordagi kerakli ma‟lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga
hojat qolmasligi lozim.
Shuni ta‟kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan
relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office
korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu
dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar
tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo„ljallangan
Microsoft Access dasturidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |