Zapolnitel – tabulyator izining ko’rinishi tanlanadi.
Ustanovit – tanlangan bo’limlarni o’rnatiladi.
Udalit – tabulyator izi olib tashlanadi.
Ustanovit vse – barcha tabulyator izi bir xil ko’rinishda bo’ladi.
Wordda abzasning birinchi harfini «Format» menyusining Bukvisa buyrug’idan foydalanib kattalashtirish mumkin. Bu erda:
Polojenie – kattalashayotgan harfning abzasda joylashish ko’rinishi tanlanadi.
Shrift - kattalashayotgan harf uchun shrift tanlanadi.
Vыsota v strokax – kattalashayotgan harfning to’g’risiga yozish mumkin bo’lgan satrlar soni ko’rsatiladi.
Rasstoyanie ot teksta – katta harf bilan yoniga yoziladigan matn orasidagi masofa ko’rsatiladi.
Har bir sahifada takrorlanadigan biror bir ma’lumotlar yig’indisi «Vid» menyusining Kolontitulы buyrug’i yordamida bajariladi.
AMALIY TOPSHIRIQNING BAJARILISH ALGORITMI:
1.Word dasturini ishga tushiring:
Pusk --- Programmы --- Microsoft Office -- Ms Word
2.Quyida berilgan topshiriqni kiriting: masalan: (Madhiya)
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
3. Matn sarlavhasini belgilab olib, menyular qatoridan Shrift muloqot oynasini oching: Format -- Shrift
Matn sarlavhasining rangini - qizil, ko’rinishini – qalin, o’lchamini- 16 ga o’zgartiring.
Qolgan matn qismlarini rangini – ko’k, ko’rinishini – qiya, o’lchamini- 14 ga o’zgartiring
4. Bu amalarni «Formatirovanie» uskunalar oynasidan ham bajarish mumkin.
5. Matnlar holatini sahifaga nisbatan o’rnating (sarlavha o’rtaga, matn sahifa kengligida)
6. Yaratgan hujjatingizni Fayl - Soxranit buyrug’i yordamida “Moi dokumentы” papkasiga o’z ismi sharifining bilan saqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |