Siqib chiqarish usuli. Ushbu usulda A va B moddalarning erituvchi 5"dagi aralashmasi kolonkaga kiritilib, siqib. chiqaruvchi D moddaning eritmasi bilan yuviladi. D modda tekshiriluvclii aralashma komponent-lariga nisbatan yaxshiroq adsorbilanadigan bo'ladi. - Siqib chiqarish usuli. Ushbu usulda A va B moddalarning erituvchi 5"dagi aralashmasi kolonkaga kiritilib, siqib. chiqaruvchi D moddaning eritmasi bilan yuviladi. D modda tekshiriluvclii aralashma komponent-lariga nisbatan yaxshiroq adsorbilanadigan bo'ladi.
- Bu usulda xromatografiyaa jarayonida eritmaning konsentratsiyasi kamaymaydi. Bir moddaning zonasini ikkinchi moddaning zonasi qoplab kctishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi, chunki bu usulda komponentlar zonalari erituvchi bilan ajratilmagan.
- Harakatchan faza — erituvchiga muayyan talablar qo'yiladi. U tekshiriluvchi aralashmaning barcha komponentlarini yaxshi eritishi, erigan moddalar, adsorbent, havo kislorodiga nisbatan kimyoviy inert, qovushoqligi kam bo'lishi, tarkibida qo'shimchalar bo'lmasligi, detektor ishiga xalaqit bermasligi va arzon bo'lishi kerak..
- Suyuqlik xromatografiyasiga xos xususiyat kolonkadan oqib chiquvchi eritmani kimyoviy, fizik-kimyoviy yoki fizik usullar bilan tahlil qilishdan iborat. Bunda kolonkadan oqib chiquvchi eritma alohida fraksiyalar tarzida yig'iladi. Odatda, fraksiyalarni yig'ish uchun avtomatik ravishda ishlovchi maxsus kollektorlar ishlatiladi.
- Nazorat savollar
- 1. Gaz – suyuqlik xromatografiyasining asosiy xarakteristikasi nimalardan iborat?
- 2. Gaz – suyuqlik xromatografiyasi kolonkasiga qо‘yiladigan talablar.
- 3. Xromatografiyada ishlatiladigan kolonka va detektorlarini ishlash prinsiplari.
- 4. Suyuqlik-adsorbsion xromatografiya qanday usullarda olib boriladi va ularning farqi nimada?
- 5. Suyuqlik-adsorbsion xromatografiyaning kolonkali turida xromatografik jarayonni о‘tkazishning qanday usullaridan foydalaniladi?
- 6. Neft mahsulotini analiz qilish uchun xromatografiya usuli bilan bir vaqtda qanday usullardan foydalaniladi?
- 7. Gaz va gaz-suyuqlik xromatografiyasida komponentlarning miqdorini aniqlashda asosiy o’lchash usullarini keltiring.
- 8. Suyuqlik- suyuqlikda taqsimlanish xromatografiyasi haqida tushuncha bering.
- E’TIBORINGIZ UCHUN
- RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |