Mavzu: Mikrokontrollerlar Reja
Download 1.25 Mb.
|
Mikrokontrollerlar
Mavzu: Mikrokontrollerlar Reja: Kirish 1.Kontrollerning asosiy modullari. 2.Kontroller modullarinig tuzilishi. 3. Himoya moduli Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KirishUmumiy foydalanishga mo‘ljallangan kontroller rasmda ko‘rsatilganidek kompyuterga o‘xshash qurilma bo‘lib, zaruriy bo‘lgan barcha funksional modullarga ham egadir. Umumiy foydalanish kompyuteriga ma‘lumotlarni kirish/chiqarish qurilmalari sifatida klaviatura va displeylardan foydalaniladi, kontrollerda esa huddi shunday kirish /chiqarish modullari bor. Kontroller apparat ta‘minotining strukturaviy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. kontrollerning strukturasi va turli modullarining funksialari keying boblarada yoritib berilgan. Ishlab chiqarishda kontrollerlarni strukturalari turlicha bo‘lishi mumkin, ishlab chiqaruvchilarning hohishiga qarab. Xozir ko‘rib chiqayotgan qurilmamiz, bu turdagi qurilmalar ichida oddiysi hisoblanib, shu turdagi qurilmalarni ishlash prinsplarini yaxshiroq tushunish uchun ko‘rib chiqamiz. Kontroller – mantiqiy strukturasi Kontroller fizik strukturasi. Rama – mexanik tashkil etuvchi bo‘lib, uning ichiga funksional modular o‘zlariga mos keluvchi va shuningdek manba va axborot shinasini ulash qulay bo‘lgan joylardan iborat. Rama umumiy konstruksiyasining ko‘rinishi rasmda ko‘rsatilgan. ramaga cheklangan miqdorda funksional modullarni joylashtirish mumkin. Bundan kelib chiqqan holda ko‘proq modullarni joylashtirish uchun qo‘shimcha ramalar kerak bo‘ladi. Ramalar ikki hil turda bo‘lada: Asosiy va kengaytirilgan yoki qo‘shimcha. Ular bunday ko‘rinishda bo‘lganiga qaramay o‘z ichida yana strukturaviy ajratiladi, va ular o‘rtasidagi farqlar qo‘shimcha seksiyalarga taluqlidir. Odatda ramaning bir necha (odatda bir necha birinchi) bo‘limlari maxsus funksional modullar uchun rezerv xolda ushlab turiladi, ularga misol qilib elektro energiya, protsessor, xotira, va axborot almashinish modullari. Shina passiv elektron agrigat hisoblanib, funksional modullarga elektro energiya uzatish, shuningdek funksional modular ya‘ni protsessor va boshqa asosiy qurilmalar o‘rtasidagi ma‘lumot almashuvini ta‘minlovchi kanal vazifasini ham bajaradi. Oddiy shina o‘zining eng sodda ko‘rinishida shina yoki kanallar quyidagilarni uzatadi: Hamma funksional modullarga energiya (elektro energiya shinasi). Funksional modullarning adreslar xotirasi (adreslar shinasi). Ikki yo‘nalishda axborot almashinuvi (axborotlar shinasi). O‘qish va yozishni boshqarish (boshqaruv shinasi). - Aralashuv (xalaqit) va soat (maxsus shina). Ramaning ko‘rinishi. Shinalarni - fizik sturkturasi. Shinalarning - mantiqiy strukturasi. Funksional modul. Shinadagi kanallar yoki linyalarning soni protsesserning arxitekturasidan (mikroprotsessor / kompyuter) ishlatiladigan kontrollerlardan kelib chiqqan bo‘ladi. Funksional modular. Funksional modullar aniq bir maqsadda xizmat qiladi, shuningdek protsessorli modul bilan axborot almashinish uchun shinaga ulanish imkoniyatiga ham ega. Funksional modullarda odatda quyidagilar bo‘ladi: Xotira Kirish/chiqish Aloqa tizimi Himoya sxemasi. Funksional modulning yuqori qismi shina interfeysining elektron sxemasiga, shuningdek modulning quyi ya‘ni pastgi qismi esa protsessor interfeysining elektron sxemasiga egadir. Shina interfeysining elektron sxemasi modulga quyidagilarni bajarish imkonini beradi: Protsessor bilan axborot almashininsh uchun aloqani ta‘minlash. Modul bilan bog‘liq axborotni uni qayta ishlashga yoki modul protsessoriga yuborilguniga qadar vaqtinchalik saqlab turush. Modulni boshqarish va nazorat qilib turish. Moduldagi xatoliklarni tashhislab borish. Protsessor interfeysining elektron sxemasi modulga protsessor (o‘lchov qurilmalari orqali) signallari bilan aloqani ta‘minlashga yordam beradi, shuningdek kirayotgan elektron signallarni axborotga yoki chiqish axborot signallarni elektron signallar ko‘rinishiga o‘tkazadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling