Mavzu: Mikrokontrollerlar Reja
Download 1.24 Mb.
|
Mikrokontrollerlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analog kirishli modul
- Analog chiqishli modul
- Impuls kirishli modul
- Impuls chiqishli modul
Raqam chiqishli modul
Raqamli chiqishlimodul protsessorning chiqishidan diskret ko‘rinishdagi signalni shina orqali kompyuter signallariga ekvivalent bo‘lgan signallarni qabul qilib oladi va uni mos keluvchi elektron signallarga o‘zgartirib o‘lchov qurilmalari quyi tizimiga va foydalanuvchi tizim osti interfeysiga yuboradi. 8.12- rasmda ushbu modulning funksional sxemasi keltirilgan. 8.12.- Rasm. Raqamli chiqishli modul. Analog kirishli modul Protsessor analog ko‘rinishdaga signallarni o‘qish va ularni qayta ishlash amallarini bajara olmaydi, agar ularni protsessorga tushunarli ekvivalentiga o‘zgartirilmagan bo‘lsa. Analog kirishli modul uzuluksiz ravishda elektron ko‘rinishdagi signallarni o‘lchov qurilmalari va foydalanuvchi tizim osti boshqaruvidan qabul qilib ularni o‘zlariga mos kompyuter ekvivalentlariga analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) yordamida o‘zgartiribshina orqali protsessorga qayta ishlash uchun yuboradi. 8.13.- Rasm. Analog kirishli modul Analog chiqishli modul Analog chiqishli modul analog signalning kopyuter ekvivalentini protsessordan shina orqali qabul qilib, uni uzluksiz elektron ekvivalentiga raqamli – analog o‘zgartirgich yordamida (RAO‘) o‘zgartirib, o‘lchov qurilmalar tizimiga va foydalanuvchi tizim osti interfeysiga yuboradi. 8.17 rasmda ushbu modulning funksional sxemasi ko‘rsatilgan. 8.14.- Rasm. Analog chiqishli modul. Impuls kirishli modul Impuls kirishli modul o‘lchov tizimi va foydalanuvchi tizim osti interfeysidan elektron ko‘rinishdagi tebranuvchi kiruvchi signalni qabul qilib olib, (ketma- ket parallel o‘zgartirish) ularni o‘ziga teng ekvivalent bo‘lgan kompyuter signallariga o‘zgartirib yana qayta ishlash uchun protsessorga shina orqali yuboradi. 8.15-rasmda ushbu modulning funksional ko‘rinishi tasvirlangan1. 8.15.- Rasm. Impuls kirishli modul. Impuls chiqishli modul Avval ko‘rib chiqanimizdek impuls chiqishli modul protsessordan shina orqali kompyuter signali ekvivaleti ko‘rinishidagi impulsli chiqish signalini qabul qilib oladi va uni impulsli oqim ko‘rinishidagi (ketma- ket parallel o‘zgartirish) elektron signalga o‘zgartirib o‘lchov tizimi va foydalanuvchi tizim osti interfeysiga yuboradi. 8.16-rasmda ushbu modulning funksional sxemasi keltirilgan. Amaliyotda protsessor chiqishidagi (ma‘lumotlarni yeg‘ish) impuls signallar, shuningdek va texnalogik jarayon kirishiga (boshqaruvni amalga oshirishga) mo‘ljallangan impulsli signallar, elektron signallar bilan solishtirganda juda kichik chastotalarga egadir. Shundan kelib chiqib raqamli kiritish chiqarish modullari, tez ishga tushgani uchun impulsli kiritish chiqarish modullarida foydalanishimiz mumkin. Xozirda ishlatilayotgan va biz yuqorida ko‘rib chiqgan raqam kirishli/chiqishli modullar raqamli hamda impulsli kirishli/chiqishli signallarni qayta ishlash maqsadida ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarishda va avtomatlashtirishda yuqori tezlik kerak bo‘lganda foydalaniladigan maxsus modullar ham mavjud. 8.16.- Rasm. Impuls chiqishli modul. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling