Plastiklar asosiy komponentlarining biozararlanishi. - Plastiklar asosiy komponentlarining biozararlanishi.
- Plastiklarning asosini polimer boglpvchilar-polimer smolalar tashqil etadi. Polimer smola xiliga qarab plastiklarning o’zgarishini xam-termoreaktiv yoki termoplastik (material olinayotganda uning qotish usuli asosida), polietilen, polivinilhlorid, poliamid va b.(polimerning kimyoviy strukturasi asosida) plastiklar deb ataladi.
- Polimer smolalardan keyin plastiklar tarkibidagi ikkinchi muxim komponent plastifikatorlardir. Ularning aksariyati dikarbon va polikarbon alifatik va aromatik kislotalarning murakkab efirlardir. Plastik tarkibidagi plastifikatorning miqdori plastik massasining 30-50% tashqil etishi mumkin, shu sababdan butun materialning biochidamliligi plastifikatorning biochidamliligiga bogliq. Eng kop ishlatiladigan plastifikatorlar-ftal va adipin kislotalarining mogor zamburuglar bilan zararlanishiga chidamliligini solishtirganda aromatik ftal kislotasining efirlari alifatik adipin kislotasinikiga ko’ra chidamliroq ekanligi aniqlangan. Yana bir alifatik –sebasin kislotasining efirlari zamburuglarga chidamsizligi ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |